FPKning 407-moddasiga ko‘ra kassatsiya shikoyatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Kassatsiya shikoyati namunasi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Toshkent shahar sudiga
Arizachi: (F.I.Sh.)
Manzil: Toshkent shahar ,Yunusobod
Tumani, 10- mavze, 2-uy
K A S S AT S I YA SH I K O YA T I
(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2018-yil 4-yanvar kunidagi hal qiluv qaroriga nisbatan)
Men sudga ariza bilan murojaat qilib, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan qarindoshlik faktini belgilashni so‘raganman.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2018-yil 4-yanvar kunidagi hal qiluv qaroriga asosan arizam qanoatlantirilmadi.
1983-yil 21-sentabr kuni vafot etgan marhuma (F.I.Sh.) 1931-yil tug‘ilgan (F.I.Sh.)ning opasi ekanligi haqidagi qarindoshlik fakti belgilangan.
Aniqlangan holatlarga ko‘ra, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 4-Magnitagorsk ko‘chasi, 23-uy 1947-yil 7-iyuldagi 1411-sonli qurilish shartnomasiga asosan fuqaro (F.I.Sh.)ga qurilish uchun ajratilgan.
Turar joy mulkdori (F.I.Sh.) 1983-yilda vafot etgan. (F.I.Sh.) ning turmush o‘rtog‘i (F.I.Sh.) ning o‘lim guvohnomasini topish imkoni bo‘lmadi.
1956-yil 13-iyun kunida 74-son bilan qayd qilingan dalolatnoma yozuviga asosan (F.I.Sh.) va men (F.I.Sh.) qonuniy nikohdan o‘tib oila qurganmiz.
Turar joy mulkdori (F.I.Sh.)ning farzandlari bo‘lmagan, umrining oxiriga qadar mening oilam qaramog‘ida bo‘lganligi haqida mahalla qo‘mitasidan dalillar taqdim qilingan.
Birinchi instansiya sudi mening meros mulkini rasmiylashtirish imkoni bo‘lmaganligi, chunki turmush o‘rtog‘im (F.I.Sh.) va mulkdor (F.I.Sh.)larning tug‘ilganlik guvohnomalarini topilmaganligini inobatga olmadi.
Birinchi instansiya sudi “Meros olish maqsadida qarindoshlik munosabatlarini belgilashda sudlar vorislik huquqi qonun-qoidalari bilan o‘rnatiladigan qarindoshlik doirasidan kelib chiqishlari kerak. Qonun bo‘yicha yoki vasiyat bo‘yicha voris bo‘lmagan shaxslarning qarindoshlik munosabatlari yuridik ahamiyatga ega emas va ularning qarindoshlik munosabatlari fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin emas” deb arizamni rad etdi.
Yuqoridagilarga asosan, sizlardan
|
Do'stlaringiz bilan baham: |