DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 8 -
Beliz - 1638-yilda birinchi bo’lib Belizga borgan qaroqchi Piter Uellis ismining
ispancha buzilgan talaffuzi. Beliz daryosiga nisbat berib aytilgan mayya tilidagi
"be'lix" (loyqa suv) so’zidan olingan bo’lishi ham mumkin. Avvallari Britaniya
Gondurasi deb nomlangan.
Benin - zamonaviy Benin hududi joylashgan qadimgi shu nomdagi Afrikadagi
imperiya sharafiga nomlangan. Oldinroq bu mamalakat Dagomeya deb atalgan.
Braziliya – yog’ochi qizib turgan cho’g’ rangini eslatuvchi shu nomdagi daraxt
nomidan olingan. Boshqa bir gipotezaga ko'ra, Braziliya nomi "sesalpiniya
(braziliyaning sharqida o’suvchi daraxt turi) o'lkasi" degan ma'noni anglatuvchi
portugalcha 'Terra do Brasil' iborasining qisqartmasi.
Bruney - Bu davlatga 1363-yilda islomni qabul qilgan va Muhammad Shoh nomi
bilan Bruneyning birinchi sultoni bo'lgan Avang Alak Betatar asos solgan. Afsonaga
ko'ra, Avang Alak Betatar sayohat paytida ilgari noma'lum daryoning mansabi
(daryoning boshqa bir suv havzasi, dengiz, okean, ko’l yoki boshqa bir daryoga
quyilish joyi) ni topadi va "Baru nah!" ("bu yerda!") deb qichqiradi. Bu iboradan
dastlab daryo, keyinchalik esa sultonlik nomi kelib chiqqan. Keyinchalik nom
"Barunay" ga aylantiriladi, ehtimol, bu so’z sanskrit tilidagi "varun" so'zidan kelib
chiqqan bo'lib, bu "okean" yoki mifologik jihatdan yondashilganda "okeanning
xo'jayini" degan ma'noni anglatadi. Mamlakatning to'liq nomi - "Negara Bruney
Darus salam" (arabcha ملاسلا راد). "Darus salam" "tinchlik yurti" degan ma'noni
anglatadi, "Negara" esa malay tilida "mamlakat" degan ma'noni anglatadi.
Butan - Bhotia yeri. Tibet aholisi bo’lgan Bhotialar X asrda Tibetdan hozirgi
Butan hududiga ko’chadi. Nomning umumiy asosi tibetcha so’zlar "Bod" (Tibetning
qadimgi nomi) va "anta" (chekka, oxir) hisoblanib, "Chekka Tibet" ma'nosini
anglatadi. Endonimi - Druk-Yul (ajdari yurti).
Buyuk Britaniya - lotincha "brittlar yeri". Britt xalqi Britaniya oroli tub
aholisining bir qismi bo’lgan. V asrda angl-sakslar hujumi natijasida brittlarning bir
qismi materikka ko’chib o’tadilar va Kichik Britaniya (Britannia Minor, hozirgi Bretan)
ga asos soladilar. VI asrdan bu nomga antonim ravishda orol 'Katta Britaniya'
(Britannia Major, Greater Britain) nomi bilan atala boshlaydi. Rasmiy Buyuk Britaniya
nomi 1474-yilgi Angliya qiroli Eduard IV ning qizi va Shotlandiya qiroli Jeyms III ning
o'g'li Jeyms IV o’rtasidagi nikoh tuzilganda ishlatilgan.
Boliviya - Ispaniya zulmiga qarshi kurashgan Lotin Amerikasi xalqlari qahramoni,
harbiy arbob Simon Bolivar sharafiga nomlangan. U mamlakatning 1-prezidenti
bo’lgan (1825-yilgi mustaqillikdan so’ng).
Bosniya va Gersegovina - avvallari mamalakat 2 ta alohida hududlardan iborat
bo’lgan: katta shimoliy qismi Bosna daryosi sharafiga nomlangan, kichik janubiy qismi
o'z nomini nemischa dvoryanlar unvoni bo’lmish "gersog" so’zidan olgan. Bu unvon
Do'stlaringiz bilan baham: |