1.Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari.
Davlat hokimyati-bu zo’rlikka asoslangan siyosiy hokimiyat bo’lib u jamiyatda turli millat va guruhlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarga rahbarlik qilishni amalga oshiradi. Davlat hokimyati bu ijtimoiy hodisa bo’lib, u davlat hududida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, uning vazifalarini amalga oshirib, davlatni ichki va tashqi hujumlardan himoya qiladi. Davlat vazifalarini amalga oshirishda halqning irodasini huquq va huquqiy normallarda ifodalab, ularning bajarilishi barcha uchun umummajburiy bo’ladi. Bu normallar davlatning zo’rlik kuchi bilan amalga oshiriladi. Jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va madaniy rahbarlik qilish jarayoni murakkab bo’lib davlat hokimyati davlat mehanizmi unga kiruvchi davlat apparati (davlat organlarining yigнndisi) va korhonalari orqali amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati munosabatlarining tuzilishi quyidagilardan iborat:
1) Davlat hokimiyatining sub’ektlari (turli sinflar, millat, guruh, tabaqalar va fuqarolar).
2) Davlat hokimiyat munosabtlarining ob’ekti (halqning birlashmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasa va korhonalar).
3) Davlat hokimiyat munosabatlarining mazmun-sub’ektlarini davlatni idora etish majburiy va ishontirish usullari.
Davlat hokimyati siyosiy hokimyat bo’lib, quyidagi belgilarga ega.
1. Davlat hokimyati bu- zo’rlikka asoslangan bo’lib mahsus kishilar davlatni boshqarish bilan shug’ullanadi. Bu hokimiyat kishilar o’rtasida turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy ijtimoiy munosabatlarni amalaga oshiradi.
2. Davlat hokimiyati davlat mehanizmidan iborat bo’lib, bu murakkab tuzilishga ega. Chunki bu mehanizm barcha davlat organlari muassasalari va korhonalarni o’zida birlashtiradi. Bular bir-biri bilan o’zviy bog’lh bo’lib, hokimiyatni amalga oshirib, davlat zo’rlik kuchiga asoslanadi.
3.Davlat mexanizmiga kiruvchi tarkibiy qismlar –davlat organlari muassasalari va korxonalari ma'muriy va xududiy belgilarga qarab tuziladi.
4.Davlat mexanizmiga kiruvchi bu tarkibiy qismlar o’z a'zolarini – ya'ni fuqarolarning xuquq va burchlarini amalga oshiradi va kafolatlaydi.
Davlat xokimiyatining moxiyati va xususiyatlari uning siyosiy va sinfiy tabiatida ko’rinadi. Shuning uchun yuridik adabiyotda «davlat xokimiyati» va «siyosiy xokimiyat» iboralari bir xil ma'noni bildiradi. Davlat xokimiyati-bu siyosiy va sinfiy harakterga egadir. Uning sinfiyligi qarama-qarshi sinflarga bo’lingan jamiyatlarga (quldorlik, feodal) xosdir. Davlat xokimiyati iqtisodiy va siyosiy jixatdan xukmron sinf qo’lida edi. Davlat xokimiyati – xukmron sinf quldorlar, feodallar manfaati uchun xizmat qiladi.
Demokratik jamiyatda davlat xokimiyati xukmron sinf manfaatlarini ifodalamasdan, barcha sinf millat, elat, tabaqalarlar va xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Davlat xokimiyati moxiyatiga ko’ra demokratik (xalq xokimiyati) va gayri demokratik xokimiyatlarga bo’linadi. Demokratik xokimiyat-bu xalqning barcha millat, elat, tabaqalar va guruxlarning davlat vakolati organiga deputat saylab, ular barcha ishlarni sessiyada ko’rib, ishlar orqali ularning manfaatlarini ifodalaydi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi – mustaqil demokratik xuquqiy davlatdir. Bu konstitutsiyaga asosan insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy axvoli, siyosiy e'thodlaridin kat'i nazar fuqarolarning xuquqlari va erkinliklarini ta'minlaydigan davlatdir. O’zbekistonda Demokratik xokimiyat asosida bozor htisodiga o’tilmokda. Prezident I.A.Karimov kursatadiki, O’zbekistonning yangilanish va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy negiziga asoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiklik, xalqimizning ma'naviy merosini mustaqkamlash va rivojlantirish. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish va vatanparvarlik.
G’ayri demokratik xokimiyat – bu bu ozchilikning ko’pchilik kishilar ustidan xukmronligidir. Bu xokimiyat jazolash, majbur qilish organlarini kuchaytiradi. Fuqarolarning xuquq va erkinliklarini cheklaydi.
Davlat organi - bu davlat apparatining mustaqil bo’limmalaridan biri bo’lib, qonunda belgilangan tartibda yaratiladi, tuzilishiga hamda ma'lum vakolatlarga ega.Bu organlarning tushunchasi va belgilarini ochib berish davlat mexanizmi to’g’risidagi bo’limmalarni chuko’rrok o’rganishga yordam beradi.
Hech qaysi davlat organi nisbiy mustaqillikka ega bo’lgan davlat apparatining bir qismi hamda tuzilishi jixatidan o’ziga xos zveno bo’lib quyidagi asosiy belgilarga egadir:
- ma'lum soxalarda davlatning nomidan uning vazifalari va funktsiyalarini amalga oshiradi, davlat apparatida o’zining urniga ega va uning boshqa qismlari (zvenolari) bilan mustaxkam boglangandir;
- davlat organi davlat xizmatlari tarkibidan iborat bo’lib, o’z navbatida ular o’zaro va davlat organi bilan xuquqiy munosabatda bo’ladilar, ya'ni davlatva shaxsiy tarkibning xuquqiy alokasini urnatadi.Davlat xizmatchilarining xuquq va vazifalari qonun tomonidan belgilanadi va ularning xuquqiy status (vakolat) lari ta'minlanadi.Ular tomonidan foydalaniladigan vakolat doirasi xajmi va tartibi ham qonun tomonidan urnatiladi hamda lavozimlik qoidalari (instruktsiya), shtat jadavallarida konkretlashtiriladi;
- xizmat turlariga va shaxsiy tarkib soniga karab ma'lum ichki tuzilishga ega;
davlat organiningmuxim belgilaridan biri, uning ma'lum mazmun va xajmga ega bo’lgan vakolatli (xokimlik) kompetentsiyasining mavjudligi, ya'ni ma'lum vazifalarga, funktsiyalarga, xuquq va majburiyatlarga egaligi;
- uni davlat korxonalari va muassasalaridan ajratib turadigan xokimlik vakolatlariga ega ekanligi.Bu vakolatlar quyidagilarda o’z aksini topadi:
bajarilishi shart bo’lgan xuquqiy aktlarni chiqarish mumkinligi;
turlicha usullar yordamida, jumladan majburlov usuliga asoslanib, davlat organlari xuquqiy aktlarining bajarilishi ta'minlash.
-ularning qonunlarda belgilangan tartibda tashkil etilishi,o’z kompetentsiyalarini amalga oshirish uchun moddiy bazaga (iqtisodiy) ega ekanligi;
-faoliyatining xududiy masshtab (ma'lum doira) ga egaligi va boshqalar.
Davlat orgonlarining (apparatining)ajralib turadigan xususiyatlaridan biri shundaki, ijro etuvchiga qaratilgan yuridik aktlarni qabul qilishi, ishontirish, majburlov va tarbiya choralarini ko’rish; bu aktlarni bajarishni ta'minlashga qaratilgan ragbatlantirish yo’llarini qo’llashi; ularning tatbiqli buyicha nazoratni amalga oshirishidadir. Davlat organlari bir-biridan shakllanish manbalariga karab (boshlangich, xosilaviy); faoliyatning xududiy doirsiga karab (respublika, viloyat, maxalliy o’z-o’zini boshqarish); kompetentsiya xarakteriga karab ( umumiy va maxsus kompetentsiyalariga ega organlar);xokimiyatni tatbiql etishiga karab.
Davlat organlari tashkiliy - xududiy faoliyati buyicha qonunchilik, ijrochilik, xuquqni muxofaza etuvchi organlarga, nazorat va farmoyish beruvchi organlarga bo’linadi.
Yana bir narsaga e'tibor berish lozimki, ya'ni davlat organlarining faoliyatini xokimlik xarakteriga egaligini ikki tomonining mavjudligi - bular siyosiy va ma'muriy tomonlardir.
Ba'zi bir davlatlarda davlat apparati butunligcha siyosiylashgan bo’lishi mumkin, ya'ni " yuqori" dagilarni erkini amalga oshiruvchi bo’lsa (monarx,boshqaruvchi qatlam), demokratik davlatlarda siyosat bilan davlat apparatining ma'lum qismi (zvenosi), ya'ni jamiyatning siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchilar shugullanadilar.
Lekin tashkiliy demokratik davlat apparatida davlat organlarining siyosatga bog’liq bo’lmagan (siyosatlashmagan) bir qismi doimo amalda bo’lib, ular jamiyatning kundalik boshqaruv ishlari bilan, o’zlarining xokimlik vakolatiga ega vazifalarni amalga oshirish bilan mashgul bo’ladilar.Bu organlarning faoliyati asosan konstitutsiyada ko’zda to’tiladi.Ular insonlarning xuquqlarini, xar qanday fizik shaxslarning qonuniy manfaatlarini (davlat ximoiyasidagi) qo’riqlashga qaratilgan bo’lib, imkon doirasida siyosatga bog’liq bo’lmasliklari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |