66
sabzavot
ekinlari
sabzavot
kartoshka
Ertagi kartoshka
Kechki
sabzavot
Ertagi
kartoshka
Kechki
sabzavot
Poliz
ekinlari
Oraliq
ekinlar
Sabzavot (ertagi)
-
Ertagi
sabzavot
Kechki
kartoshka
kechki
kartoshka
-
Ertagi sabzavot
Kechki
kartoshka
Poliz
ekinlari
-
Ertagi
kartoshka
Kechki
kartoshka
Barcha almashlab ekishlarda yem-xashak ekinlarining salmog’i 37,5% ni, shu
jumladan beda 25% ni, boshqa oziq ekinlari esa 12,5% ni tashkil etadi. Sabzavot-poliz
ekinlari va kartoshkaning salmog’i 62,5% ga to’g’ri keladi.
Sabzavot almashlab ekishda to’rt dala sabzavot, bitta dala kartoshka bilan band
qilingan yoki ularning salmog’i 50 va 12,5% ni tashkil qiladi. Poliz almashlab ekishda poliz
ekinlariga uch dala, sabzavot va kartoshkaga bittadan dala ajratiladi yoki ularning salmog’i
37,5; 12,5 va 12,5% ni tashkil etadi. Kartoshka almashlab ekishda kartoshkaga uch dala,
sabzavot va poliz ekinlariga esa bittadan dala ajratiladi. Kartoshka 37,5% ni, poliz ekinlari
12,5% ni va sabzavotlar 12,5% ni band qiladi.
Polizchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarda sakkiz dalali poliz beda almashlab ekish
sxemalaridan foydalaniladi. Bu almashlab ekishda 3 dala poliz ekinlari bilan band bo’lib,
qolgan dalalarga beda, sabzavot ekinlari va kartoshka ekinlar beda, karam, sabzi,
makkajo’xori va sholi hisoblanadi.
Lalmikor sharoitda don-shudgor almashlab ekish qo’llaniladi.
«G’alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qo’yidagi almashlab ekish sxemasini
tavsiya etadi.
Lalmikorlikda, qirg’oqchilik ayniqsa, keskin bo’ladigan tekislik va tekislik-tepalik
mintaqasining pastki qismi uchun 5 dalali shudgor almashlab ekish tavsiya etiladi: shudgor,
g’alla ekinlari.
Almashlab ekishda ekinlar malum dalalarda navbatlanish tartibi buyicha
joylashtiriladi, bunda dalalar soni 2-4 dan 10-12 tagacha bo’ladi. Masalan, 10 dalali almashlab
ekish bo’lsa, dalalar 10 ta bo’lib, ekinlar unda navbat bilan joylashtiriladi.
Bir qancha ekin ekiladigan almashlab ekish dalasiga
dalalar to’plami deyiladi.
Dalalar to’plamiga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
Dalalar to’plami uchun yerga bo’lgan talab.
Ishlov berish va parvarish qilish tarkibi.
Ekinlarni tuproq unumdorligiga tasiri.
Shu talablardan kelib chiqqan holda qo’yidagi dalalar to’plamini tashkil qilish
mumkin.
Qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar.
Kuzgi ekinlar (bug’doy, arpa, javdar) ekiladigan dala.
Yoppasiga ekiladigan bahorgi ekinlar dalalari (beda, bugdoy, arpa,
suli, va xokazo).
Lalmikor sharoitda almashlab ekishda bita dala toza shudgor holda qoldirilib qolganlariga don
ekinlari ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: