Davlat apparati-bu davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat organlarining yhindisidir, bular davlat xokimiyatini amalga oshirish uchun xokimiyat vakolatiga ega.
Muassasalarga esa oliy o’quv yurtlari, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqalar kiradi. Korxonalar esa maxsulot ishlab chiqarish uchun tuziladi va davlatning xujalik faoliyatini mustaxkamlaydi. Masalan, fermer va tadbirkorlar xujaligi, turli firmalar, kontserilar, zavod fabrikalar va boshqalar. Davlat apparati asosan qonun chiqaruvchi xokimiyat, ijro etuvchi xokimiyat (boshqaruv organlari va sud xokimiyati, xuquqni muxofaza qiluvchi) organlardan iborat.
Davlat organlari bir qancha belgilardan iborat. Birinchidan, davlat nomidan uning vazifa va funktsiyalarini amalga oshiradi. Ikkrinchidan, xokimiyat vakolatiga ega, bu bilan davlat korxonalari va muassasalaridan farq qiladi. Uchunchidan, tegishli kompetentsiyaga ya'ni vazifa, funktsiyalarga, xuquq va majburiyatga ega. To’rtincidan, ma'lum ma'muriy tuzilishiga va xududiy faoliyatga ega qonunga asosan tashkil topadi va yuridik akt chiqarib ishontirish va majburlash choralarini qo’llaiydi.
Davlat xokimiyatini amalga oshirish usullari ikki xil bo’ladi. Ishotirish va majburlash usullari, ishontirish usulida davlat xokimiyati maqsadi, moxiyati va funktsiyalarini kishilarning ongi, erki, axloqi va goyaviy tushunish asosida olib boradi. Bu usul jamiyatdagi barcha mafko’raviy, ijtimoiy-ruxiy krashlar har bir fuqaroning shaxsiy va ko’pchilik jamoa ongini rivojlanishi orqali olib boriladi. Jamiyatda davlat xokimiyatini amalga oshirish uchun ikkita mafko’ra mavjud. Birinchisi, diniy mafko’ra, bu diniy ma'lumotga asoslanadi. Bunga asosan davlat xokimiyatnini amalga oshirishda diniy qarashlarga asoslanadi. Ikkinchisi, bu dunyoviy mafko’ra davlat xokimiyatini amalga oshirishda jamiyatdagi xukmron nazariya, urf-odat va aqloqiy qoidalarga asoslanadi. Masalan, kelgusida farovon komunistik jamiyat ko’rishi, Amerika namunasidagi gullagan kapitalistik jamiyat ko’rish xaqidagi g’oyalarni amalga oshirish uchun jamiyatdagi bir qism aholi davlat xokimiyatidan foydalanilmoqda.
Majburlash usulida davlat manfaatini amalga oshirish maqsadida davlat xokimiyati tomonidan kishilarga moddiy, ruxiy va jismoniy ta'sir etadi. Majburlash usuli xuquqiy va noxuquqiy usullar orqali amalga oshiriladi. Noxuquqiy usul – bu davlat xokimiyatini amalga oshirishda xuquqiy normalarga amal qilishdir. Davlat xokimiyatini amalga oshirishlik uchun qonuniylik va adolatli siyosiy usulni nazorat qiladi. Qonuniylik bo’zilgan holda davlatni xuquqni muxofaza qiluvchi organlari ximoya qiladi. Davlat xokimiyatini amalga oshirishning xuquqiy usuli demokratik siyosiy tartibdagi davlatlarda kafolatlangan bo’lib, bu shu davlatda xuquqiy tizimning umumiy tamoyillari bilan, davlat xududida barcha fuqarolar uchun yagona va umumiyligi, davlatni zo’rlik kuchi orqali amalga oshirilishi, taraflarga xuquq va burch belgilanishi bilan belgilanadi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar.
1.Davlat mexanizmi nima
2.Davlat mexanizmining qanday belgilari mavjud
3.Davlat organi nima va uning qanday belgilari bor
4.Davlat organlari tavsiflanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi
5.Davlat apparati nima
6.Davlat xokimiyati nima
7.Davlat xokimiyati tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi
8.O’zbekistonda davlat xokimiyati yangilanishi va rivojlanishi qanday asosiy negizlarga asoslanadi
9.Davlat xokimiyatini qanday usullar yordamida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |