Davlat xizmati tushunchasi Davlat xizmatining jamiyatda tutgan o’rni Davlat xizmatidan foydalanish



Download 30,22 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi30,22 Kb.
#205247
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу


1-MAVZU. DAVLAT XIZMATINING UMUMIY TAVSIFI
REJA

  1. Davlat xizmati tushunchasi

  2. Davlat xizmatining jamiyatda tutgan o’rni

  3. Davlat xizmatidan foydalanish

  4. Davlat xizmatining xususiyatlari

Davlat xizmati mohiyatini va uning asosiy xususiyatlarini aniqlashdan oldin, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat turlari to’g’risida tushuncha hosil qilish lozim. Bularni quyidagi shakllarga bo’lish mumkin:



  1. tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ma’lum bir xizmatlar ko’rsatish va ishlarni bajarish;

2) nomoddiy (ma’naviy) boyliklar yaratish (masalan, kitoblar, maqolalar yozish, kino va videofilьmlar yaratish, stsenariylar tayyorlash);

3) ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish (masalan, ta’lim, sog’liqni saqlash va hokazolar);

4) davlat xizmatini amalga oshirish:

– ijtimoiy-madaniy sohalarni (ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish) boshqarish;

– iqtisodiyot sohalarini (sanoat, qishloq va suv xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari) boshqarish;

– ma’muriy-siyosiy sohalarni (mudofaa, davlat xavfsizligi, adliya, ichki ishlar, tashqi ishlar) boshqarish;

5) nodavlat, jamoat, diniy, xalqaro, xorijiy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatish;

6) jamiyatning turli sohalarida ma’lum bir ehtiyojlarni qondirish maqsadida ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanish va boshqalar.

Insonlarning, davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yo’nalishlaridan biri – xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda, ya’ni insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat organlarining maxsus tizimi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Xizmat – boshqaruv, davlat faoliyatini amalga oshirish, boshqaruvni ta’minlash, aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatishdan iborat.

Davlat xizmatiga bunday yondashish mehnat faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklarni, tovarlarni yaratish (ishlarni bajarish); ikkinchidan, boshqaruv, rahbarlik, kontrolь va nazoratni amalga oshirish. Bunda ma’naviy boyliklarning yaratilishi yoki davlat organlarining funktsiyalari amalga oshirilishi mumkin.

Davlat va mahalliy organlaridagi xizmatning zaruriyati davlat­ning mavjud bo’lishidan, uning vazifa va funktsiyalaridan, shuning­dek, davlat organlarini (qonunchilik, ijro etish va sud hokimiyati) tashkil etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Aynan xizmatchilar ko’pgina davlat organlari tuzilmasida, muassasa va tashkilotlarida, boshqa­ruv hamda boshqariluvchi tizim ichida personal sifatida harakat qiladi. Ularning o’z vazifalarini vijdonan bajarishi esa, davlat va jamiyatda huquqiy tartibotni o’rnatishda xizmat qiladi.

Davlat xizmati tushunchasi keng ma’noda davlat organlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funktsiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan barcha shaxslarning faoliyatidir.

Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo’yicha davlat faoliyatining asosiy tur­laridan biri bo’lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilangan printsiplar va boshqa holatlarga asoslanib, davlat funktsiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolar ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash­dan iboratdir.

Davlat xizmati tushunchasi funktsional ma’noga ham ega. Unga ko’ra, davlat xizmati – davlat faoliyatining, davlat organlarining, ma’muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisoblanadi.

Mamlakatimizda davlat xizmatlari ko’rsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilib, modernizatsiya qilinmoqda. Bu esa, aholining hayot sifati, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.

2003 yildan buyon tadbirkorlik sub’ektlarini “yagona darcha” tamoyili bo’yicha ro’yxatdan o’tkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari tomonidan amalga oshirib kelingan bo’lsa, 2016 yil 1 yanvardan boshlab Inspektsiyalar negizida Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari tashkil etildi. 2017 yil 1 fevraldan esa, Yagona markazlar tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o’tkazildi. Bu o’zgarish natijasida Yagona markazlar tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi.

2017 yil 1 apreldan boshlab ro’yxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni ro’yxatdan o’tkazish” ko’rsatkichi bo’chshcha O’zbekistonning mavqeini 24-o’rindan 11-o’ringa olib chiqdi.

Davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyojlarini to’liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o’tishiga ayrim tizimli muammolar to’sqinlik qilib kelar edi. Jumladan, “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi mumkin edi. Fuqarolar esa, turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha murakkab tartib-taomillardan o’zlari o’tishlari zarur edi. SHuningdek, bir qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlamayotgandi. Bundan tashqari, endilikda joylarda Davlat xizmatlari markazlarining tashkil etilishida bir qator muamolar hisobga olindi. Ya’ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekanligi, qog’oz hujjatlar aylanmasining asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolarning idoralarda ko’p vaqt kutib qolishi, navbatlari yuzaga kelishiga sabab bo’layotgan, bunday holatlar korruptsiya va byurokratiyani keltirib chiqarayotgandi.

Ma’lumki, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o’tishini ta’minlash davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yo’nalishlari deb hisoblandi. SHu asosda aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlashda vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, fuqarolarning davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish maqsadida 2018 yil 1 yanvardan Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo’yicha, shu jumladan, olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari ko’rsatish Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifasi etib belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra, Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga yuqori sifatda, tezkor, qulay imkoniyatda xizmat ko’rsatilishi belgilandi. SHuningdek, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to’siqlarga yo’l qo’ymaslik, idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni ta’minlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish belgilab berildi.

Davlat xizmatlari ko’rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlari ham ko’rsatiladi. Farmonga ko’ra, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko’rsatishda qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi ta’minlanadi.

Aholiga “yagona darcha” tamoyili bo’yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari 2018 — 2020 yillarda bosqichma-bosqich tartibda joriy etiladi.

Jumladan, 2018 yil 1 aprelga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda” ulanish”, “Bino va inshootlarning tashqi ko’rinishini o’zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish”, “Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilishga ruxsat berish”, “Arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini ishlab chiqish”, “Loyiha hujjatlarini kelishish”, “Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish”, “Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruktsiya qilishga) ruxsat berish”, “Qurilishi tugallangan (rekonstruktsiya qilingan) ob’ektni foydalanishga qabul qilish”, “O’rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish”, “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsat berish”, “O’simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish”, “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha ariza berish”, “Fuqaroni jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo’yish” bo’yicha xizmatlar ko’rsatish boshlanadi. SHuningdek, 2018 yil 1 sentyabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga “Tug’ilganlikni qayd etish”, “Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostilь qo’yish”, “FHDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish”, “Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish”, “Jismoniy shaxs — soliq to’lovchining soliq va boshqa qarzi yo’qligi (borligi) haqida ma’lumotnoma berish”, “Jismoniy shaxslarga STIR berish” bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish imkoniyatlari yaratiladi. 2019 yil 1 yanvarga qadar esa, “Turgan joyi bo’yicha propiska qilish, propiskadan chiqarish, hisobga olish”, “Vaqtincha yashash (propiska) uchun ruxsatnomalarni berish va muddatini uzaytirish”, “Harbiy hisobga qo’yish”, “Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o’rnatishga ariza berish”, “Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish”, “Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni tekshirishga ariza berish”, “Trenerlik faoliyati bilan shug’ullanishga ruxsat berish” bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatila boshlanadi.

2019 yil 1 iyulga qadar esa, Davlat xizmatlari markazlaridan “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun hujjatlar topshirish”, “Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentlikni belgilash)”, “O’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish va yo’llanmalarni rasmiylashtirish”, “Mehnat organlarida fuqarolarni ishsiz sifatida ro’yxatga olish”, “Ishsizlik nafaqasini tayinlash”, “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma” olish imkoniyatlari yaratildi.

2020 yil 1 yanvarga qadar “O’qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish”, “Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish”, “Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi berish”, “Ta’lim to’g’risidagi hujjatlarning dublikatini berish”, 2020 yil 1 iyulga qadar esa, “Ixtiroga patentlar olish”, “Foydali modelga patentlar olish”, “Sanoat namunasiga patentlar olish”, “Selektsiya yutug’iga patentlar olish”, “Tovarning kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to’g’risida guvohnoma olish”, “Tovar belgisiga doir guvohnoma olish”, “Integral mikrosxemalar topologiyasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma olish”, “EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazish huquqini olish va ularni ro’yxatdan o’tkazish” bo’yicha tegishli hujjatlar Davlat xizmatlari markazlarida rasmiylashtirildi.

2020 yil 1 noyabrga qadar Davlat xizmatlari markazlarida “O’limni qayd etish”, “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuviga o’zgartirish, tuzatish va qo’shimchalar kiritish”, “Takroriy guvohnomalar berish”, “Nikoh tuzishni qayd etish”, “Nikohdan ajralishni qayd etish”, “Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish”, “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini tiklash”, “Otalikni belgilash”, “Farzandlikka olish”, “Pensiya tayinlash (yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha)”, “Er uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va tegishli guvohnoma berish”, “Binolar, inshootlar va ko’p yillik dov-daraxtlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va tegishli guvohnoma berish”, “Ko’chmas mulkka va yer uchastkasiga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish haqidagi kadastr ishini tayyorlash”, “Avtomototransport vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish” bo’yicha ma’lumotnoma olish imkoniyati yaratildi.

Muxtasar qilib aytganda, endilikda jismoniy va yuridik shaxslar tegishli hujjatlarni yuqoridagi tartibda Davlat xizmatlari markazlaridan olishlari mumkin.

Davlat xizmatining umumiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, davlat xizmatchilarining davlat xiz­matini davlat organida nazarda tutilgan shtat jadvali asosida olib borishi; ikkinchidan, davlat xizmatchilarining belgilangan pul mukofoti evaziga davlat organi vakolatlarini, mansab majburiyat­larini amalga oshirishi1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha modda­lari bevosita davlat xizmati bilan bog’liq bo’lib, uning asosiy printsiplarini mustahkamlaydi. Masalan, davlat xizmatida qonu­niylik, inson va fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ustun­ligi, davlat xizmati sohasida vakolatlarning taqsimlan­ganligi, davlat xizmatida ishtirok etuvchi fuqarolarning tengligi va boshqa konstitutsiyaviy printsiplarni ko’rsatib o’tish mumkin.

O’zbekiston Respublikasida davlat xizmatini tashkil etishning asosiy printsiplaridan biri – bu


Download 30,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish