24-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING
MOLIYAVIY RESURSLARI
REJA:
1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali.
2. Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan foydalanish
samaradorligi.
1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali
XYSlarning moliyaviy resurslari ular umumiy resurslarining pul shaklida
harakat qiladigan bir qismi hisoblanadi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi
moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa
ularni XYSning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish
vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga
mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan
holda XYS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini
farqlamoq lozim. “XYS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul
mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallangan vositalar
va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqorida
qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga
mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul
hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish
uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o’z navbatida, mol-mulkning
balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amal-dagi bozor
baholari harakat (ish)ga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi
ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYSni yomon oqibatlarga, xususan,
mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki,
xalqaro amaliyotdagi ma’lumot-larga ko’ra, bankrotga uchragan XYS
tugatilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq
428
bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan
hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot
realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj-lantirishga
mo’ljallangan XYSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir.
Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan
kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual
qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining
boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish
jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi
har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis
kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va
tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib
tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul
shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, ulardan
foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar
ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni XYSning moliyaviy resurslari
tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi
tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul
shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XYSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z
navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’lari
fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash
mumkin:
𝑻 = 𝑭
𝒂𝒂
+ 𝑭
𝒎𝒙𝒎
+ 𝑭
𝒊𝒉
+ 𝑭
𝒇
Do'stlaringiz bilan baham: |