76
Turkiston o’lkasida o’ziga xos iqlim, tabiiy sharoitlar bu ekin ekish xususiyatlarini
batafsil o’rganishni talab qila boshladi. Shu maqsadda 1897 yilda Ashxabot shahrida tajriba
maydoni tashkil etildi, keyingi yillarda esa Farg’ona va Samarqand shaharlarida ham shunday
maydonlar tashkil etildi.
Andijon shahrida tashkil etilgan tajriba maydoni Farg’ona vodiysidagi birinchi
maydon bo’lib, u 1900 yildan o’z ishini boshladi. Xuddi shu yillarda Toshkent yaqinida
Turkiston qishloq xo’jalik tajriba stansiyasi tashkil etildi. Ularning maqsadi – paxta egalarini
paxtaning yangi navlari bilan tanishtirish, g’o’zaga ishlov berishning yangi usullarini ishlab
chiqishdan iborat edi.
Paxtachilikni yuksaltirish, paxta hosildorligini oshirish, sifatli xom-ashyo yetishtirish
ko’p jihatdan urug’chilikka bog’liqligi va shu sohada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari,
ularning natijalariga bog’liqligini e’tiborga olib, 1920-1926 yillarda Turkiston seleksiya
stansiyasi, Oqqovoq tajriba zavodi tashkil etildi.
Paxta yetishtirishning muhim manbai sug’orish ekanligini hisobga olib, davlat eng
avvalo, irrigasiya inshootlarini qurishga katta e’tibor berdi. 1926 yilda O’rta Osiyoda birinchi
marta suv xo’jalik tajriba tadqiqot instituti tashkil etildi. 1932 yilda bu institut O’rta Osiyo
irrigasiya ilmiy tadqiqot institutiga aylantirildi va bir qator ishlar amalga oshirildi. 1929
yilning iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti
katta ishlarni amalga oshirdi.
Yangi paxta navlarini yaratish, ularni tajribalardan o’tkazishga N.I.Vavilov,
S.M.Bukasov, P.M.Jukovskiy, G.S.Zaysev, N.N.Kanstantinov, F.M.Mauyer va shu kabi
mashhur olimlar juda katta hissa qo’shganlar.
BAHORIKOR DEHQONChILIK
Bahorikor dehqonchilik instituti 1937 yilda Milyutinskiyda (G’allaorol) tashkil etildi.
Uning asosiy vazifasi sug’oriladigan lalmikor zonalarda donli va poliz ekinlari yetishtirishdir.
ShOLIChILIK
1926 yilda Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida sholichilik tajriba stansiyasi
tashkil etildi. Stansiyaning vazifasi sholining yangi navlarini yaratish, uning urug’chiligi va
agrotexnikasini ilmiy jihatdan ishlab chiqishdir.
SABZAVOT VA POLIZ EKINLARI
1933 yilda Toshkentda sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil qilindi. 1950 yillarga
kelib ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. Har bir viloyatda polizchilik, sabzavotchilik va
kartoshkachilik ilmiy tekshirish tarmoqlari va stansiyalari mavjud.
BOG’DORChILIK VA UZUMChILIK
1930 yilda Toshkent yaqinida Shreder nomli tajriba stansiyasi tashkil etildi. Urush
yillari va undan keyin shu stansiyaning tarmog’i Samarqandda ham barpo etilgan.
IPAKChILIK
1927 yilda O’rta Osiyo ilmiy tekshirish ipakchilik instituti tashkil qilingan. Bu institut
ipak qurtining yangi zotlarini chiqarish, tut daraxtining yangi navlarini yaratish, pillaga
dastlabki ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish, pilla hosili va sifatini yaxshilash
bilan shug’ullanadilar.
O’RMON XO’JALIGI
1933 yilda Toshkentda O’rta Osiyo markazlashgan o’rmonchilik ilmiy tajriba
stansiyasi tashkil etildi. Bunga Turkmaniston, Tojikiston tajriba stansiyalari ham kirar edi.
1934 yilda O’zbekistan o’rmonchilik tajriba stansiyasi ajralib chiqdi va 1940 yilda
O’zbekistan agroo’rmon meliorasiyasi va o’rmon xo’jaligi ilmiy tekshirish instituti nomi
berildi. Bu ilmiy tekshirish institutining hamma viloyatlarda o’rmonchilik xo’jaliklari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: