DAVLAT BOSHQARUV AKTLARI - boshqaruv faoliyatining
asosiy shakllaridan biri davlat boshqaruv organlari tomonidan huquqiy
aktlar chiqarish hisoblanadi. Bu aktlar yordamida boshqaruv organlari o’z
oldiga qo’yilgan vazifalarni bajaradi va ko’pgina boshqaruv masalalarini
hal qiladi.
DAVLAT BOSHQARUVI - davlat organlarini tashkillashtiruvchi,
ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo’lib, qonun asosida amalga
oshiriladi. Bu faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro
etish jarayonida qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning
bajarilishini ta’minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega bo’ladilar.
Bu faoliyat ijtimoiy turmushning barcha tarmoqlari - xalq xo’jaligi,
ijtimoiy-madaniy. ma’muriy-siyosiy sohalarda va sohalararo tashkil etiladi
hamda qonunga asoslangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |