Ko’p yillik begona o’tlar biologik belgilari jihatdan bir yillik va ikki yillik begona
o’tlardan farq qiladi. Hayoti davomida ko’p marta hosil beradi. Bu biologik guruhning
ko’pgina vakillari asosan vegetativ yul bilan (ildiz poya va ildiz bo’laklaridan) va generativ
yo’l bilan (urug’laridan) ko’payadi. Qishga kelib ko’p yillik begona o’tlarning poyalari qurib
qoladi. Kelasi yil tuproqda qolgan ildiz va ildizpoyalardan yangi ildizpoyalar rivojlanadi.
Ko’p yillik begona o’tlar o’qildizlilar, ildizpoyalilar, ildizbachkililar, popuk ildizlilar,
piyozlilar, tuganaklilar va sudralib o’suvchilarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |