3.Band shudgor, uni o’tkazish sharoitlari va yetishtiriladigan ekinlar.Yerlarni
ishlash sonini kamaytirish va uning ahamiyati
Ma’lumki, har-xil operasiyalarni bajarish vaqtida agregatlar daladan ko’p marta yurib
o’tadi, natijada tuproq zichlashadi, suv o’tkazuvchanligi, havo almashinuvi yomonlashadi.
Besh korpusli plugni traktorga tirkab yer haydalganda uning g’ildiraklari yer yuzasining 40-
50 % ni bosadi. Bundan tashqari, ekin ekishdan oldin yerni ko’p marta ishlash ekishni
kechiktiradi hamda hosildorlikka salbiy ta’sir etadi. Respublikamizning ayrim paxtakor
xo’jaliklarida, g’o’za 5-8 marta kultivasiya qilinadi, unga 2-3 marta o’g’it solinadi, 5-7 marta
sug’orish uchun egat olinadi va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi 2-3 marta har xil
kimyoviy dorilar purkaladi. Natijada, agregat mavsumda daladan 15-20 marta va undan ham
ortiq yurib o’tadi. Bahor noqulay kelgan yillari hamda dala begona o’tlar bilan ifloslangan
bo’lsa, yerni ishlash soni yana ham ortadi. O’zPITI da olib borilgan tajribalar natijalariga
ko’ra, yerlarni ishlash sonini kamaytirish qo’yidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.
1)yerni haydash chuqurligini tabaqalashtirish.
2)yerlarga asosiy ishlov berishda haydalma qatlamining uvoqlanishini yaxshilaydigan
va dala tekis bo’lishini ta’minlaydigan faol qurollardan (freza kabilardan) foydalanish.
3)bahorgi va ekin ekish oldidan alohida-alohida amalga oshiriladigan ishlar sonini
kamaytirish va ularni birga qo’shib, bir vaqtda bajarish;
4)dalada traktor bir yurib o’tishida zarur ishlarni bajaradigan kombinasiyalashtirilgan
agregatlardan foydalanish;
5)g’o’za va boshqa ekinlarni parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarini qo’shib
o’tkazash hisobiga kultivasiya hamda boshqa ishlar sonini kamaytirish.
Paxta ekiladigan maydonlarda bahorda va ekin ekish oldidan yerlarni ishlash soni
buyicha olib borilgan kuzatishlar, ishlash soni kamaytirilganida tuproq yaxshi uvoqlashishni,
uning suv-fizik xossalari yaxshilanishini, dalalar begona o’tlar bilan kam ifloslanishini va
paxta hosildorligini ortishini ko’rsatdi. Yerlarni ishlash sonini kamaytirish uchun ekinlarning
o’suv davrida bajariladigan tadbirlarni, sharoitdan kelib chiqqan holda moslashtirib bir-biriga
qo’shib olib borish, dalaga agregatlarni kamroq kiritish zarur. Chunonchi, begona o’tlarga
qarshi kultivasiya o’rniga gerbisid qo’llash, o’g’it solishni egat olish va mavsum oxirida egat
olishni esa chekanka va boshqalar bilan bir vaqtda o’tkazish kerak. Natijada sarflanayotgan
yeqilgi va mablag’ tejaladi, yetishtirilgan mahsulot tannarxi arzonlashadi.
Shudgorlashdan asosiy maqsad, yerda imkoni boricha ko’proq nam to’plash va uni
saqlash, begona o’tlarni, kasallik va zararkunandalarni imkoniyat darajada kamaytirish yoki
butunlay yo’qotishdan iborat bo’lib, buning uchun band qilinmagan yoki band qilingan
shudgorlash turlaridan foydalaniladi.
AQLIY HUJUM.
Bevosita jamo bo’lib, “fikirlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin
qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikirlashdan holi qilish,
ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikirlarni engishdir.
1.Toza shudgor deb nimaga aytiladi?
2. Qora shudgor nimaga va qanday amalga oshiriladi?
3. Band shudgor deb nimaga aytiladi?
4. Band qilinmagan shudgorni qanday ahamiyati bor?
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
55
Do'stlaringiz bilan baham: |