Da’vo arizasining shakli va uni rasmiylashtirish


Arizaga quyidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi



Download 88 Kb.
bet4/9
Sana11.03.2022
Hajmi88 Kb.
#490393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-MAVZU MATNI

Arizaga quyidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
3) davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.
Koʼpchilik daʼvo arizasida oʼz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganini bayon qilishda tegishli normativ-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirish yoki ularga havola qilishga zarurat bor-yoʼqligini soʼraydi. Аslida amaldagi tartib-qoidalar boʼyicha bunday talab yoʼq. Biroq shuni unutmaslik kerakki, daʼvo arizasi har jihatdan mukammal, asosli va savodli yozilgan boʼlsa, unda daʼvogar buzilgan huquqlar aynan qaysi qonun normalarining buzilishi bilan bogʼliqligini, shuningdek, u qaysi qonun talablari asosida sudga murojaat qilayotganini aniq koʼrsatsa, sud protsessi daʼvogarning foydasiga hal boʼlishi imkoniyati ham oshadi. Shu bois daʼvo arizasini yozayotganda malakali huquqshunos va advokatlardan maslahat olish foydadan holi boʼlmaydi.
Da’vo arizasi namunasi



Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga


Da’vogar: (F.I.Sh.), Toshkent shahar Chilonzor tumani, 3-mavze, 9-uy, 15-xonadonda istiqomat qiladi.


Javobgar: (F.I.Sh.), Toshkent shahar Chilonzor tumani, 3-mavze, 9-uy, 15-xonadonda istiqomat qiladi.
DA‘V O ARIZA
(Oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida)


Men, javobgar (F.I.Sh.) bilan 2003-yilning mart oyida qonuniy nikohdan o‘tib oila qurganman, ushbu haqda Sobir Raximov tumani FHDYO bo‘limida 1058-son bilan dalolatnoma yozuvi qayd etilgan. Birgalikdagi turmushimizdan ikki nafar farzandlarimiz bor.
Javobgar (F.I.Sh.) bilan birgalikdagi turmushimiz davomida, ya’ni 2009-yil 13-mayda javobgar (F.I.Sh.) nizoli Toshkent shahar Chilonzor tumani 3-mavzesi 9-uyning 15-xonadonini sotib oldi. Turmush o‘rtog‘im, ya’ni javobgar (F.I.Sh.) O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanib, sud unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Javobgar (F.I.Sh.) jazoni o‘tayotgan vaqtda, mening roziligim olinmay 2012-yilning 19-aprel kuni berilgan ishonchnomaga asosan harakat qilgan fuqaro (F.I.Sh.) nizoli xonadonni (F.I.Sh.)ga sotgan bo‘lib, ushbu oldi-sotdi shartnomasi Toshkent shahar Chilonzor tumani 8-sonli DNIsi tomonidan 6-2344-reyestr raqami bilan qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23-moddasida “Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 24-moddasida “Er (xotin) o‘zining nomiga rasmiylashtirgan umumiy ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Ko‘rsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.”
Yuqorida keltirganimdek, nizoli xonadon oldi-sotdi shartnomasi imzolanayotganda mening roziligim olinmagan, men ushbu oldi sotdi shartnomasi haqida faqatgina 2013-yilning 1-fevral kuni xabar topdim.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113-114-moddalariga binoan bitim ushbu kodeksda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra sud haqiqiy emas deb topganligi sababli nizoli bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi, haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Yuqoridagilarga asosan suddan



Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish