Davlatiy moliya


 Davlat byudjeti loyihasini tuzish



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish 

Davlat  byudjeti  loyihasini  tuzish  davlat  byudjeti  jarayonining  eng  muhim 

bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda quyidagi masalalar yechiladi yoki 

ularga aniqlik kiritiladi: 

  davlat byudjetininghajmi; 

  navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati; 

  davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari va 

davlat byudjeti defitsitini qoplash usullari; 

  daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash.  



359 

  Davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining 

loyihalari  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining  ustuvor  yo’nalishlari  va 

kelgusi  moliya  yili  uchun  mo’ljallangan  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar 

prognozlari asosida tuziladi. 

Davlat  byudjetining  loyihasini  tuzish  bo’yicha  ishlar  yangi  davlat  byudjeti 

yilining boshlanishidan, masalan,  GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada 

–  14  oy,  AQShda  –  18  oy,  O‘zbekistonda  –  7  oy  oldin  boshlanadi.  Uning 

loyihasini  tuzish  ijroiya  hokimiyat  organlari,  odatda,  Moliya  vazirligi  tomonidan 

amalga oshiriladi.  

Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organ-lar quyidagilardir

101


  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralar,  mahal-liy  davlat  hokimiyati 

organlari,  byudjetlar  loyihalarini  tuzish,  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taal-luqli 

qismi bo’yicha. 

  Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli 

jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  O‘zbe-kiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisi  palatalariga  bir  moliya  yilidan  ortiq  muddatga  tuzilgan  Davlat 

byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini qabul qilish to’g’risida 

taklif kiritishga haqli. 

Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’arma-lari  byudjetlarining 

loyihasini tuzish

102



  davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini yuborishni; 



  davlat byudjeti so’rovlarini hamda asosiy makroiq-tisodiy ko’rsatkichlar 

prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; 

  davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni

  byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi. 

Ba’zi  bir  mamlakatlarda  davlat  byudjeti  loyihasini  tuzish  davlat  ijroiya 

hokimiyati boshlig’ining kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning 

umumiy yo’nalishlari muammolari bo’yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. 

Masalan,  AQShda  Prezident  Amerika  xalqiga  Byudjetnoma  bilan  murojaat  qilib, 

unda moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi

.  


Davlat  byudjeti  loyihasini  tuzish  (yaratish,  ishlab  chiqish)da  quyidagi 

maqsadlar kun tartibiga qo’yiladi: 

                                                           

101


 “O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet  kodeksi”. 84 modda. T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 

102


 “O‘zbekiston Respublikasi “Byudjeti kodeksi”. 83 modda. -T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 


360 

  iqtisodiyotning  samaradorligini  oshirishda  byudjet-ning  faol 

ta’sirchanligini ta’minlash; 

  moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va ijtimoiy dastur-

bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish

  mablag’larni sarflashda zaruriy proportsiyalar va ustuvorliklar o’rnatish; 

  davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi 

davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini: 

O‘zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjeti  loyihasini  tayyorlash 

uchun — davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlari  loyihalarini  tayyorlash  uchun  —  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat 

soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respub-likasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa 

vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  hamda  idoralardan  Davlat  byudjeti  loyihasining 

daromad qismi bo’yicha takliflar so’raydi. 

Davlat  byudjeti  mablag’larini  taqsimlovchilar,  Qora-qalpog’iston 

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat 

maqsadli  jamg’arma-larini  taqsimlovchi  organlar  kelgusi  davr  uchun  davlat 

byudjeti  so’rovini  tuzish  tartibini  olgandan  so’ng  uch  ish  kuni  ichida  tegishli 

davlat byudjeti so’rovlarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini 

belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  vilo-yatlar  va  Toshkent 

shahar hokimliklarining moliya boshqar-malari qarorlar qabul qilinganidan so’ng 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish