davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu holat huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy belgisidir. Davlat, uning organlari insonlar uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi (15-m.). Davlat xizmatchilari amaldagi qonunchilik hujjatlariga tayanib, faqatgina davlat organining vakolati doirasida o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari, zimmalariga yuklangan vazifalarni o’z vaqtida bajarishlari, berilgan huquqlardan to’g’ri foydalanishlari, belgilangan tartibga rioya qilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |