Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc



Download 1,29 Mb.
bet12/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati va yaxshilash tadbirlari Tuproqning qattiq fazasi va har xil g’ovaklar egallagan hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini

10


kapillyar, undan kattalarini nokapilyar g’ovaklik deyiladi. Nokapilyar g’ovaklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar g’ovakliklar ko’paysa, yani tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziqa rejimi eng qulay – 1:1 dan 1:3 gacha bo’lishligi belgilangan.
Haydalma qatlam tuzilishini tuproq strukturasining joylashishi (zichligi)ni o’zgartirish yo’li bilan boshqarish mumkinligi aniqlangan. Malumki, tuproq uch qism yoki fazadan: qattiq, suyuq va havodan tashkil topgan. Qattik faza har xil mineral va organik moddalardan iborat bo’lib turli zichlikda bo’ladi.
Tuproqning (zichligi) hajm massasi deb, strukturasi buzilmagan mutloq quruq tuproq massasining uning hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajmiy massa tuproqning barcha massa hajmini, yani uning qattiq qismi va g’ovaklarini o’z ichiga oldi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo’lib, 1 dan 1,8 g/sm3 gacha uzgarib turadi.
Sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarning hajm massasi vegetasiya davomida haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 , mexanik tarkibi og’ir botqoq tuproqli yerlarda esa 1,7-1,9 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 g/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi.
Tuproqning zichligiga yerni ishlash usullari, tuproq strukturasini o’zgartirish, organik o’g’itlar solish, suvning muzlashi va boshqalar tasir etadi.
Madaniy o’simliklar tuproqning tuzilishiga har xil talabchan bo’ladi. Ayniqsa, ildizmevalilar kartoshka, piyoz, sabzi, lavlagi, sholg’om, turp kabi ekinlar mexanik tarkibi yengilroq, yumshoq tuproqli yerlarda yaxshi o’sib rivojlanadi va yuqori hosil olinadi.
Ko’p yillik dukkakdosh ekinlar, o’q ildizli va boshoqdosh don ekinlarining tuproq zichligiga munosabati ularning yeshiga bog’liq. Tuproq yuza qatlamining zichligi yesh o’simliklarga salbiy tasir etadi. Keyinchalik yoki ikkinchi yili zichlik tasirini bemalol bartaraf etib, o’simliklar normal o’saveradi. Haydalma qatlam ostidagi zich qatlam o’simliklarning o’sishiga, ayniqsa ildiz tizimining qo’yi va yon tomonlarga tarqalishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun haydalma qatlam osti zich bo’lgan yerlar har xil qurollar bilan yumshatilishi zarur.
Mayda chang zarrachalarini bir-biri bilan yopishib, har xil, kattalikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Chirindi qancha ko’p bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. Kesaklar yirik-maydaligiga qarab qo’yidagilarga bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25) va mikrostruktura (diametri 0,25 mm dan kichik), mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrostrukturaga (0,01 mm dan kichik) bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Suvga bo’ktirilganda tuproq agregatlari mayda zarrachalarga bo’linib ketsa, u strukturasiz tuproq deyiladi.
Strukturali tuproqlar yaxshi ishlanadi, suv bilan tez to’yinadi va tarkibida kerakli miqdorda suv hamda havoni saqlaydi.
Strukturali tuproqqa ishlov berilganda, g’ovak massa hosil bo’ladi va yirik kesakchalar ko’chmaydi, yopishqoq bo’lmaydi va ishlov berilganda strukturasiz tuproqlarga nisbatan kam energiya sarflanadi.
Tuproqning strukturasiga suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari kuchli tasir ko’rsatadi.
Struktura mexanik, fizik-kimyoviy va biologik omillar tasirida yemriladi.
Mexanik omillarga kesakchalarni qishloq xo’jalik mashinalarining g’ildiraklari, ishchi organlari, qishloq xo’jalik hayvonlari va odamlarning yurishi va boshqa kuchlar tasirida ezilishi kiradi.

11


Fizik-kimyoviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi havoni suv bosim bilan siqib chiqarishi natijasida strukturani buzishi kiradi, hamda singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Sa2 + va Mg2 +) kationlarining bir valentli (Na+, N+ va NN4) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo’ladi. Mikroorganizmlarning organik moddalarni parchalab strukturani buzishi biologik omilga kiradi.
Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab ekish yani organik modda miqdorini ko’paytirish hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin to’tadi.
Qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda tuproq unumdorligi muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning tabiiy va sun’iy, potensial va samarali unumdorligini oshirish yuqori ahamiyat kasb etadi. Bunda tuproqlarning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalarini, ya’ni uni suv, xavo, issiqlik va oziqa rejimlarini yaxshilab, madaniylashganlik darajasini oshirish juda muhim hisoblanadi. Tuproqlarni unumdorligini va uning madaniylashganlik darajasini oshirishda tuproqning tuzilishini, uning struktura hosil qilish xossalarini yaxshi bilish natijasida, strukturasi buzilgan tuproqlarni strukturasini yaxshilashda biologik, kimyoviy va fizikaviy usullarni to’g’ri qo’llab dehqonchilik madaniyatini oshirishga erishish mumkin.




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish