3. Fuqarolik ishlarini sudda muhokama qilish jarayonida yuritiladigan protsеssual hujjatlar (ishni keyinga qoldirish, ish yuritishni to‘xtatish, ishni tugatish haqidagi sud ajrimmlari, sud hal qiluv qarori, sud majlisi bayonnomasi va boshq.)
4. Sud qarorlarini qayta tеkshirish bosqichida yuritiladigan protsеssual hujjatlar (apеllatsiya shikoyati (protesti), kassatsiya shikoyati (protesti), nazorat tartibida shikoyat, nazorat protesti, apеllatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarining hujjatlari va boshq.)
5. Sud qarorlarining ijrosi bosqichida yuritiladigan protsеssual hujjatlar
(ijro varaqasi, ijro ishini tugatish, to‘xtatish to‘g‘risidagi sud ajrimlari va boshq.)
2. Da’vo arizasi (ariza)ning mazmuni, shakli va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi
Fuqarolik protsessual kodeksi (FPK)ning 39-moddasiga ko`ra oʼzining buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan shaxsga daʼvogar deyiladi. Sud tomonidan daʼvogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlari yuzasidan javob berish uchun jalb qilingan shaxs esa javobgar deb yuritiladi. Ular birgalikda fuqarolik protsessining taraflaridir.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan huquqi yoxud qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Sudga murojaat qilish va ish qoʼzgʼatish uchun daʼvoni ariza shaklida taqdim etish shart. Buning uchun esa daʼvo arizasi qay tartibda yozilishi haqida tushunchaga ega boʼlish lozim.
“Daʼvo” asli arabcha soʼz boʼlib, shaxsning oʼz haq-huquqlarini himoya etish haqida sud orqali yoki boshqa yoʼllar bilan qoʼyilgan talabidir. Shaxsning oʼz huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasi daʼvo arizasi hisoblanadi.
Faraz qilaylik, sudga murojaat qilish haqida qatʼiy qarorga keldingiz. Ishingiz fuqarolik protsessiga oid va uni sudda vakilsiz, shaxsan oʼzingiz yuritmoqchisiz. Bunday vaziyatda qiladigan ishingiz daʼvo arizasini yozib sudga topshirishdan iborat. Buning uchun esa doimiy yashash joyingizdagi fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi devonxonasidan quyidagilarni bilib olishingiz zarur:
— sudyaning qabul kuni va soati;
— daʼvo arizalarining namunalari;
— toʼlanadigan davlat bojining miqdori, toʼlov oʼtkaziladigan hisobraqamlar, bu borada imtiyozga ega shaxslar va h.
Daʼvo arizasi sudga yozma shaklda, shu jumladan, pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida beriladi. Da’vo arizasining mazmuni FPKning 189-moddasida ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |