3. Rendomizasiya (tasodifiy) joylashtirishning o’ziga xosligi. Tasodifiy yoki
rendomizasiya usuli – Angliyalik olim R.A.Fisher tomonidan tavsiya etilgan. Bunda
variantlar takroriklar ichida tasodifiy joylashtiriladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u
variantlarni tuproq unumdorligigi xilma xil bo’lgan yerga joylashtirish imkonini beradi.
Demak, u yoki bu variant oldindan mo’ljallab qo’yilgan joyga emas, balki chek (qur’a)
tashlash tufayli variantlar tasodifiy uchragan paykalga joylashtiriladi. Shu sababli bu usulda
sistematik usuldagidek xato va kamchiliklarga o’rin qolmaydi.
Tasodifiy usulda har bir variant raqam yoki harf bilan belgilanib, karton, tunuka yoki
plastmassadan qilingan chekka yoziladi. Oldin tajriba takroriklari va uning ichidagi variant
o’rni (paykal) qog’ozga sxematik ravishda chiziladi. So’ngra variantlar yozilgan chek
yaxshilab aralashtiriladi va qo’lga tasodifiy chiqqani qog’ozga chizilgan birinchi takrorikdagi
variantlar o’rniga yoziladi. Xuddi shu tartibda qolgan takrorliklarga ham variantlar o’rni
to’lg’aziladi. Bu usulda bir necha cheklanish mavjud, jumladan, uzunasi va ko’ndalangi
bo’yicha takrorliklar chegarasida bir xildagi variantlar yonma-yon joylashmasligi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
98
kerak. Aks holda qaytadan chek tashlashga to’g’ri keladi.
Tasodifiy usulda ham takrorliklarni 1, 2 va 4 yarusda joylashtirish mumkin. Har bir
takrorlik ichidagi tajriba variantlari taqqoslash uchun bitta nazorat varianti joylashtiriladi.
Tasodifiy usulga yana lotin kvadrati usuli ham kiradi (6-rasm). Bunda variantlar bilan
takrorliklar soni teng bo’ladi. Masalan, 4x4, 5x5x, 6x6 va hokazo. Variantlar raqami harf
bilan belgilanib, ular yorliqqa yoziladi. Variantlar soniga qarab oldindan to’g’ri to’rtburchak
kataklar chiziladi va chek tashlash bilan ushbu kataklarga tasodifiy qo’lga chiqqan varinatlar
joylashtiriladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, kataklarning uzunasi va ko’ndalangi
bo’yicha bir xil variant ikki marta qaytarilmasligi lozim. Aks holda qaytadan chek tashlanib,
variantning bir marta takrorlanishiga erishiladi. Bundan tashqari, variantlar soni to’rttadan
kam va sakkiztadan ortiq bo’lmasligi kerak. Variantlar miqdori 4 dan kam bo’lsa yuqoridagi
talabga rioya qilish qiyinlashadi. Sakkiztadan ortiq bo’lsa, takrorliklar sonining ko’payishi
hisobiga ko’p maydon, ekish materiallari, parvarish qilish va kuzatishga mehnat kuchi va
xarajat talab etiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
99
Lotin kvadrati yangi chiqarilgan o’g’itlar va gerbisidlarni o’rganishda, seleksion
ishlarda, jumladan, yangi navlarni sinash, kasalliklarga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqishda qo’llaniladi.
Bulardan tashqari, tajriba qo’yishda parchalangan paykalchalar usuli ham qo’llaniladi.
Bu bir yo’la ikki, uch omillarni tekshirishda qo’llanilib, asosiy omil birinchi tartibli
(o’tmishdosh ekin yoki ishlov bsrish) hisoblanib, unga kattaroq ikkinchi darajali omilga
(o’g’itlash yoki nav sinash) o’rtacha va uchinchi darajali omilga (gerbisid qo’llash) kichikroq
maydon ajratiladi. Natijada birinchi darajali kattaroq maydon uzunasi yoki ko’ndalangiga
ikkinchi darajali maydonga bo’linadi (parchalanadi) va ikkinchi tartibli paykal esa uchinchi
tartibli paykalchaga bo’linadi. Bu usul birinchi darajali tekshiriluvchi omillar (masalan, A, V)
ketma-ket (sistemali) va ikkinchi (a, v, s, d, ye) hamda uchinchi darajali (1, 2, 3, 4)
omillarniig variantlari birinchi takrorlikda, keyingilarida (II va III da) ularning o’rni
almashtiriladi (7-rasm).
1. Standart usulning afzalligi va kamchiliklari.
2. Sistematik va tasodifiy usulning bir biridan farqi.
3. Lotin kvadrati usulida tajriba variantlari qanday joylashtiriladi.
4. Parchalangan paykalchalar usuli qanday tajribalarda qo’llaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
100
Do'stlaringiz bilan baham: |