Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc



Download 1,29 Mb.
bet72/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Reja:






  1. Agronomiyada ilmiy tekshirish ishlarining maqsadi, vazifalari, roli, zaruriyati. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish va kishilarning o’sib borayotgan talabini qondirish uchun qishloq xo’jalik ekinlarini mexanizasiyalashtirish, fan yutuqlaridan foydalanish natijasida hosildorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz viloyat va tumanlarida xo’jalik sharoiti va ixtisoslashuviga qarab dehqonchilikning ilmiy tizimini joriy qilish natijasida qishloq xo’jaligida ilm fanning mohiyati oshib boradi. Shu munosabat bilan qishloq xo’jaligida ilmiy tadqiqot ishlari darajasini oshirish talab qilinmokda.

Ilmiy izlanish asoslari fani ilmiy agronomiya fanining bir bo’lagi bo’lib, fanning maqsadi joylarda ilmiy tekshirish ishlarini tashkil etish natijasida navlarni sinash, ekinlarning hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilashda muhim o’rin tutuvchi agrotexnik chora tadbirlarni sinash, o’rganish va ishlab chiqarishga joriy etishdir.
Ilmiy izlanish asoslarining asosiy vazifasi dala tajribasini o’tkazish uslubi bilan tanishish, o’simliklarning yuqori va sifatli hosil berishi uchun hamma agrotexnik sharoitlarni yaratish uchun maxsus tajribalarni o’tkazish, tajriba natijalarni matematik statistik usul bilan ishlab, tajribaning to’g’ri yoki noto’g’riligiga baho berish va uning hozirgi zamon talabini o’rganishdir

  1. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini isloh qilishda ilmiy tekshirishning roli. Qishloq xo’jaligini isloh qilishning 1998-2000 yillarga mo’ljallangan Dasturida quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish belgilab berilgan:

  1. Qishloqda mulkchilikni rivojlantirish va mustahkamlash, qishloq xo’jaligida agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning asosiy yo’nalishi sifatida haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  2. Dehqonlarda yerga egalik hissini uyg’otish, dehqonlarni o’z mehnat natijalaridan foydalanish xuquqiga to’la ega bo’lishini ta’minlash, qishloqda mulkiy paylarni joriy etish asosida mulkiy munosabatlarni takomillashtirish;

  3. Har xil turdagi tovar qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning tashkiliy, xuquqiy shakllarini – qishloq xo’jalik shirkati, fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, qishloq xo’jalik korxonalarini xuquqiy va iqtisodiy mustaqqilligini kengaytirish;

  4. Dehqonlarning o’z mehnatini va butun qishloq xo’jalik korxonasi faoliyatining pirovard natijalaridan manfaatdorligini oshirish. Bunga ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning oila (jamoa) pudratiga asoslangan ichki xo’jalik tizimini joriy etish yo’li bilan, yetishtirilgan mahsulotlarga hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish va mulkiy paylar bo’yicha devident to’lash yo’li bilan erishish;

  5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurashish va meliorativ tadbirlarni o’tkazish hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning sanoatga asoslangan eng zamonaviy



73


texnologiyasini joriy etish hisobiga dehqonchilik madaniyatini, tuproq unumdorligini oshirish;

  1. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini samarali yuritishning asosiy mezoni sifatida qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini, qoramol va parrandalar mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi zamonaviy texnologik qoidalar va talablarga rioya qilish;

  2. Mamlakatimizda paxtachilik, don va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chilik tizimini rivojlantirish, mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos rayonlashtirilgan navlarni to’g’ri tanlash va joylashtirish hamda chorvachilikda naslchilikni yaxshilash.

Yer kodeksiga berilgan Nizom va me’yorlarga qattiq rioya qilishni ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida maxsus Davlat boshqaruv organlari tashkil etilgan.
Sug’oriladigan yerlarda ekinlarni almashlab ekishni joriy etish: paxtachilik kompleksida paxta - boshoqli don - beda - boshokdi don - meliorativ maydonlar, sabzavotchilik kompleksida beda - boshoqli don - sabzavot ekinlari, donchilikda don ekinlarini bir dalada ikki yildan ortiq joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
Lalmi yerlarda toza shudgorga ajratilgan yer maydoni 25 - 30 %, bedapoya 10 % bo’lgan 5-6 dalali, galla va qator oralariga ishlov beriladigan ekinlarni almashlab ekish nazarda tutilgan.
Dasturda seleksionerlar oldiga imkoniyat darajasida 50-60 s hosil beruvchi, tola chiqishi 33 % va undan yuqori, chigitning yog’lilik darajasi 18 % va undan yuqorini tashkil etuvchi, o’suv davri 100-110 kun bo’lgan o’rta tolali va 115-120 kunlik ingichka tolali, tola uzunligi va pishiqligi I, II, III, IV va V tiplarga mansub, kasallik va keskin o’zgaruvchi sharoitlarga chidamli g’o’za navlarini yaratish vazifasi qo’yilgan. Hozirgi kunda g’o’za navlarining soni - 18 ta o’rta va 2 ta ingichka tolali navlar ekilmokda.


    1. Download 1,29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish