6. Darsning mazmuni.
6.1 Nazariy qism
Qon, qon yaratuvchi a’zolar, hamda ularni gumoral, gormanal va nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi, qonning yagona tuzilishini tashkil qiladi. Bu a’zolarga suyak ko‘migi, taloq va limfa tugunlari kiradi. Bu a’zolarda qonning hujayra elementlari hosil bo‘ladi va shakllanadi. Suyak ko‘migidan eritrogranula va trombositopoez amalga oshadi. Taloq va limfa tugunlari limfositlarni ishlab chiqaradi. Monositopoez taloq va qisman suyak ko‘migida sodir bo‘ladi.Qon yaratish a’zolariga emirish vazifasi ham xosdir.
Bemorni so‘rab-surishtirish
Bemorning shikoyati odatda umumiy hususiyatga ega. Chunonchi, holsizlik, tez charchab qolish, bosh aylanishi, jismoniy ishda harsillash, yurak o‘ynog‘i, ish qobiliyatini yo‘qotish. Qon sistemasining ko‘p kasalliklari isitma bilan kechadi. Subfebril isitma animiyada, o‘rtacha va yuqori isitma leykozlarda kuzatiladi. Bu vaqtda leykositlar ko‘p parchalanib purin moddasi hosil bo‘lib u pirogen ta’sir qiladi. Ko‘pincha bemorlar teri qichishiga shikoyat qiladi. Eritremiyada, surunkali limfoleykozda va qiynab yuboradigan teri qichishishi limfogranulematozda bo‘ladi. Qon sistemasining ko‘p kasalliklarida ishtaha pasayishi va ozib ketish kuzatiladi. Bundan tashqari til uchi va yonlarini achishishi (B12 tanqisligi anemiyasida),
ta’mni o‘zgarishi (bemorlar bo‘r, loy, ko‘mir kabi narsalarni yeydilar) hid sezishni buzilishi (efir, benzin hidlarini yaxshi ko‘radilar) ham kuzatiladi. Teri va shilliq qavatlarda gemorragik toshmalar burindan, milkdan, me’da-ichak yo‘llaridan, o‘pkadan, buyrakdan, bachadondan qon oqishlar bo‘lishi mumkin (gemorragik diatezlarda, mioloplastik sindromda, leykozlarda) ilikni gieperplaziyasida suyaklarda og‘riq bo‘ladi. Qonning ko‘pgina kasalliklarida chap qovurg‘a ostida og‘riq bo‘ladi, u taloqni shikastlanishi bilan bog‘liq. Taloq kattalashganda og‘riq bo‘ladi. Taloq yorilganda, infarktida qattiq og‘riq yuzaga keladi. Jigar kattalashganda (surunkali leykozlar) o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq va og‘irlik paydo bo‘ladi. Kasallik anamnezida kasallikning o‘tkir yoki surunkali ekanligini aniqlash kerak. Kasallik dinamikasini diqqat bilan o‘rganish kerak; qachon birinchi marta aytilgan simptomlar paydo bo‘lganligi, ilgari qon tekshirilganmi, uning natijasi, ilgari davolanganmi va qanday effekt bergan.
Bemorning hayot anamnezida, uning ish sharoitiga diqqatni qaratish lozim. U yerda bemor surunkali zaharlangan bo‘lish mumkin (simob, margimush, qorg‘oshin,fosfor, benzol, rentgen nuri va hokazo) Ovqatlanish hususiyatiga ham e’tibor beriladi. Chunki doim bir hilda ovqat yeyish va to‘yib ovqatlanmaslik, ovqatda oqsil va vitaminlar yetishmasligi kamqonlik kelib chiqishiga imkon yaratadi.Qator qon kasalliklari nasldan o‘tishi mumkin: gemofiliya, Osler kasalligi, gemoglobinopatiya, gemolitik kamqonlik kabi kasalliklar yaqin yoki uzoq qarindoshlari orasida bor-yo‘qligiga ahamiyat berish kerak.
Umumiy ko‘zdan kechirish
Bunda avvalo bemorning umumiy ahvoliga ahamiyat beriladi. Ko‘pgina qon kasalliklarining terminal bosqichida bemor juda og‘ir, ba’zan hushsiz holatda bo‘lishi mumkin. Teri va shilliq qavatlar tabiiy yorug‘likda ko‘riladi.Masalan yuvinil hlorozda teri “alebastr oqarish”ga o‘xshaydi, ayrim hollarda yashil tusli oqarish bo‘ladi. B12 tanqisligi anemiyasida teri mumsimon sarg‘ishroq oqargan. Gemolitik anemiyada teri va shilliq qavatlar sap-sariq bo‘ladi. Surunkali leykozda teri kulrang-yer rangida bo‘ladi.
Eritremiyada teri olchasimon qizil, u ayniqsa yuzda, boynida va qo’l panjalarida rivojlangan gemorragik diatezlarda teriga har xil shakl va kattalikdagi qon quyulishlar kuzatiladi ( peteziya, purpura ). Otkir leykozlarda kop uchraydigan simptomlardan nekroz yarali angina va stomatit hisoblanadi.
Paypaslash.
Suyakni paypaslashda ogrik bolishi mumkin. Diagnoz uchun qimmatli ma’lumotni limfa tugunlari va taloqni paypaslash beradi. Limfa tugunlarini ancha kattalashishi limfaleykoz, limfagranulematoz va limfasarkomalarda kuzatiladi. Bu kasalliklar uchun limfa tugunlarining sistemali va kop shikastlanishi harakterli. Leykozlarda va havfli limfomalarda limfa tugunlari ogriksiz, teri bilan yopishmagan, yiringlamaydi va oqma hosil bo’lmaydi. Ular hamirsimon konsistensiyada.
Limfogranulematozda, ayniqsa limfasarkomalarda limfa tugunlari qattiq, bir-biri bilan yopishgan katta konglomeratlar (15-20 sm ) hosil qiladi.
Taloqni paypaslash bemor orqasi yoki ong yoni bilan yotganda bimanual bajariladi, vrachning chap qo’li qo’ltiq osti chiziqlari boyicha 7 va 10 qovirga orasida boladi, ong qo’l esa qovirga chetida, 10 qovirganing oxirgi tutashgan joida boladi. Paypaslashda taloqning olchamiga, ogriqligiga, shakliga, harakatchanligiga, egatlariga e’tibor berish kerak. Kop kasalliklarda taloq kattalashadi. Surunkali mieloleykozlarda taloq juda kattalashib qorinning chap yarmini egallab oladi, orta chiziqcha borib, uning pastki qutbi kichik chanoqqacha tushadi.
Tukkilatish.
Tukkilatish M.G. Kurlov boycha bajariladi. Bu bemor turgan yoki yotgan holatda bajarilishi mumkin.
Tukillatish sekin qo‘ltiq osti o‘rta chizig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Odatda bu chiziqda taloq ko‘ndalang joylashadi va eni 4-6 sm bo‘ladi. (9-11 qovurg‘alar orasida) Taloqning uzunligi 10 qovurg‘a bo‘yicha aniqlanadi.
Eshitish
Eshitish deyarli qo‘llanilmaydi. Perisplenit bo‘lganda taloq sohasida qorinparda ishqalanish shovqini eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |