Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc



Download 1,29 Mb.
bet14/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti


Reja:

  1. O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari


Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.

    1. jadval

Urug’larning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori (urug’ massasiga nisbatan % hisobida)

Ekinlar urug’i

Talab etiladigan suv
miqdori

Ekinlar urug’i

Talab etiladigan suv
miqdori

Tariq

25

Suli

58,9

Makkajo’xori

44

Chigit

60

Bug’doy

45

Zig’ir

100

Arpa

48,2

Ko’k nuxat

106,8

Beda

56,3

Qizil sebarga

117,3

Javdar

57,5

Qand lavlagi

120,3

O’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi.
Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash

13


va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.
O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi esa transpirasiya, quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdori transpirasiya koeffisiyenti deyiladi. (2-jadval)

    1. jadval

O’simliklar turiga qarab transpirasiya koeffisiyenti (prof. A.A.Cherkasov malumotlari)

Ekinlar

Transpirasiya
koeffisiyenti

Ekinlar

Transpirasiya
koeffisiyenti

Bug’doy

271-639

Kungaboqar

490-577

Javdar

431-634

Kartoshka

285-575

Arpa

404-664

Karam

250-600

Suli

423-876

Tarvuz

577-600

Tariq

177-367

Qovun

597-621

Makkajo’xori

239-495

Qovoq

685-831

Jo’xori

239-393

Bodring

713

Sholi

395-811

Pomidor

500-650

Ko’k nuxat

563-747

Sebarga

300-731

G’o’za

368-650

Beda

568-1068

G’o’za o’suv davrida juda ko’p suv sarflaydi. Chunonchi, chinbarg chiqargan davrida bir gektar yerdagi g’o’za sutkasiga 10-12 m3 , shonalash davrida 30-50 m3 , gullash va meva tugish davrida eng ko’p 80-120 m3 , ko’saklar ochilishi davrida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. Bir gektar paxta maydonidan o’suv davrida 5000-8000 m3 suv sarflanadi.
O’simliklar suvga bo’lgan munosabatiga qarab kserofit, mezofit, gigrofit va gidrofit
guruhlarga bo’linadi.
Kserofitlarga yantoq, shuvoq, juzg’un, oq va qora saksavul kabi quruq dasht va cho’llarda o’sadigan qirg’oqchilikka chidamli o’simliklar; mezofitlarga g’o’za, beda, makkajo’xori, qovun, tarvuz kabi namsevar ekinlar; gigrofitlarga sholi, qamish, qiyeq kabi tuprog’i doim sernam bo’lib turadigan yerlarda o’sadigan o’simliklar; gidrofitlarga suv o’tlari va gulli suv o’simliklari kabi suvda o’sadigan o’simliklar kiradi.
Agar tuproqda nam uzoq vaqtgacha yetarli bo’lmasa, o’simliklar hayot faoliyati izdan chiqadi va so’liydi, natijada ularda gidroliz jarayoni kuchayib, sintezlash esa to’xtaydi.
Tuproqda namning keskin kamayishi mikroorganizmlarning faoliyatiga ham salbiy tasir etadi. Malumki, quruq tuproqda biologik jarayonlar so’nib, organik moddalarning parchalanishi tuxtaydi. Tuproq nami uning to’la nam sig’imiga nisbatan 60 % bo’lganda, mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoit vujudga keladi.



  1. Tuproqdagi suvning shakllari

Tuproq namligining asosiy manbai atmosfera yog’in-sochinlari, sug’orish va sizot suvlaridir.
Atmosfera yog’in-sochinlari, qatlamdagi suvning millimetrlab o’lchanadigan qalinligiga qarab aniqlanadi.
Atmosfera yog’in sochinlari O’rta Osiyo respublikalarida bir xil emas, bu asosan tog’ tizmalarining joylashish tizimiga bog’liq. Shamolga turlicha bardosh beruvchi tog’ yon bag’irlari ham namni turlicha qabul qiladi. Nam shamollar – bu g’arbiy va janubiy-g’arbiy tomonga qaragan yon bag’irlar, boshqa tomondagilarga qaraganda yog’in suvi bilan ko’proq taminlanadi.


14


O’rta Osiyo sharoitida yog’inning ko’pi (50% bahorda, undan kamrog’i 30-35% gacha) qishda, undan ham kami kuzda tushadi.
Yozda yog’ingarchilik deyarli bo’lmaydi. Kech kuz, qish va erta bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan rayonlarda yog’in-sochin hisobiga tuproqda nam tuplash mumkin, bunday yerlarda urug’ni tuproqning tabiiy namiga undirib olsa bo’ladi. Oktyabrdan to aprelgacha 150-200 mm atrofida yog’in tushadigan rayonlarda yerni qo’shimcha sug’orilmaslik ham mumkin.
O’rta Osiyoning sug’oriladigan mintaqalarida asosiy suv manbai daryolar hisoblanadi. O’zbekistonning Sirdaryo, Amudaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchik, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxandaryo va boshqa daryolar suvi taminlaydi. Bu daryolar suvning paydo bo’lishiga qarab (V.I.Shuls fikricha) to’rt tipga: muzlikli, qor muzlikli, qorli, qor-yomg’irli tipga bo’linadi.
Baland tog’lardan oqib tushadigan O’rta Osiyo daryolari yuqoridan oqib tushib butun vodiyni suv bilan taminlaydi. Ekinlar daryo suvlari bilan sug’orilganda tuproq unumdorligini oshiradigan juda ko’p loyqa chukindilar oqib keladi.
Sizot suvlari ham tuproqda nam zaxirasini to’ldiruvchi manbalardan hisoblanadi.
Dunyo bo’yicha sug’oriladigan maydonlarning 12 % sizot suvlari bilan sug’oriladi.
O’zbekistonda sizot suvlari bilan 400 ming gektarga yaqin yerni sug’orish imkoniyati bor (R.Alimov).
Professor L.P.Rozov tabiatdagi har qanday tuproqda malum miqdorda suv bo’ladi deb yezgan edi. Agar nam tuproq 100-1100 gacha qizdirilsa, bir necha vaqtdan keyin suv bug’lanib ketadi, 100-1100 da quritilgan bunday tuproq shartli ravishda absolyut quruq tuproq deb ataladi, shuningdek, agar qizdirish davom ettirilsa, u yana og’irligini yo’qota boradi, yani suv ajralib chiqadi va oxirgi qism suv tuproq chug’ holatiga kelganda, yani 5000 gacha qizdirilganda ajralib chiqadi.
Bundan malumki, tuproqda suvning ikki shakli (holati) bor, «fizikaviy birikkan» suv, u 1000 da bug’lanadi va ikkinchisi «kimyoviy birikkan» suv, u 1000 da bug’lanmaydi. Bu suv, asosan, kristallizasion va gidratasion suvdan iborat.
Shunday qilib, tuproqda fizikaviy va kimyoviy holatda birikkan suv bo’ladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish