Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Dala tajribasi oldiga qo’yilgan asosiy talablar



Download 1,29 Mb.
bet85/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Dala tajribasi oldiga qo’yilgan asosiy talablar. Dala tajribasi qishloq xo’jalik ilmiy tekshirishining asosiysi hisoblanib, o’simliklar hayotini dalada, ishlab chiqarishga yaqin sharoitda o’rganish uslubidir va u vegetasion, lizimetrik uslublardan tuproq, ob-havo va agrotexnologik tadbirlarning birgalikda o’simliklarga ta’siri tekshirilishi bilan farq qiladi. Ekinlarni yetishtirish borasidagi barcha amaliy tavsiyalarni tuzishda va agrotexnikaviy tadbirlarni ilmiy asoslashda ana shu dala tajriba natijalariga tayanadi.

Bu usul asosidagina hosil bilan unga ta’sir qiluvchi vositalar o’rtasidagi bog’liqlik darajasini, tuproqlarni ishlash, o’g’itlash, sug’orish, almashlab ekish tadbirlarini ishlab chiqish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, yangi navlar yaratish, ularni sinash va rayonlashtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini amaliyotda ishlab chiqish va boshqa muammolarni hal qilish mumkin.
Kuzatish, laboratoriya, vegetasion, lizimetrik usullarni qo’llash tajriba natijalarini to’plashda katta ahamiyat ega bo’lsa ham nazariy va amaliy xulosa chiqarish uchun ularni kengroq masshtabda, dala tajribasi usuli asosida sinalishi kerak. Chunki faqat dala tajribasiga suyangan holda hodisalarning kelib chiqishi, sababi, ularning o’zaro aloqadorligi, mazmuni va mohiyatini aniqlash mumkin.
Har qanday dala tajribasi oldiga bir qator uslubiy talablar qo’yiladi va dala tajribasi natijalarining qimmati ushbu talablarga qatiy amal qilishga bog’liq:

  1. tajribaning tipikligi;

  2. yagona mantiqiy farq qilish prinsipi (faqat bitta belgi bilan farqlanish prinsipi)ga amal qilish;

  3. tajribani maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish;

  4. hosilni hisobga olish va tajribaning aniqligi kabilar uslubiy talablarining asosiysi hisoblanadi.

Agar bu talablarning birortasiga amal qilinmasa, tajriba to’la qimmatga ega bo’lmaydi.


91


Tajribaning tipikligi. Tajribadan olingan natijalarni aynan tajriba o’tkazilgan joyning o’zida qo’llanilishiga tajribaning tipikligi deyiladi.
Tadqiqotlarda tabiiy, tashkiliy-xo’jalik va agrotexnikaviy sharoitlarga nisbatan tipiklik farqlanadi.
Dala tajribalarini o’tkazishda tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni tajriba o’tkaziladigan joyning iqlimi va tuprog’i, o’simliklariga agrotexnik parvarish qilish tadbiri joriy qilinadigan rayon yoki mintaqaning sharoitiga aynan o’xshash bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, masalan, tajribasi Samarqand viloyatining o’tloq- bo’z tuproqlarida olib borilib, natijasini butunlay boshqa sharoit (Xorazm yoki Buxoro) da tadbiq qilinishi uslubiy jihatdan butunlay noto’g’ri bo’ladi. Bundan tashqari, navlarning shu sharoit uchun yaroqliligi va rayonlashtirilganligiga jiddiy e’tibor berish kerak.
Tajribada yagona mantiqiy farq prinsipiga amal qilish. Bunda tajribaning bir varianti ikkinchisidan faqat bir belgi (ko’rsatkichi) bilan farqlanib, qolgan hamma sharoitlar ikkalasi uchun mutloq bir xil darajada bo’lishi shart, boshqacha aytganda, taqqoslanadigan variantlar bir biridan faqat bitta o’rganiladigan belgisi (ko’rsatkichi) bilan farq qilishi kerak. Masalan, azot me’yorlarini o’rganish ustida o’tkaziladigan tadqiqotlarda variantlar o’rtasidagi bir biridan farqlanadigan belgi azot me’yoridir. O’simlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan boshqa barcha sharoitlar (tuproq sharoitlari, o’tmishdosh ekin, tuproqni ishlash usullari, nav, urug’lik, ekish, o’g’itlash usullari, muddatlari, sug’orish va shu kabi omillar) barcha variantlarda bir xilda bo’lishi kerak.
Tajribani maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish yagona farqlanish prinsipining mantiqiy davomidir, ya’ni tajribani tuproq unumdorligi bir xil darajada bo’lgan joyda olib borish, tajribani yagona belgisi bilan farqlanish qoidasiga amal qilish hisoblanib, xulosa chiqarishda yordam beradi. Maxsus ajratilmagan (tasodifiy) maydonlarda amalga oshirilgan tajribalarning natijalaridan foydalanish mumkin emas.
Hosilni hisobga olish va tajriba aniqligiga qo’yilgan talab. Qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va mahsulot sifati tajribada o’rganilayotgan variantlarning eng xolis ko’rsatkichidir. Hosilni hisobga olish yo’li bilan tajriba variantlarida o’rganilayotgan omillarning ta’siri miqdoran aniqlanadi. Tajriba ishonchli (haqqoniy) bo’lgandagina hosilni hisobga olish va uning sifatini baholash ma’lum bir qiymatga ega bo’ladi. Tajribaning ishonchliligi (haqqoniyligi) va aniqligi bir biri bilan bog’liq, lekin mustaqil tushunchalardir.
8x*100
Tajribaning aniqligi 8x% = formula bilan aniqlanadi.
Bunda, 8x% - tajriba aniqligi, u ba’zan R harfi bilan ham ifodalanadi; 8x - o’rtacha hosil (x) ning tasodifiy xatosi, absolyut miqdorda;
x – o’rtacha hosil.
Tajriba aniqligi tajribadan olingan natijalarni o’ziga xos matematik usullar bilan hisoblash orqali topiladi. Binobarin, dala tajribasining aniqligi – bu ilmiy ish natijasining o’zgarishini mikdor jihatdan tavsiflovchi statistik ko’rsatkichlar yakunidir.
Tajribaning aniqligi uning tasodifiy xatosiga nisbatan teskari mutanosib, ya’ni tajriba qanchalik to’g’ri qo’yilgan bo’lsa, uning xatosi shunchalik kam bo’ladi va aksincha.
Ekinning turi, tajriba o’tkazish sharoiti, uning maqsadiga qarab tajribaning aniqligi agrotexnik tajribalarda 4-7 %, nav sinashda 3-4 %, vegetasion-lizimetrik tajribalarda 2-3 % va laboratoriya tajribalarida 1-3 % atrofida bo’lgani ma’qul.
Dala tajribasi bo’yicha R < 1-2 % gacha bo’lsa tajriba juda yuqori darajada aniq, R < 2-3 % gacha bo’lganda aniqligi yaxshi, R < 3-5 % gacha bo’lsa tajriba batomom qoniqarli, R
< 4-7 % atrofida bo’lsa deyarli qoniqarli qo’yilgan hisoblanadi. Agar aniqlik R > 7-8 % bo’lsa tajriba brak (yaroqsiz) qilinadi.
Dala tajribalarining aniqligiga agrometeorologik sharoitlarning turli tumanligi, tajriba maydoni tuprog’ining bir jinsli bo’lmasligi, agrotexnikaviy tadbirlarni o’tkazishda yo’l

92


qo’yiladigan ayrim nuqsonlar turlicha ta’sir ko’rsatadi va tajribada xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Dala tajribalarida uchraydigan xatoliklarni uch guruhga bo’lish mumkin: 1) tasodifiy;
2) sistematik; 3) qo’pol xatolar.
Tasodifiy xatolar – juda ko’p omillarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Tasodifiy xatolar tajriba aniqligiga sezilar-sezilmas ta’sir ko’rsatadi. Har bir dala tajribasida tasodifiy xatolarni yuzaga keltiradigan elementlar mavjud.
Dala tajribalarida ro’y beradigan tasodifiy xatolarga quyidagilar kiradi: 1) texnik xatolar (tarozi, asbob-uskuna, seyalka va shu kabilarning nosozligi); 2) uchastka tuproq unumdorligining bir xil bo’lmasligi; 3) o’simlik o’sishida o’ziga xos (individual) o’zgarishlar;
4) o’simlikning mexanik shikastlanishi, kasallik va zararli xasharotlar tufayli zararlanishi.
Tasodifiy xatolarning o’ziga xos tomoni undagi ijobiy va salbiy elementlarning o’zaro ta’sirlashishi natijasida tajriba aniqligiga yetkazadigan zararning kamayishi va silliqlashishidir.
Umuman olganda, tasodifiy xato deb ilmiy xodim nazaridan chetda qolgan, tajribada yetishtirilishi mumkin bo’lgan hosil miqdorining ma’lum bo’lmagan sabablarga ko’ra o’zgarishiga aytiladi.
Sistematik xatolar – ma’lum bir sababning faqat bitta yo’nalishdagi doimiy ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, unumdorligi jihatidan bir jinsli bo’lmagan maydonni variantlarga bo’lib tajriba o’tkazish. Sistematik xatolarning o’ziga xos xususiyati – bitta yo’nalishda ta’sir etishida, ya’ni olinadigan natijalarni oshirishi yoki kamaytirishidadir.
Qo’pol xatolar – dala tajribalari oldiga qo’yiladigan talablarning buzilishi natijasida yuzaga keladi (masalan, tadqiqotchi yanglishib o’g’itsiz variantga o’g’it berishi). Bunday sharoitda yo’l qo’yilgan xatoni tuzatib bo’lmaydi, olingan barcha natijalarni bekor (brak) qilishga to’g’ri keladi.
Dala tajribalaridan olingan natijalar sistematik va qo’pol xatolardan xoli bo’lgan taqdirda matematik yo’l bilan tasodifiy xato miqdori hisoblanib, tajribaning aniqligi uslubiy va texnik jihatdan baholanadi hamda shu asosda ma’lum xulosalar chiqariladi.
Umuman olganda, dala tajribalaridan to’g’ri va aniq natija olinishi kerak. Bu avvalo, tadqiqotchidan dala tajriba uslubining asosiy elementlarini chuqur bilishni va ularni dala sharoitida to’g’ri amalga oshira bilishiga bog’liq. Chunki uslubning barcha elementlari to’g’ri olib borilsa, tajriba natijasi juda aniq bo’lib chiqadi.


    1. Download 1,29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish