Davlatiy moliya


 Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

3. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi  

Bozor  iqtisodiyoti  asosida  milliy  iqtisodiyotini  tashkil  etayotgan  barcha 

mamlakatlarda  bandlik  (ishsizlikni  oldini  olish)ni  qo’llab-quvvatlash  davlat 

jamg’armalari tashkil etiladi. Jamg’armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari 

va  xarajat  yo’nalishlari  har  bir  alohida  davlatning  olib  borayotgan  ijtimoiy-

iqtisodiy  siyosatidan  kelib  chiqadi.  Byudjetdan  tashqari  bandlikni  qo’llab-

quvvatlash jamg’armasi maqsadli xususiyatga ega bo’lib, davlat tasarrufi va uning 

joylardagi vakolatini olgan organlarda  tashkil etiladi. 

“O‘zbekiston  Respublikasida  Bandlikni  qo’llab-quvvatlash  davlat 

jamg’armasini  tashkil  etish  to’g’risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror 

jamg’arma  daromadlarini  shakllantirish,  taqsimlash  va  foydalanishini 

muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va 

bozor  iqtisodiyoti  prinsiplari  va  qonunlari  milliy  iqtisodiyotga  bosqichma-

bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat 

jamg’armasiga  ham  mos  ravishda  ijobiy  o’zgarishlar  hamda  qo’shimchalar 

kiritilib borildi. 

1998-yil  1-may  kuni  O‘zbekiston  Respublikasining  “Aholi  bandligi 

to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga 

tatbiq  etilishi  Bandlikni  qo’llab-quvvatlash  jamg’armasining  mavqeini  yanada 




312 

kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi 

kafolati  deb  nomlanishining  o’ziyoq  jamg’armani  yanada  takomillashtirishga, 

resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.  

2003-yil  2-aprel  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Bandlikni  qo’llab-quvvatlash  davlat  jamg’armasi 

mablag’larini  shakllantirish  va  foydalanish  tartibi  to’g’risida”gi  Nizomni 

tasdiqlash bo’yicha 173-sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi 

bandligi  to’g’risida”  va  “Byudjet  tizimi  to’g’risida”gi  (hozirgi  kunda  ushbu 

Qonun  O‘zbekiston  Respublikasining  “Byudjet  kodeksi”ning  qabul  qilinishi 

munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi. 

2016-yil  20-aprel  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

“Mehnat  organlari  faoliyatini  tashkil  etishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi  117-sonli  Qarori  qabul  qilinib,  unga  ko’ra  “O‘zbekiston 

Respublikasining  Bandlikka  ko’maklashish  davlat  jamg’armasi  mablag’larini 

shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  tartibi  to’g’risida”gi  Nizom  qabul  qilindi 

hamda  unga  muvofiq  jamg’armaning  mablag’larini  shakllantirish  va  ulardan 

foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi. 

2017-yil 

24-may 


kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini 

tashkil  etish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  3001-sonli  Qarori  qabul  qilindi  va 

unda 


O‘zbekiston 

Respublikasi 

Bandlikka 

ko’maklashish 

davlat 

jamg’armasi  mablag’larini shakllantirish manbalari va mablag’larini sarflashning 

asosiy yo’nalishlari qayd etildi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish