DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 9 -
1448-yili bu hududning oliy qo’mondoni bo’lgan Stefan Bikchichga imperator Fredrik
IV tomonidan berilgan.
Botsvana - mamlakatda ko’pchilikni tashkil etuvchi Tswana etnik guruhi
sharafiga nomlangan ("bo" - obyektlar sinfini anglatuvchi prefiks). Oldingi nomi
Bechuanalend. (Bechuana - 'Tsvana' ning eski shakli). 1966-yilda Bechuanaland
Millatlar Hamdo'stligi doirasida mustaqillik e'lon qildi va o'z nomini "Botsvana" ga
o'zgartirdi.
Bolgariya - mamlakat nomi IV asrdan boshlab Shimoliy Qora dengizi dashtlari
va Volga daryosining quyi oqimidan Kaspiy va Shimoliy Kavkazgacha bo’lgan
hududlarda yashagan va VII asrning 2-yarmida Bolqon yarim orolining shimoliy
hududlari, Dunay daryosining quyi oqimiga ko'chib kelib, o'z davlatiga asos solgan
turkiy "bulg'or" qabilalari nomidan kelib chiqqan. Ba'zi tarixchilar bulg'orlarning
turkiy qabilalar sifatida belgilanishini shubha ostiga olib, ularning Shimoliy Erondan
kelib chiqqanliklarini taxmin qiladilar. "Bulgarlar" etnonimi eski turkiycha bulģha
so'zidan "aralashtirmoq" (o’zbekcha "bulg'amoq" fe'liga o’xshash) olingan bo’lishi
mumkin, deb taxmin qilinadi. Mamlakat nomining paydo bo'lishining muqobil
gipotezasi Volga daryosi nomi asta-sekin talaffuzda o’zgarishidan hosil bo’lgan degan
farazlar ham mavjud: Volga - Volgari - Volgariya - Bolgariya ko’rinishida.
Burkina-Faso - "halol odamlar yurti". Avvallari mamlakat Burkina-Fasodan
boshlanuvchi ikkita asosiy daryo - Oq va Qora Volt - sharafiga Yuqori Volta deb
nomlangan.
Burundi - Rundi tilida gapiruvchilar yurti.
D
Daniya - hind-yevropa tillariga mansub "dhen" so’zi "past" yoki "yassi" degan,
nemischa "mark" - chegara hududi yoki chegara o’rmonlari ya'ni mamlakat nomini
yassi chegara o’rmonlari deya tarjima qilish mumkin (mamlakatning inglizcha nomi
Denmark). Bu nom Gotlar tomonidan o'z yerlarini Skaniyadan (Shvetsiyaning
janubidagi tarixiy mintaqa) ajratib turuvchi o’rmonlarni nomlashda ishlatilgan.
Toponim Yutlandiya yarim orolida antik davrlarda yashagan germanlarning "den"
qabilasining nomidan kelib chiqqan degan taxminlar ham mavjud.
Dominikan respublikasi - lotincha "Dies Dominica" (yakshanba) so’zidan olingan.
X.Kolumbning orolga birinchi marta tushgan kuni sharafiga.
E
Ekvador - ispan tilidagi "ekvator" so’zining aynan o’zi.
Ekvatorial Gvineya - Pospelovning ma'lumotiga kora, "Gvineya" barbar tilidagi
"aguinaoui" so'zining buzilgan shakli bo’lib, "soqovlar" degan ma'noni anglatadi
(barbarlar o’zlaridan quyi hududda yashovchi va o’zlarining tilini tushunmaydigan bu
Do'stlaringiz bilan baham: |