DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 7 -
B
Bagama orollari - ispancha BagaMar (tarj. sayoz dengiz). Ispan konkistadorlari
shu tarzda orollarni ularni o’rab turgan suvlarning xarakteristikasi orqali ham
nomlashgan.
Bahrayn - arabcha "bahr" - 'dengiz' so’zining ikkilik shakli, ya'ni - "ikki dengiz"
(نيرحب). Aslida arab tilida 'ikki dengiz' ma'nosini "bahraan" so’zi beradi. Bahrayn so’zi
uning qaratqich kelishigidagi shaklidir. Ammo mamlakatning to’liq nomi Bahrayn
qirolligi ya'ni mamlakatul barhayn (نيرحبلا ةكلمم) hisoblanadi va bu birikmada
"bahraan" so’zi qaratqich kelishigi shaklida bo’ladi. Ko’pincha "qirollik (ةكلمم) so’zi
iste'molda tushirib qoldirilganligi sababli Bahrayn degan nom saqlanib qolgan
(bahraan degan nom umuman ishlatilmaydi). Ikki dengiz deyilganda aynan qaysi
dengizlar nazarda tutilishi haqida hanuz bahs ketadi. Bahrayn Arabiston yarim oroli
va Qatar yarim oroli bilan o’ralgan ko'rfazda joylashgan va ba'zi insonlar ikki dengiz
deganda shu ko'rfazning orolning ikki tomonidagi suvlari nazarda tutilgan deb
hisoblashadi. Boshqalari esa bunda gap Bahraynning Fors ko’rfazidagi joylashuvini
nazarda tutadilar. Bu holatda "ikki dengiz" uni shimolda Eron va janubda Arabiston
yerlaridan ajratib turadi.
Bangladesh - bengalchada "Bangla" so’zi bengal tilida so’zlashuvchi odamlar,
"desh" so’zi “mamlakat” ma'nolarini anglatadi (Hindistonning ba'zi shtatlarining
nomida ham desh so’zini uchratish mumkin. Masalan: Uttarpradesh – shimoliy
mamlakat). Ya'ni Bangladesh bu bengal tilida so’zlashuvchilar mamlakati. Darhaqiqat,
mamlakat aholisining 98% ini bengallar tashkil etadi. Mamlakat 1947-yilgacha
Hindiston (1971-yilgacha Pokiston) tarkibida bo’lgan
Barbados - portugal tadqiqotchisi Perdo Akampos tomonidan "Los Barbados"
(sersoqol) deb nomlangan. Bu nom oroldagi fikus daraxtlarining ko’rinishiga nisbatan
qo’yilgan.
Belarus - Oq Rus. Avvallari Belarusiya - oq Rossiya bo’lgan. Bu nom SSSR
parchlangandan so’ng Belorus va Rossiya alohida davlatlar ekanligiga urg’u berish
maqsadida o’zgartirilgan. Davlarning "Belorus" yoki "Belorusiya" deb atalishi
borasida dunyo hamjamiyatida haligacha bahsli holatlar mavjud.
Belgiya - Belgiya tarixan Quyi yerlar deb nomlanuvchi mintaqaning bir qismi
bo'lgan va bu mintaqa hozirgi Benilyuks (Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgni o'z
ichiga oluvchi hukumatlararo siyosiy, iqtisodiy va savdo tashkiloti) dan biroz kattaroq
bo'lgan va Shimoliy Fransiya va G'arbiy Germaniyaning bir qismini ham o'z ichiga
olgan. Mamlakat nomi mil. avv. 16-yilda keltlarning 'belgi' qabilasi nomi berilgan Rim
imperiyasining Belgika (lot. Gallia Belgica) viloyati nomidan paydo bo’lgan.
Mamlakat rasmiy ravishda 1830-yildagi Belgiya inqilobidan so’ng tashkil topgan
(Niderlandiyadan ajrab chiqqan).
Do'stlaringiz bilan baham: |