4. Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari
Aksariyat yetakchi tadqiqotchilarning fikricha, soliq vakolatlarining huku-
matning turli bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi byudjetlararo munosabatlarni
tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. Shuni ta’kidlash joizki, daromadlarning
davlat hokimiyatining turli bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi xarajat vakolatlarini
nomarkazlashtirish tamoyilidan kelib chiqadi hamda mos ravishda, hududiy va
mahalliy hukumat organlarining funksiyalarini (ma’muriy-hududiy birliklar aholisiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlarini ko‘rsatishni) kengaytirish orqali amalga
oshiriladi. Bunda hukumatning turli bo‘g‘inlari o‘rtasida soliqli daromadlarning
ma’lum turlarini to‘liq biriktirib qo‘yish bilan muammo hal etilmaydi. Aksariyat
hollarda, soliqli daromadlarni va soliq vakolatlarini biriktirishning turli sxemalari
mavjudligi va uni tadbiq etish muammoning yechimi bo‘lishi mumkin.
Soliq vakolatlarini hukumatning markaziy va mahalliy organlari o‘rtasida
taqsimlash muammosini hal qilish bo‘yicha ikki xil yondoshuvni kuzatish mumkin:
soliq vakolatini taqsimlashning an’anaviy modeliga ko‘ra, mahalliy hukumat
organlarining o‘z (ya’ni, ma’lum hudud darajasida tartibga solinadigan) soliq bazasi,
huddi shu an’anaviy model asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xarajat
majburiyatlaridan doimo kichik. Bunday nomuvofiqlik natijasida byudjet tizimida
yuzaga keladigan nomutanosiblikni byudjetlararo hisob-kitoblar yordamida
tenglashtirish zarurati paydo bo‘ladi. An’anaviy tahlil doirasida ta’kidlanishicha,
hududiy darajaga ko‘plab soliq vakolatlarining berilishi hududlar o‘rtasida resurslar
taqsimotida
nomutanosiblikni
kuchaytiradi.
Soliq
vakolatlarini
samarali
taqsimlashning asosiy maqsadi ham bunday nomutanosibliklarni minimallashtirish
hisoblanadi. Shuningdek, ushbu holatda, byudjetlararo transfertlarni tartibga soladigan
tizimga katta e’tibor qaratiladi. Agar mamlakat bo‘yicha soliq bazasi nomutanosib
352
tarzda taqsimlangan bo‘lsa, unda soliqqa tortish vakolati markaziy hukumatga tegishli
bo‘lishi lozim.
Byudjetlararo munosabatlarda, nafaqat respublika byudjetining mahalliy
byudjetlar bilan munosabatlari, balki hududiy byudjetlarning ham mahalliy byudjetlar
bilan munosabatlari o‘rtasida yuzaga keladigan muammolar yetarlicha
o‘rganilmaganligi namoyon bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishda asosiy
e’tiborni hududlarning iqtisodiy holatini yaxshilash va shu asosda ular byudjet
potentsialini mustahkamlashga qaratish kerak. Shundagina byudjetlararo pul
oqimlarini minimallashtirishga erishiladi.
Ma’lumki, byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish mamlakatdagi davlat
qurilishi bilan bevosita bog‘liq. Unitar davlatlarga byudjet resurslari markazlashish
darajasining yuqori bo‘lishi hamda mahalliy byudjetlar byudjet huquqi va
majburiyatlari hajmining nisbatan past bo‘lishi xosdir. Federativ asosdagi davlat
qurilishiga ega davlatlarda esa byudjetlararo munosabatlar byudjet federalizmining bir
qismi hisoblanadiki, u vakolatlar va javobgarlikni byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida
mutanosib taqsimlashni, turli darajadagi byudjetlarning nisbatan mustaqilligini
nazarda tutadi. Hozirgi kunda o‘tish iqtisodiyotidagi xoh federativ, xoh unitar davlat
qurilishiga ega bo‘lgan ko‘pchilik mamlakatlarda byudjetlararo munosabatlar
islohotlari byudjetlarning nomarkazlashuvi doirasida amalga oshirilmoqda.
Nomarkazlashuv – islohotlarning so‘nggi maqsadi emas. U faqat aholining
ehtiyojlariga muvofiq tarzda samarali ijtimoiy xizmatlarni ularga yetkazishning
ta’sirchan usulidir.
Rivojlangan davlatlarda alohida elementlari o‘zgarib turadigan byudjetlar
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi allaqachon ishlab chiqilgan. O‘tish iqtisodiyotiga xos
bo‘lgan davlatlar uchun islohotlarni o‘tkazish va byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni
qurishga yangi tamoyillar va sharoitlarda olib borish xarakterlidir. O‘tish
iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ko‘pgina davlatlarning byudjetlar o‘rtasidagi
munosabatlarni isloh qilishda ilgarilab ketishi, ularning tajribasini o‘rganish, xatolarini
tahlil qilish va O‘zbekiston uchun saboq bo‘ladigan jihatlarini topish vazifasini
oldimizga qo‘yadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, byudjetlararo munosabatlar muammolarini hal
qilishda quyidagi uchta masala ko‘ndalang qo‘yiladi:
- turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida daromadlarni taqsimlash;
- byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni moliyalashtirishdagi vakolatlarni chegaralash;
- bir pog‘onadagi byudjetdan boshqasiga mablag‘larni turli shakllarda qayta
taqsimlashga asoslangan byudjetni boshqarish va tartibga solish.
Jahon amaliyotida soliq vakolatlarini taqsimlashning quyidagi modellari keng
qo‘llaniladi:
353
- soliq solish manbalarini taqsimlash va ulardan alohida-alohida foydalanish;
- soliq solish bazasidan birgalikda foydalanish;
- olingan soliqli daromadlarni markaziy va mahalliy hukumatlar o‘rtasida bo‘lib
olish.
Tartibga soluvchi soliqlarning normativlar asosida taqsimlash muammosi
O‘zbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Byudjetlar
o‘rtasidagi munosabatlarni isloh qilishni amalga oshirayotgan ko‘pchilik davlatlar
tajribalarining ko‘rsatishicha, tabaqalashgan va har yilda o‘zgaradigan me’yorlardan
barqaror me’yorlarga o‘tishga intilish kuchli. Barqaror me’yorlar Sharqiy Evropa
mamlakatlarida qo‘llaniladi. Islohotlar doirasida Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston
ham byudjetlararo munosabatlarda barqaror me’yorlarni qo‘llab kelmoqda. Bu holat
shu bilan izohlanadiki, me’yorlarning har yili o‘zgarib turishi mahalliy byudjetlar
tomonidan o‘z daromadlarini prognoz qilishni qiyinlashtiradi va daromad qismining
barqarorligiga putur etkazadi. Soliqlar bo‘yicha me’yorlar Moliya vazirligi va viloyat
boshqaruv organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtiruv, kelishuvlar asosida o‘rnatilishi bois
alohida olingan mintaqalarga subyektiv tarzda yondoshish ehtimolini yuzaga keltiradi.
Qirg‘izistonda me’yorlar bo‘yicha uchta asosiy soliq (yuridik shaxslar foydasiga
solinadigan soliq, jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘i va aktsizlar),
Qozog‘istonda ikkita (foyda solig‘i va aktsizlar) taqsimlanadi. Soliq tushumlari ichida
eng barqaror bo‘lgan QQS to‘lig‘icha respublika byudjetiga o‘tkaziladi va
subventsiyalar va dotatsiyalar shaklida nisbatan kam ta’minlangan mintaqalarga qayta
taqsimlanadi.
O‘zbekistonda esa ko‘rsatilgan barcha soliqlar bo‘yicha normativlar har yili
qayta ko‘rib chiqiladi va hududlarning iqtisodiy potentsiali hamda byudjet ta’minoti
ko‘rsatkichlariga qarab Prezident Qarori bilan belgilanadi. Normativlar qat’iy
belgilanishining ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham mavjud.
Qo‘shni davlatlarning tajribalarini o‘rganish ular yo‘l qo‘ygan xatolarga yo‘l
qo‘ymaslik va ular amaliyotidan tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Birinchidan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston tajribalari ko‘rsatishicha, chegaralangan
me’yorlarni belgilash moliyaviy resurslarni ma’lum darajada qayta taqsimlash
zaruratini tug‘diradi, ya’ni dastavval respublika byudjetiga soliqdan ajratmalar
ko‘rinishida mablag‘lar markaziy byudjetga tushadi, so‘ngra barcha mahalliy
byudjetlarga istisnosiz ravishda subventsiya ko‘rinishida mablag‘lar taqsimlanadi.
Tabiiyki, bunday hol qarama-qarshi moliyaviy resurslar oqimining ko‘payishiga olib
keladi,
bu
esa
moliya
tizimidagi
munosabatlarning
sezilarli
darajada
murakkablashuviga olib keladi.
Ikkinchidan, yagona me’yor miqdorini belgilash masalasi ham muammoligicha
qolmoqda. Masalan, Qirg‘izistonda 35 foizli me’yorni belgilash Bishkek tomonidan
tartibga solinadigan soliqlarning 65 foizini respublika byudjetiga o‘tkazgani xolda,
354
respublika byudjetidan subventsiyalar va toifalashtirilgan grantlarni olish vaziyatini
vujudga keltiradi. Shu sababli hozirgi vaqtda mazkur mintaqa uchun belgilangan
me’yorlarni o‘zgartirish masalasi turmoqda.
Qozog‘istonda ham belgilangan 50 foiz me’yorlarda alohida olingan
mintaqalarning daromadlari ularning xarajatlaridan ortib ketmoqda. Shu sababli
mahalliy byudjetlar daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi hollarida byudjet
tomonidan ushbu farqni qaytarib olish ko‘zda tutilgan, ya’ni ular qonun hujjatlarida
belgilangan summalar chegarasida Ostona va Olma-ota shaharlari va viloyatlar
byudjetlari tomonidan respublika byudjetiga o‘tkaziladi hamda Maslahatlar
99
qarorlarida belgilangan summalar chegarasida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
viloyat byudjetiga rasmiy transfertlar shaklida o‘tkazib beriladi.
Sharqiy Yevropaning alohida olingan mamlakatlarida shunga o‘xshash oqibatlar
oldindan hisobga olingan bo‘lib, mahalliy va umumdavlat (tartibga solinuvchi)
soliqlarining zaruriy qismi hisobiga eng ko‘p ta’minlangan mintaqalarning
xarajatlarini qoplash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagi me’yorlar darajalari
o‘rnatilgan. Bunday yondoshuv ushbu mintaqa uchun moliyaviy resurslarning o‘zaro
oqimlari paydo bo‘lishining oldini oladi.
Me’yorlar asosida soliqlarni byudjetlar o‘rtasida taqsimlash avvalambor
rejalashtirilgan soliq ko‘rsatkichlariga taalluqlidir. Biroq, mahalliy byudjetlarning
daromad bazalarini mustahkamlashni rag‘batlantirish, ularning soliq bo‘yicha
tushumlarini ko‘paytirish nuqtai nazaridan, rejalashtirilgan soliq bo‘yicha
tushumlaridan ortiqcha tushumlarni taqsimlash mexanizmi ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Shunday mexanizm Qirg‘iziston Respublikasida qo‘llanilmoqda.
Rejalashtirilgandan ortiqcha olinadigan soliq tushumlari uchun me’yor 75 foizni
tashkil qiladi, ya’ni rejalashtirilgandan ortiq yig‘iladigan barcha soliqlardan 75 foizi
mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladi, bu esa o‘z navbatida ular uchun soliqlarni
yig‘ishga qiziqishini yanada kuchaytiradi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, byudjet transfertlarini taqsimlash anchagina
murakkab masala hisoblanadi. Agar transfertlar markaziy hukumatning faqatgina
makroiqtisodiy maqsadlariga ko‘ra belgilanganda edi, unga nisbatan diskriminatsion
yondoshish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Biroq, byudjet tiniqligini ta’minlash uchun
mahalliy hokimiyat organlariga o‘z byudjet operatsiyalarini rejalashtirish va markaziy
hukumatning
siyosiy
maqsadlarini
oydinlashtirish
imkonini
beruvchi
me’yorlashtirilgan hisob-kitoblar kerak bo‘ladi.
O‘tish davri iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ko‘pchilik mamlakatlarda transfertlarning
jamlangan hajmi markaziy hukumat tomonidan belgilanadi. Vengriyada u har yili
byudjet jarayoni doirasida hisoblanadi va markaziy hukumat tomonidan olib
borilayotgan byudjet cheklashlari qattiq siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Xuddi shunday
99
Qozog’istonda mahalliy hukumat ijroiya organlari
355
vaziyat Polshada ham kuzatiladi. U erda transfertlarning hajmi nisbatan tiniq va
oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lib, u formula yordamida hisoblanadi. O‘tish
iqtisodiyotini boshqa mamlakatlarda (Bolgariya, Latviya, Litva, Gruziya, Qirg‘iziston,
Rossiya) axborot tomondan kengroq ochiqlik va byudjetlar o‘rtasidagi transfertlarni
taqsimlashning asoslanganligini ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilingan.
Jahon banki mutaxassislari tomonidan keltirilgan aniq formulalarning tahlili
ko‘rsatishicha, ularning har biri tuzatishlar kiritilishini talab qiladi va undan so‘ng ular
yanada samaraliroq bo‘lishlari mumkin. Bunda ijobiy holat bo‘lib, ushbu formulalar
ko‘pgina mamlakatlarda xarajatlarning aniq darajalarining tegishli ko‘rsatkichlarini,
ya’ni aholining soni va yoshi bo‘yicha tarkibini hisobga olishi hisoblanadi. Ikkita
mamlakatda (Latviya, Litva) esa ba’zi bir holatlarda gorizontal tenglashtirish ham
hisobga olinadi.
O‘tish iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda mablag‘ jalb qilish
amaliyoti submilliy va mahalliy darajalarda o‘z rivojini topdi. Mablag‘ jalb qilishlar
bir qancha manbalardan, jumladan yuqori darajadagi byudjetlardan, submilliy va
milliy moliya institutlaridan hamda xususiy kapital bozoridan amalga oshiriladi.
Bunda, mablag‘ jalb qilishlar zayomlar yoki obligatsiyalarni chiqarish shaklida
amalga oshiriladi. Ushbu mamlakatlardagi mablag‘ jalb qilish amaliyotini kuzatish,
har bir mamlakat bo‘yicha ushbu instrumentning rivojlanish darajasi sezilarli darajada
o‘zgaruvchan bo‘lib, u ushbu mamlakatlardagi byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni
isloh qilish elementlariga mos keladi.
Shunday qilib, turli mamlakatlar tajribalarini umumlashtirish byudjetlararo
munosabatlarning tashkil qilinishiga turlicha yondoshuvlar mavjudligidan dalolat
beradi va O‘zbekiston byudjetlararo munosabatlarini takomillashtirish borasida qator
saboqlar olishga imkon beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |