22–Mavzu
DALA TAJRIBASINI QO’YISH VA O’TKAZISH TEXNIKASI
Reja:
1. Dalaga tajriba qo’yish texnikasi. Tajriba uchastkasi o’rganilib, tekshirilib va
tajriba qo’yish uchun tayyorlangandan keyin tajribani joylashtirish uchun mo’ljallangan joy
sxematik rejaga o’tkazilishi, unda takrorlashlar, paykallar, himoya zonasi va boshqalar band
qilgan hamma maydonlar aniq ko’rsatilishi kerak. Shu sxematik rejaga ko’ra tajriba qo’yiladi,
ya’ni har bir takrorlik va paykallarning umumiy chegarasi ajratiladi hamda yozib qo’yiladi.
Barcha takrorliklarda hamma paykallar bir xil uzunlikda va kenglikda bo’lishi hamda qat’iy
burchak shaklida joylashishi shart.
Dalaga chiqishdan oldin to’g’ri to’rtburchak hosil qilish uchun teodalit yoki ekker
asboblari, tajriba chegaralarini belgilash uchun 20 m li po’lat lentali (o’lchov kamari) ruletka
(8-rasm), baquvvat chilvir, 1,5-2 m uzunlikdagi 5-10 ta nishon qoziq, uchastka chegarasini
aniqlash uchun 4 ta qirrali ustuncha hamda paykal chegarasini aniqlash uchun diametri 6-7 sm
va uzunligi 35-45 sm li 10-15 ta qoziqchalar tayyorlab qo’yiladi. Shu qoziqchalar hamma
paykallarga ikki barobar ko’paytirilganidan 10-12 dona ortiq talab etiladi (9-rasm).
Dalada rejada ko’rsatilganiday qilib oldin tajriba uchastkasining chegarasi belgilanadi.
So’ngra takrorliklar va har bir variant paykallari aniqlanib, rejada ko’rsatiltan takrorliklar,
paykallar va variantlar raqami asosida taqsimlanadi, bunda ular bir xil kenglik va uzunlikda
va albatta, to’g’ri to’rtburchak bo’lishi kerak (10-11 rasmlar).
1. Dalaga tajriba qo’yish texnikasi.
2.Tajribada o’tkaziladigan kuzatishlar, taxlillar, o’lchashlar.
3.Tajribada o’tkaziladigan agrotexnologik jarayonlar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
105
Himoya zonalari. Tajribaning sxematik rejasini tuzishda umumiy maydonning atrofida
kamida 4-5 m kenglikda, takrorliklar va paykallar orasida 1-1,5 m masofa qoldiriladi.
Tajriba maydoning boshlang’ich va quyi qismlarida himoya zonalari qoldirilishi,
birinchidan, texnikaning burilib olish joyi hisoblansa, ikkinchidan, tajribadagi ekinlarni
tasodifiy bosqinlardan (chigirtkalar, qushlar, chorva mollari va shu kabilarning payxon
qilishidan) saqlaydi (12-rasm).
Variantlar o’rtasida ma’lum kenglikda bo’sh yer (himoya zonasi) qoldirilmasa, ma’um
muddatdan keyin variantlarga qo’llanilayotgan omillar (masalan, qo’llanilgan o’g’itlarni bir
variantdan ikkinchi variantga «o’tib qolishi») ta’sirida tajribada uchraydigan xatolar
ko’payadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
106
Hisobga olinadigan qatorlar va o’simliklar. Tabiiyki, yirik dala tajribalarida mavjud
bo’lgan barcha o’simliklar ustida kuzatishlarni olib borib bo’lmaydi va bunga hojat ham yo’q.
Faraz qiling, tajriba variantida 12 ta qator bor. Odatda, shu 12 ta qatordan o’rtadagi 8
qator hisobga olinadigan va chetdagi 4 tasi hisobga olinmaydigan qator hisoblanadi.
Dala tajribalarida hisobga olinadigan qatorlar ichida hisobga olinadigan o’simliklar
tanlab olinadi va ularga yorliqlar (etiketka) osib chiqiladi. Don va don-dukkakli ekinlar bilan,
shuningdek o’tsimon o’simliklar bilan ish olib borilganda ma’lum yuzaga ega bo’lgan
maydonchadagi o’simliklarda hisob ishlari olib boriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
107
Do'stlaringiz bilan baham: |