442
Aylanma
kapital
XYS
aylanma (o’zgaruvchan) aktivlariga
avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYS balansining
“Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda,
aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga bo’linadi:
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda
funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;
shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra;
likvidlik darajasiga qarab;
va boshqa belgilariga muvofiq.
Aylanma kapital juda ko’p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan
quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag’batlantirish;
taqsimlash;
ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash;
ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o’z funksiyalarini ham pulli va ham natural-buyum
shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional jihatdan quyidagi
ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab
chiqarish fondlari;
muomala fondlari.
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga,
eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan quyidagilar kiradi:
xomashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i;
qadoqlash va qadoqlash materiallari;
joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo’jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlari
quyidagi guruhlardan iborat:
443
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib jo’natilgan
tovarlar;
pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob- varaqlari (akkreditivlar va
chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa to’lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy
qo’yilmalar – boshqa XYSlar qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar, davlat va
mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa XYSlarga berilgan
zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluvchilar va
buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, bo’ysunuvchi jamiyatlarning
qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarz-lari, berilgan
avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari.
Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakllantiriladi va
aylanma
fondlarning
iqtisodiy
elementlariga
pulli
kapitalni
doimiy
avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’-larining
doiraviy aylanishi XYS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy
resurslar qiymatining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni
sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi
sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismlarining funktsional shakllarini
uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari –
xomashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari –
tushum ko’rinishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital korxona
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari
quyidagilardan iborat:
o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;
qarz va jalb qilingan mablag’lar.
O‘z navbatida, aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllan-tirish va
moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYS
aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan
iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha
444
garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda
vaqtinchalik foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga
mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi.
Jalb qilingan mablag’lar:
mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari;
to’lanuvchi veksellar;
bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet oldidagi qarzlar;
olingan bo’nak (avans)lar;
va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
Aylanma
kapitalning
foydalanish
samaradorligini
ifodalovchi
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar aylanishining soni va
aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular
quyidagicha aniqlanadi:
𝑨
𝒂𝒎𝒂
=
𝑻
𝑸
𝒖
Do'stlaringiz bilan baham: