DAVLAT KORXONASI - davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
tashkil qilingan, o’zlariga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan qonunda
belgilab qo’yilgan doirada, o’z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning
topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish,
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquklarini amalga oshiruvchi yuridik
shaxsdir.
DAVLAT MEXANIZMI - bu davlatning vazifa va funksiyalarini
amalga oshirishga qaratilgan davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari
tizimidir.
D. m. -bu davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tizimidan iborat
bo’lib, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan
davlatning rahbarligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |