Davolash” Fakulteti 104-‘A’ Guruh Talabasi Muhiddinov Husanjon Tomonidan Tayyorlangan



Download 25,83 Kb.
bet11/12
Sana08.07.2021
Hajmi25,83 Kb.
#113184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Zararli odatlar(2)

Alkagolizm

Alkogolizm (lot. alcoholismus), shuningdek ichkilikbozlik, surunkali alkogolizm, surunkali alkogolli intoksikatsiya, etilizm, alkogolli toksikomaniya va boshqalar — surunkali psixik progredient kasallik, toksikomaniyaning bir turi, alkogolga (etil spirtga) ruju qo’yish va unga aqliy va jismoniy jihatdan qaram bo’lish bilan tavsiflanadi. Alkogolizm qabul qilinadigan alkogol miqdorini nazorat qila olishni yo’qotish, alkogolga nisbatan tolerantlikning oshishi (shirakayflikni ta’minlash uchun zarur bo’lgan spirtli ichimlik dozasining ko’payishi), abstinent sindrom, a’zolarning toksik shikastlanishi va mastlik paytida sodir bo’lgan ayrim voqealarni eslay olmaslik bilan xarakterlanadi. Alkogolik — alkogolizmga chalingan bemor.

XIX asrga kelib aholi farovonligining oshishi bilan alkogolizm ham oshadi deb hisoblangan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti dunyoda alkogolizm bilan kasallanish muntazam ko’payib borishini aytmoqda: 2000- yilda dunyoda 140 millionga yaqin odam alkogolizmga chalingan bo’lsa, 2010-yilda bu ko’rsatkich 208 millionga yaqin kishiga yetdi: bunday tendentsiya bilan, 2050-yilga kelib dunyodagi alkogolizmga chalinganlar soni bu raqamlardan ham oshib ketishi mumkin, bu 9,5 milliard aholidan 500 million kishi, ya’ni har 19 kishidan bittasi deganidir. XX asr mobaynida alkogolizmga chalingan bemorlar sonining ko’payishida barqaror tendentsiya kuzatilgan edi. Misol uchun, iqtisodiy rivojlangan 15 ta mamlakatda o’rtacha yillik alkogolizm tarqalganligi ko’rsatkichi 1900-1929 yillarda 1000 aholi uchun 0,3, 1956-1975 yillarda 12,3 kishini tashkil etgan. 1930-yildan 1965-yilgacha alkogolizmga chalingan bemorlar soni 50 barobarga oshdi.

1980-yillardan beri alkogolizmning yirik epidemiologik tadqiqotlari o’tkazilmoqda; ular alkogolizm va ichkilikbozlikning tarqalganligi turli mamlakatlar o’rtasida juda farq qilishini ko’rsatmoqda. Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlarda alkogolizm epidemiologiyasining dastlabki tadqiqotlari ushbu kasallik eng ko’p Frantsiyada tarqalganini, keyingi o’rinlarda Amerika Qo’shma Shtatlari, Shveytsariya va Shvetsiya turganligini ko’rsatdi. Biroq, vaqt o’tishi bilan bu ko’rsatkichlari o’zgardi. Shunday qilib, AQShda spirtli ichimliklar iste’moli kamaydi, sobiq SSSR va Yaponiya mamlakatlarida esa ko’paydi.

XXI asrning boshlarida dunyoda yiliga 200 milliard litrdan ortiq spirtli ichimliklar ishlab chiqarilgan. Barcha rivojlangan mamlakatlarda 15 yoshdan katta bo’lgan shaxslarning ko’pchiligi spirtli ichimliklar iste’mol qiladi, bunda erkaklarning oltidan bir qismi va ayollarning o’n uchdan bir qismi har kuni. Rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga alkogol iste’mol qilish yiliga 7-14 litrni tashkil etadi; rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko’rsatkich pastdir, lekin unining ko’payishi tendentsiyasi mavjud.

Alkogolli ichimliklarning ta’sir qiluvchi komponenti — etanol — oshqozon-ichak trakti orqali tezda so’riladi, inson miyasiga kirib, asab hujayralari bilan aloqa qiladi. Qonda etanolning konsentratsiyasi spirtli ichimliklar ichilgach 45-90 daqiqa o’tib maksimal darajaga yetadi. Etanol organizmdan o’pka, buyraklar, sut va ter bezlari, najas bilan o’zgarmagan holda va asosan jigarda sodir bo’ladigan biotransformatsiya orqali chiqib ketadi. Birinchi sutka davomida organizmdan spirtni chiqarib tashlash va parchalash davom etadi:


  1. Sitozolda oksidlanishi: C2H5O + 2HAD → C2H4O + 2HAD°H — 70-80% etanolni metabolizatsiya qiluvchi va sog’lom odamlarda asosiy chiqib ketish yo’li.

  2. Jigarning mikrosomal etanoloksidlovchi tizimi yordamida oksidlanish.

  3. Nihoyat, to’qimalarning katalaza, oksidaza va peroksidazalari yordamida oksidlanish. Sog’lom odamlarda u etanol metabolizmning 15 foizini tashkil etadi, alkogolizm bilan kasallangan bemorlarda uning miqdori oshadi.

Asetaldegidning yakuniy yo’li: aldegiddegidrogenaza yordamida asetatga aylanishi, so’ng asetil-KoA ishtirokida uning ko’mir kislotasi va suvgacha oksidlanishi: C2H4O → asetat → CO2 + H2O + energiya. Sog’lom odamda oksidlanish darajasi muttasil va soatiga har bir inson vazni kilogrammi uchun taxminan 0.1 g sof etanolni tashkil etadi. Qabul qilingan alkogolning 10 foizigacha miqdori buyraklar va nafas orqali o’zgarmagan holda chiqib ketadi. Organizm o’zini haddan ortiq miqdordagi spirtli ichimliklar tushishidan himoya qilishining tabiiy usuli qayt qilish refleksi hisoblanib, alkogolizm rivojlanishi bilan u refleks zaiflashadi.

Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi jurnali (Journal of the American Medical Association) alkogolizmga: «spirtli ichimlik ichishni nazorat qilishning buzilishi, alkogolga ruju qo’yish, salbiy oqibatlariga qaramasdan spirtli ichimliklarni ichishni davom ettirish va fikrlashning buzilishi bilan tavsiflanadigan birlamchi surunkali kasallik» deb ta’rif bergan.



DSM-IV (psixiatriya va fiziologiyada diagnostika standarti) ichkilikbozlikni spirtli ichimliklarni takrorlanuvchi salbiy oqibatlarga qaramasdan takroriy ravishda ichish deya ta’riflaydi.


Download 25,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish