87
di,
xajmi
homiladorlik
muddati-
ga mos
kelmaydi.Bacha
don tashqi
bo‘g`zi yopiq
bo‘ladi.
bo‘g`iz ochiq
bo‘ladi.
13.
Intoksikastiya
belgilari
bo‘lmaydi
14.Yalliglanish
ga qarshi davo
naf bermaydi .
bo‘ladi.
14.
Yallig`lanish
ga qarshi
davo naf
beradi.
TUXUMDON APOPLEKSIYaSIDA-juda kuchli og`riqlar , shok belgisi bo‘lmaydi.Bachadondan
qon ketishi xam kuzatilmaydi.Tuxumdon apopleksiyasi ovulyastiya vaqtida yuzaga keladi.
O‘SMA OYoQChARINING BURALIB QOLIShI-asosiy belgisi og`riqdir, leqin hushdan ketish
,shok kuzatilmaydi.Anemiya belgilari bo‘lmaydi.Qin orqali tekshirilganda bachadondan aloxida ravishda
o‘sma aniqlanadi.
O‘TKIR PELVIOPERITONIT-bo`nga qarama- qarshi ravishda bachadondan tashqari nay
homiladorligida anemiya, subnormal tana xarorati, qorin oldingi devorining nafasda ishtirok etishi , yaqqol
bo‘lmagan Shetqin-Blyumberg belgisi kuzatiladi.
OShQOZON YaRASI PEROFORASIYaSI-epigastral sohada o‘tkir og`riq,anamnezida gastrit, yara
kasalligi borligi muxim rol o‘ynaydi.
Asosiy o‘rinda shok belgilari turadi. Bachadondan tashqari homiladorlikda esa kamqonlik belgilari
turadi.
IChAK TUTILIShI- bachadondan tashqari homiladorlikning o‘xshash belgilari: og`riq bo‘lishi,
meteorizm va qorin devorining rezistentligi,el chiqmasligidir. Ichak tutilishida o‘tkir kamqonlik belgilari
bo‘lmaydi,ich kelmasligi, el chiqmasligi, qusish asosiy o‘rin egallaydi. Ichak tutilishida Valdeyer
,Spasokukostkiy belgilari (Q3) bo‘ladi. Rentgenologik tekshirganda Kloyber kosachalari topilishi ichak
tutilishi uchun xosdir.
Davolash.
Asosan operativ davolanadi. Ingalyastion narkoz beriladi va relaksantlar qilinadi yoki spinal
anesteziya qo‘llaniladi.
Operastiya quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Qorin bo‘shlig`ini ochish (laparotomiya) Pastki o‘rta laparotomiya (qovdan qindikkacha
uzunasiga) yoki qov ustidan ko‘ndalang kesim qilinadi.
2. Homiladorlik tufayli zararlangan nay operastion jarohat yuzasiga chiqariladi.
3. Zararlangan nay olib tashlanadi (salpingoektomiya) agar tuxumdon xam zararlangan bo‘lsa,
salpingoovariektomiya qilinadi. Qorin bo‘shlig`iga yig`ilgan qon olib tashlanadi.
4. Peritonizastiya qilinadi (yumaloq boylam bilan ) va operastion jarohat qavatma-qavat tiqiladi.
Bu davolash usuli ko‘pincha naydagi uzilgan homiladorlikda qilinadi.
Bachadon nayidagi o‘sib boruvchi (uzilmagan) homiladorlikda quyidagi amaliyotlar qilinishi
mumqin:
Salpingostomiya – bachadon nayi uzunasiga kesilib, homila tuxumi olib tashlanadi. Leqin homila
tuxumi olib tashlangandan keyin salpingostoma yopilmaydi.
--Bachadon naylarining segmentar rezekstiyasi.
Bunda nayning homila tuxumi joylashgan qismi kesib olib tashlanadi va ikkala kesilgan qismi
ulanadi (anastomoz). Nay ichida kateter qoldiriladi. Nay o‘tkazuvchanligi tekshiriladi. Bu usul ko‘pincha
ikki marta ektopik homiladorlik o‘tkazilayotgan ayollarda qilinadi. Bunday ayol homiladorlikni normal
o‘tkazish imqoniyatiga ega bo‘ladi, bola tug`ish funkstiyasi saqlanib qoladi.
-- Tuxum xujayra nayning ampulyar va fimbriya qismida joylansa, ampytastiya qilinib nay
stomaplastikasi qilinadi.
88
--Operativ laparoskopiya orqali ham qisman yoki total salpingoektomiya qilish mumqin. Bu usulning
afzalligi shundaki, bemor tezda oldingi xayotiga qaytadi, operastiya davomiyligi operastiyadan keyingi
davr va stastionarda yotish muddatlari kamayadi.
Ayni vaqtda gemorragik shokka qarshi tezkor choralar ko‘riladi. Bemorga plazma, eritrostitar
modda va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliqlar quyiladi
( stabizol,poliglyuqin,jelatinol,kristalloid eritmalar). Antibakterial desensibillovchi (dimedrol,
suprastin, tavegil, pipolfen), yallig`lanishga qarshi , umumiy quvvatlantiruvchi muolajalar o‘tkaziladi.
Sog`lomlashtirish tadbirlari
Ektopik homiladorlikni o‘tkazgan bemorlar dispanser nazoratida bo‘ladilar. Operastiyadan keyin 4-5
kunda nospestifik terapiya: umumiy quvvatlantiruvchi, gemostimullovchi, desensibilizastiyalovchi,
fizioterapevtik muolajalar boshlanadi. 5-6 oy mobaynida 3 ta kurs sog`lomlashtirish muolajalari
o‘tkaziladi: operastiyadan keyin 5 kun dikloran 2,0 m/o, elektroforez (kaliy yod bilan) qorin- dumg`aza
sohasiga quyiladi Jinsiy a‘zolardan qon kelish to‘xtagandan keyin (6-kunidan 14-kunigacha) davolash
gidrotubastiyasi (ifizol1g, 25 mg gidrokortizon, 0,5 % novokain ) o‘tkaziladi Dori asta- seqin yuboriladi .
Gidrotubastiya fizioterapiya bilan birga qo‘shib olib boriladi:birinchi davolash kursida kaliy yod bilan
elektroforez , ikqinchi kursida dikloran plyus gel, lidaza bilan ultratovush , uchinchi kursida dikloran plyus
gel yoki lidaza bilan elektroforez o‘tkaziladi.
Keyin ayolga 6 oy mobaynida kontrastepstiya maqsadida sintetik progestinlar buyuriladi
sanatoriy kurortlarda davolanish tavsiyaqilinadi
Oldini olish
Ektopik homiladorlikning oldini olish homilaning ona qornida rivojlanishidan tortib uni bolalik va
jinsiy etilish davrlarida normal rivojlanishiga ahamiyat berishdan boshlanadi. Bu davrda infantilizmni o‘z
vaqtida aniqlab, uni davolash imqonini beradi. Abortlarga qarshi kurashish (kasalxonadan tashqarida
qilinadigan abortlar ) yallig`lanish jarayonlarini va boshqa bachadondan tashqari homiladorlikka olib
keluvchi kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab, davolash ektopik homiladorlikning oldini olishning eng asosiy
sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: