4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi
Bungacha ushbu jamg’arma o’z faoliyatini turli nomlarda (Davlat mulki
jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki
jamg’armasi, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar
jamg’armasi) o’z faoliyatini amalga oshirib kelgan bo’lib, dastavval 1992-yilda
tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son
Farmonini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi
huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi
faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
2017-yilning
19-iyunida
“O‘zbekiston
Respublikasi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo’mitasi huzuridagi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish
jamg’armasi mablag’larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish
tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 391-sonli Qarori qabul qilindi.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi sifatida o’z
faoliyatini amalga oshirib kelgan. Yangi tashkil etilgan jamg’armaning
avvalgisidan tubdan farq qiladigan jihati shundan iboratki, Davlat mulkini
xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasining asosiy maqsadi
xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni Davlat byudjeti daromadiga
yo’naltirish
bo’lgan,
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish
jamg’armasi mablag’lari esa ustuvor ravishda xususiylashtirilgan korxonalarni
amaliy qo’llab-quvvatlashga va investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishga
qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi yuridik shaxs maqomisiz tashkil
etiladigan davlat maqsadli jamg’armasi hisoblanilib, uning asosiy vazifasi
315
mablag’larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda qo’llab-
quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarning
biznes yuritish asoslariga o’qishini tashkil etishga yo’naltirish hisoblanadi.
Jamg’armani boshqarish Davlat raqobat qo’mitasining Moliya va buxgalteriya
hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish jamg’armasining daromadlari va xarajatlari
prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo’yicha tayyorlaydi, uning
bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi, shuningdek, Jamg’arma
mablag’larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi qonunchilikda ko’zda
tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi
hisobotni tuzadi hamda Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |