2. Belgilansinki, Ulgurji bozor AJ:
Toshkent shahrida, barcha viloyat markazlarida bittadan, zarur bo‘lganda esa yirik shaharlarda ham mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari huzurida tashkil etiladi;o‘z faoliyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar va yirik shaharlar hokimliklariga hisobot beradi.
3. Quyidagilar Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari sifatida tavsiya etilsin:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo‘jaligi korxonalaridan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji xarid qilish tashkil etilishini ta’minlash;
4. Ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori to‘g‘risidagi Namunaviy nizom va Ulgurji bozor aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:mavjud ulgurji bozorlarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki ularni qurish yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslashlarning buyurtmachilari bo‘lsinlar hamda ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni xizmat ko‘rsatuvchi bankka va boshqa tegishli idoralarga taqdim etsinlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |