Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha sotib olish va
sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya
muasassalari hisoblanadi.
Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan
solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el
valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin.
Umuman, ma’lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan mamlakatlarda shu
valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo’ladi. Evro
bo’yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki
bo’yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin.
Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta kotirovkasini beradilar,
shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z
mijozlariga keng ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi.
Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq operatsiyalarni
tijorat banklarida diling bo’limini o’zi emas, balki qo’shimcha bo’limlar amalga
oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan
mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma’lum bir
cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar
mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko’proq chiqib ketishiga
joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo’llaniladigan)
valyutalar bo’yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining
filiallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish
maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin:
1) yoyilish ko’lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari;
2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo’lmagan valyuta
bozorlari;
3) valyuta kurslari turiga ko’ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari;
4) tashkiliy darajasiga ko’ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori.
554
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini
qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta
taqsimlanishini, xalqaro to’lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar
bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.
Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni
ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida
joylashgan banklar tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko’rsatish
bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo’ladi.
Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini
ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi.
Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy
valyuta bozori samarali faoliyat ko’rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo’lmagan
pul birligi faqatgina davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi
sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs,
ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo’lmagan sharoitdagi bozor bahosi
shakllanishi mumkin.
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani
holda, erkin bo’lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo’ladi.
Bir rejimli valyuta bozori – bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal
qiladigan bozor bo’lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif
asosida o’rnatiladi. Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror
iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va
valyutaviy nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo’llanishi uchun
etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi.
Turli rejimli valyuta bozori – bu ko’p pog’onali valyuta kurslari rejimiga ega
bo’lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga
solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining
mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon
beradi.
Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko’rinishida namoyon bo’ladigan
tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli
qog’ozlar savdolarini tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni
uning faoliyati yuqori foyda olishga qaratilmagan.
Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko’ra banklararo valyuta bozori
bo’lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta
bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari;
naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv
operatsiyalari;
555
forvard operatsiyalari;
valyuta optsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.
Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun
vakolatli banklar o’z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag’laridan
foydalanishlari mumkin.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha
xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo
harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-
kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo’lib, tashqi
savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat
taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga
asosiy sabab bo’ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat banklariga
ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga
imkoniyat tug’diradi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib
bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta
amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy
iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat
qilishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |