2. Tajriba uchastkasini tanlash, o’rganish va tayyorlash. Tajriba qo’yish uchun unumdorligi, o’simliklar qoplami, relyefi bo’yicha bir xil ko’rsatkichga ega bo’lgan yer maydoni tanlanadi. Tajriba uchastkasi oldiga bir nechta talablar qo’yiladi, shundan yer uchastkasiga va dala tajribasiga nisbatan qo’yilayotgan birinchi va eng muhim talab bu tipiklik hisoblanadi, ya’ni tajriba uchun tanlangan yer uchastkasiga, ularda tajriba natijalaridan foydalanish mo’ljallanganda, tabiiy sharoiti – tuproq xossalari, unumdorligi va relyefi jihatidan mazkur rayonda yoki hatto boshqa rayonlarda tarqalgan tuproq sharoitiga muvofiq bo’lishi kerak.
Yer uchastkasiga qo’yiladigan ikkinchi talab tajriba natijalarining aniqligini ta’minlovchi tuproq qoplamining bir xil bo’lishidir, ya’ni maydonning tuprog’i jihatidan bir xil jinsli va uning unumdorligi nisbatan bir tekis bo’lishi, lekin tabiatda hyech qachon absolyut bir xil qoplamli xususiyatga ega bo’lgan tuproqni topib bo’lmaydi. Faqat iloji boricha tajriba uchun tanlanayotgan tuproq atrofga nisbatan, tajriba uchun yer maydoni tanlash talablariga to’laroq javob berishiga erishish kerak. Buning uchun tanlanayotgan uchastka tarixi, tuproqlarining laboratoriya taxlili, relyefi, begona o’tlar bilan ifloslanganligi va boshqa tajriba natijalariga salbiy ta’sir etuvchi bor omillar batafsil o’rganilishi shart.
Maydonga qo’yilgan birinchi talabga rioya qilish uchun tajribani kelgusida joriy etiladigan rayon sharoitida olib borish kerak bo’lsa, ikkinchi talabni inobatga olishda esa tajriba uchastkasining tarixini hisobga olishga e’tibor berish zarur, ya’ni so’nggi 3-4 yil davomida bu uchastkaga qanday ekin ekilganligi, haydash chuqurligi, o’g’itlash tartibi (o’g’it xillari) ning qo’llanganligi haqidagi ma’lumotlarga ishonch hosil qilish kerak. Tajriba uchun tanlangan uchastkaning tarixi aniq bo’lmasa tajriba o’tkazish ta’qiqlanadi. Chunki tajriba maydoniga bo’lgan talabga ko’ra tajriba uchun tanlangan yer oldingi 3-4 yil mobaynida faqat bir xil ekin ekilib, bir xil o’g’itlash tizimida yerga ishlov berish agrotexnikasi amalga oshirilishi shart. Bu yerda oraliq ekinlar, ba’zan bundan mustasno, ko’pgina adabiyotlarda ta’kidlanishicha, tadqiqotchi o’z bulajak tajriba uchastkasiga 3-4 yil e’tibor berib, uning qismlari, bo’laklari tartibsiz o’g’itlanishiga, agrotexnika ishlari betartib bajarilishiga yo’l qo’ymay yerni tajribaga tayyorlashi ayni muddao bo’ladi. Agarda, bunday imkoniyat tadqiqotchida bo’lmasa, oldingi 3-4 yilga doir yer maydonining tarixiy xujjatlarini o’rganishi, ya’ni bu uchastka tajriba qo’yish uchun uslubiy jihatdan yaroqliligiga ishonch hosil qilishi zarur. Bunday uchastkada tuproq xususiyatiga bo’lgan talab qishloq xo’jalik ishlab chiqarish sharoitidagi tajribalar uchun o’ta muhimdir. Ayniqsa, yer maydoni tarixi noma’lum bo’lgan tuproq sharoiti tajribasidan olingan natijalar mutlaqo yaroqsiz bo’lib qoladi, chunki uni qanday tuproq sharoitiga joriy qilinish taklifi noaniq qoladi.
Shunday qilib, tajriba uchun ajratilgan yer uchastkasi o’zining o’tgan tarixi jihatidan butun ko’lamida bir xil bo’lishi kerak. Bunda yuqoridagi tadbirlar maydonning hamma qismida bir xil darajada (bir xil o’tmishdosh ekin, bir xil chuqurlikda haydalishi, o’g’it xili va dozasining bir xilligi) bo’lishi tuproq unumdorligining tekisligiga ijobiy ta’sir etadi. Ushbu ko’rsatkichlar aniqlanishi bilan birga, tuproqning kimyoviy tarkibi, sizot suvlarining chuqurligi, sho’rlanishi, ishqoriylik darajasi va boshqalar o’rganiladi. Yuqoridagi ma’lumotlar bo’lmasa, ular tadqiqotchi tomonidan tekshirilishi kerak.
Tajribaning tasodifiy omillariga ham e’tibor berish kerak, ya’ni o’simliklarga mikro va makroiklimiy sharoitlarning ta’sirchanlik darajasi turli xilda bo’lmasligi uchun tajriba uchastkasi turar joy, chorvachilik binolaridan, tutash o’rmonlardan kamida 50-100 m, alohida daraxt yoki bog’lardan kamida 25-40 m narida joylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, qalin yashil devorlar va yo’llar ham tajriba uchastkasidan 10-20 m uzoqlikda bo’lishi kerak.
Shuningdek, tajriba uchastkasini o’rganishda mazkur uchastkada yer ishlari olib borilganda qolgan izlar, ilgarigi yo’llar, chorva mollar to’xtatilgan, go’ng tashib ketilgan, qurilish qoldiqlari qolgan joylar, xirmon va sug’orish shaxobchalari hisobga olinishi zarur. Tajriba uchastkasini ko’ndalangiga va diagonali bo’yicha yo’l, zovur yoki doimiy ariq ajratmasligi talab etiladi.
89
Uchastkada aytib o’tilgan tasodifiy omillarning bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki ular tuproq unumdorligiga juda uzoq vaqtgacha ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Tajriba uchastkasining relyefi. Tajriba uchun tanlangan yer maydonining relyefi ham tajribada tadqiqot uchun olingan o’simlik (nav) turlari va tajriba maqsadiga mos bo’lishi shart. O’simlikning ma’lum bir turi tajriba uchun tanlanganda, o’simlik va dala bir-biriga tipik bo’lishi uchun odatda o’simlik qanday relyefli yerda o’sadigan bo’lsa tajriba maydoni ham shunday maydonda utkazilishi kerak. Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarida o’tkaziladigan tajribalar uchun uchastka relyefi tekis yoki biroz nishab (0,01-0,025 m) bo’lgani ma’qul. Poliz mahsulotlari yetishtirishga oid tajribalarda poliz ekinlari agrotexnikasiga ko’ra ularni sug’orishda uchastka relyefi 0,005 dan 0,01 m gacha bo’lishi talab qilinadi.
Oqar suvlardan sug’oriladigan tajribalarda uchastka albatta bir xil nishablikda bo’lishi kerak. Tuproqni namiqtirish uchun eng yaxshi nishablik 0,005 dan 0,01 m gacha hisoblanadi. Tajriba uchastkasining nishabligi bir tomonlama va bir tekisda bo’lishi kerak. Shuningdek, tajriba paykallari nishablikka nisbatan bo’ylamasiga joylashishi kerak.
Yer uchastkasini tanlashda uning mikrorelyefini ham hisobga olish zarur. Buning uchun uchastka mexanizmlar yordamida, ba’zan qo’lda tekislanadi.
Agar tajribada noto’g’ri relyef ta’sirini o’rganish, ya’ni uning o’simlikka bo’lgan ta’siri o’rganilsa, albatta, tajriba variantlari uchun bir xil relyefli nuqtalar tanlanib, takrorliklar sochma usulda uchastka kengligiga joylashtiriladi. Talab darajasida tajriba uchun bir xil relyefli joyni egallash uchun variantlar sonini tajribada kamaytirish ham mumkin.
Tajriba uchastkalarida bunday tajribalarni amalga oshirish uchun yer nivelirda tekshiriladi. Natijada, tajriba o’tkazish uchun 0,1-0,2 m gorizontli maydon ajratiladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida bu maqsad uchun yer tanlashda mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda qo’polroq, ya’ni qiyaligi 1 metrgacha bo’lgan notekislik ham ruxsat etilmaydi.
Uchastka tuprog’ini tekshirish. Tajriba uchastkasining tarixi aytilgan talablarni qondirishi aniqlangandan keyin tuproqni o’rganishga kirishiladi. Chunki bu ma’lumotlar tuproqning har jihatdan bir xil darajada bo’lishi haqida ma’lumot bersa ham, u taxminiy bo’lib, tuproqning unumdorlik darajasining tekisligini to’liq tavsiflab beraolmaydi. Shuning uchun tuproq qoplamasini o’rganmasdan turib, tajriba o’tkaziladigan tuproqning qanchalik tipikligini aytib bo’lmaydi.
Tuproqning to’liq tavsifnomasini bilish uchun tuproq kesmalari va chuqurchalari o’rganilib, shundan keyingina tuproq tipi, mexanik tarkibi, yumshatish chuqurligi, chirindi qatlamining qalinligi va uning miqdori, harakatchan shakldagi oziq elementlar (N, R2O5, K2O mg/kg) miqdori, tuproqning shimish xususiyati, ishqoriyligi va uning suv-fizik xossalari aniqlanadi.
Lekin, tuproq qanchalik batafsil o’rganilmasin, bari bir uning mikroskopik jihatdan bir xilligini bilish qiyin bo’ladi. Shuni hisobga olib, tuproq unumdorligini tekis yoki notekisligini aniqlash uchun tajriba qo’yishga qadar dalaga tekshiruvchi (rekognossirovkalovchi) bir yillik ekinlar, asosan g’alla o’simliklari (bug’doy, arpa, javdar, suli) ekiladi, chunki ular tuproq unumdorligiga nihoyatda sezgir (reagent)dir. Buni tuproq unumdorligini tekislaydigan (baravarlashtiradigan) va sinash yoki tajriba uchun ekish usuli deb ataladi.
Tekislaydigan ekish usulida ekin ekib parvarish qilish oddiy xo’jalik ekinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, bunda yerni haydashdan tortib, uni ekishga tayyorlash, urug’ni sepish qalinligi, o’g’itlash, yuqori dozada sug’orish, ishlov berish ishlari maydonning hamma qismida bir xil darajada, bir vaktda va juda yuqori agrotexnikada olib boriladi. Natijada maydonning unumdorlik jihatidan notekisrok ayrim joylari tekislanib ketadi. Tuproq unumdorligining tekisligini ekilgan o’simliklarning o’sish darajasiga qarab aniqlanadi.
Tajriba uchun ekish usulida esa bu jarayon maydondagi o’simliklarning hosilini shaxmat usulida 10-12 ta paykalchaga ajratib o’lchanadi. Buning uchun paykalchalarning hosili jamlanadi va ular soniga bo’linib, paykalchaning o’rtacha hosili topiladi. Ayrim
90
paykalchalarning hosil ayirmasi o’rtacha hosilga nisbatan 2-3 %dan oshmasa, ushbu maydonning tuproq unumdorligi nisbatan bir tekis hisoblanadi.
Yer uchastkasini o’rganish va uni tajriba qo’yishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ishlardan biri rejalashtirilgan tajribaning uslubini ishlab chiqishdan iboratdir. Buning uchun esa tajriba uslubining asosiy elementlari bilan yaqindan tanishib chiqilgan bo’lish kerak.
Tabiiy sharoitda va yopiq maydon sharitida sabzavot ekinlarida o’tkaziladigan tajribalar.
Meva va rezavor mevalarda tajriba o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari.
Uzumchilikda hisob maydoni qanday bo’ladi.
Pichanzor va yaylovlarda tajriba o’tkazishning o’ziga xos tomonlari.
Tajriba uchun dalani tanlash va tayyorlash tartibi.
Tajriba dalasini tayyorlashda qanday asbob va uskunalardan foydalaniladi.
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |