Sudralib o’suvchi o’tlar – bu biologik guruhga kiradigan o’simliklar
ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bo’lib, ko’p yillik hisoblanadi. Ular poyasidan, yani palak
otib o’sadi. Palagi serbug’im bo’lib, har bir bug’imi yerga tegib, popuk ildiz chiqarib
rivojlanadi. Masalan, ayiqtovon, tugmabosh, kuyeno’t, olmoso’t va boshqalar sudralib
o’suvchi o’tlardir.
Ayiqtovon, - (Ranunculus repens) ayiqtovondoshlar oilasiga kiradi. Nam tuproqlarni
ifloslantiradi. Sholipoyalarda, ariq bo’ylarida uchraydi. Urug’idan va vegetativ yo’l bilan
ko’payadi. Yetib, sudralib o’sib, palaklari va navdalari yordamida tez ko’payadi. Ayiqtovon
hayvonlar uchun zaharlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |