Tuproqdagi issiqlik manbalari. O’simliklar urug’larining unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishida issiqlikka bo’lgan talab to’g’ri sida ta’rif beradi va mazmunini tushuntiradi;
O’simliklarning urug’idan unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bog’liq.
19
jadval
Urug’larning unib chiqishi va maysalar paydo bo’lishi uchun zarur bo’lgan
minimal harorat.
Ekinlar
|
Urug’ning unib chiqishi
|
Maysalar paydo bo’lishi
|
Darajalar
|
Sebarga, beda Javdar, bug’doy, arpa, suli,
Nuxat, lavlagi, maxsar Kungabokar, kartoshka
Makkajo’xori, tariq, sudan o’ti, soya Loviya, oq juxori, kanakunjut, kanop G’o’za, yeryong’oq, kunjut sholi
|
0-1
1-2
3-4
5-6
8-10
10-12
12-14
|
2-3
4-5
6-7
8-9
10-11
12-13
14-15
|
Har bir o’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur harorat, yani minimal harorat bilan o’rtacha sutkalik harorat orasidagi farq, foydali (effektiv) harorat deyiladi (4-jadval).
jadval
Ekinlarning o’suv davrida issiqlikka bo’lgan talabi. (A.G.Golsberg va boshqalar malumoti)
Ekinlar.
|
Foydali harorati yig’indisi
|
Yumshoq bug’doy
|
1200-1700
|
Qattiq bug’doy
|
1400-1700
|
Arpa
|
950-1450
|
Suli
|
1000-1600
|
Tariq
|
1400-1950
|
Don uchun ekilgan makkajo’xori
|
2100-2900
|
G’o’za
|
2900-4000
|
Kartoshka
|
1200-1800
|
O’simliklar turiga qarab, harorat sharoitiga turlicha munosobatda bo’ladi. Masalan, ulardan bazilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari (bahorgi don ekinlari) nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni yengil o’tkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi.
O’simliklar issiqlikka bo’lgan talablariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.
Mo’tadil iqlim poyasida o’sadigan o’simliklar; 2.Janubiy kengliklarda o’sadigan o’simliklar.
Birinchi guruhga mansub o’simliklar: arpa, suli, bug’doy, javdar, ko’k nuxat, beda va boshqalarning urug’i o’rtacha temperatura 1-50 bo’lganda o’nib chiqadi, 10-120 da gullaydi va yetiladi. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’lib, maysasi 5-100da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Shuning uchun bu o’simliklarning urug’i erta bahorda-fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Kuzgi ekinlar sovuqqa ancha chidamli bo’ladi. Masalan -400 ga, qor bo’lmaganda esa -300 sovuqqa chidaydi.
Ikkinchi guruhga issiqsevar o’simliklar: g’o’za, makkajo’xori, okjo’xori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularning urug’i 10-120 da unib chiqadi, 15-200 da gullaydi. Shunga ko’ra, ularning urug’i kech martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi bu o’simliklar orasida g’o’za o’ta issiqsevarligi bilan ajralib turadi, maysasi 160 da yer betiga
20
chiqadi. Uning normal o’sishi va rivojlanishi uchun temperatura 25-300 dan past bo’lmasligi shart, aks holda g’o’zaning rivojlanishi susayadi. Chigitning o’nib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4000, gullashi uchun 4150, ko’saklar ochilishi uchun 6600, jami 15600 foydali temperatura zarur. Kechpishar g’o’za navlarining vegetasiya davri 150-160 kun, chigit unib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4150, gullashi uchun 7000, ko’saklar ochilishi uchun 720-8000, jami 1770-20000 foydali harorat kerak.
jadval
Asosiy ekinlar uchun kritik minimal harorat (A.G.Golsberg buyicha)
Ekinlar
|
Zararlanishining boshlanishi va
qisman nobud bo’lishi
|
Ko’pchilik o’simlikning nobud
bo’lishi
|
Maysa
lash
|
Gullash
|
pishish
|
Maysa
lash
|
gullash
|
Pishish
|
Bahori bug’doy
|
-9, -10
|
-1, -2
|
-2, -4
|
-10,-12
|
-2
|
-4
|
suli
|
-8, -9
|
-1, -2
|
-2, -4
|
-9, -10
|
-2
|
-4
|
Arpa
|
-7, -8
|
-1, -2
|
-2, -4
|
-8, -10
|
-2
|
-4
|
Ko’k nuxat
|
-8, -9
|
-3
|
-3, -4
|
-8, -10
|
-3, -4
|
-4
|
Sabzi
|
-6, -7
|
-
|
-
|
-8
|
-3
|
-
|
Makkajo’xori
|
-2, -3
|
-1, -2
|
-2, -3
|
-3
|
-2
|
-3
|
Ok jo’xori
|
-2, -3
|
-1, -2
|
-
|
-3
|
-2
|
-3
|
Kartoshka
|
-1
|
-2
|
-1, -2
|
-2, -3
|
-2, -3
|
-3
|
G’o’za
|
-0,5,-1
|
-0,5,-1
|
-1,-0,5
|
-1
|
-1
|
-1
|
Poliz ekinlari
|
0,5,-1
|
0,5,-1
|
-0,5
|
-1
|
-1
|
-1
|
Sholi
|
-0,5,-1
|
-0,5
|
-
|
-1
|
-0,5
|
-
|
Kanop
|
-0,5,-1
|
-
|
-
|
-1
|
-
|
-
|
Kungaboqar
|
-5, -6
|
-1, -2
|
-2, -3
|
-7, -8
|
-3
|
-3
|
O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Ularning mikroorganizm va organik moddalarga tasiri.
Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda malum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayyan haroratda unib chiqadi (3-jadval). Agar harorat urug’ning unib chiqishi uchun yetarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa maksimal temperatura deyiladi.
Issiqlik sharoiti tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda o’simliklar uchun yaroqli holatdagi oziq moddalar hosil bo’ladi, tugunak va erkin yashovchi bakteriyalar atmosfera azotini to’playdi va hokazo.
Tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik singdirishi, tarqatishi va nurlantirishi uning issiqlik xossalari deyiladi. Quyosh radiasiyasi tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai hisoblanadi.
Tuproq og’irlik va hajm issiqlik sig’imiga ega. Masalan, 1 g tuproqni 10S qizdirishi uchun ketgan issiqlik og’irlik, 1 sm3 tuproqni 10S qizdirish uchun sarflangan issiqlik tuproqning hajm issiqlik sig’imi deyiladi.
Tuproqning issiqlik sig’imi uning namligiga bog’liq. Tuproq qancha nam bo’lsa, uni qizdirish uchun shuncha ko’p issiqlik zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda nam ko’proq bo’lgani uchun yengil tuproqlarga nisbatan bahorda sekin qiziydi. Shuning uchun bunday yerlarda bahorgi dala ishlari bir necha kun keyin boshlanadi.
21
Tuproqning issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga issiq o’tkazish qobiliyati uning issiqlik o’tkazuvchanligi deyiladi. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi 1 sekundda 1 sm qalinlikdagi 1 sm2 dan o’tgan kaloriya issiqlik miqdori bilan aniqlanadi.
Yerning chuqur qatlamlariga issiqlikni borishi tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi uning minerologik, mexanik tarkibiga, namligiga, organik moddalar miqdoriga, donadorligi, yerning qattiq va yumshoqligiga bog’liq.
O’simliklar va mikroorganizmlar hayotida suv va oziqa rejimlariga ko’ra tuproqning issiqlik balansi muhim rol uynaydi, shuningdek, bu rejimlar bir-biri bilan o’zaro bog’liqdir. Issiqlik balansini tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqlik tashkil etadi va u 1 sm2 kaloriya bilan ifodalanadi.
Tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqlikning aniq hisoblash ancha murakkab ish, uni taxminan quydagi formulaga muvofiq ifodalash mumkin.
R = LE + P + Q
bu yerda: R- tuproqning issiqlik balansi; LE -bug’lanishga sarflangan issiqlik; P- havoning pastki qatlami bilan tuproqning ustki qatlami orasidagi issiqlik almashinishi; Q- tuproqning issiqlik almashinishi.
Malumki, tuproqqa kuyesh energiyasidan tashkari (asosiy issiqlik manba) biologik, ekzotermik va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida ham issiqlik kelib turadi.
Organik moddalarning mikroorganizmlar tasirida parchalanishi natijasida ham tuproqda issiqlik hosil bo’ladi. Bu biologik jarayondan issiq xonalarda ko’chat yetishtirishda (go’ng, g’o’za puchoq va har xil organik moddalar solib) keng ko’lamda foydalaniladi.
Tuproqda sodir bo’ladigan har xil kimyoviy reaksiyalar vaqtida, radiaktiv moddalarning parchalanishidan ham malum miqdorda issiqlik hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |