elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYSning
429
moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa
XYSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir.
Bunday yondoshuvlarning noto’g’ri ekanligi shubhasiz.
Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu
narsa XYS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda
tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy
xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi,
XYSning real moliyaviy resursi mol etkazib beruvchilar va kontr-agentlarning
hisobvaraqlariga o’tkazilmasdan uning aylanmasida bo’lgan paytda, unga
qo’shimcha daromad kelti-radi.
.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki
yillarida XYSlarnig bir-birlariga o’zaro mol etkazib berish va xizmat ko’rsatish
bo’yicha mablag’larni o’z vaqtida to’lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya
darajasi o’ta yuqori bo’lganligi uchun o’sha davrlarda bank kreditlari stavkasining
100% dan ham baland bo’lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o’z
vaqtida to’lamaslik shu XYS ga noqonuniy, lekin qo’shimcha daromad manbai
bo’lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o’z vaqtida to’lamaslik tufayli
ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik
maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir
“tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi,
chunki o’z vaqtida to’lanmagan ish haqi mablag’lari ularning ixtiyorida bo’lib,
ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydala-nishlari mumkin edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy
tuzilmasida muhim rol o’ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan
qancha ajratilganligi va ularning XYS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga
qarab XYSlarning real moliyaviy resurslari bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYS
faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy
tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda XYS o’z
mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining
yangilanishini,
sifatning
yaxshilanishini,
chiqarilayotgan
mahsulot
assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYSning
rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar tashkil etiladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYSning kreditga
layoqatligini va uning qarz mablag’larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa
muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz
mablag’larning XYS o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib,
uning to’lovga layoqatligiga kreditorilarga ham, hamkorlariga ham shubha
tug’dirmasligi mumkin.
430
Tijorat XYSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil
topadi:
mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar
(foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni
tiklash fondi);
ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmagan sotishdan keladigan
tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va
boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va
zayomlar; o’z aktsiyalari va qimmatli qog’oz-larning boshqa ko’rinishlarini
sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar;
sug’urta qoplamalari va boshqalar);
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol
etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; sotsial sug’urtaga doir;
byudjet oldidagi va boshqalar);
badallar
va
maqsadli
xarakterdagi
tushilmalar
hisobidan
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy
shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: