Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat:
Operativ boshqaruvda bo’lgan ommaviy mulkka ega va byudjet
tomonidan moliyalashtiriladi.
Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa va funksiyalarini
amalga oshiradi.
Jumladan, davlatdagi huquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki ishlar
vazirligi,
prokuratura
organlari
amalga
oshirsa,
davlatning
tashqi
funksiyalarini tashqi ishlar vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi,
mamlakat Mudofasini esa mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati amalga
oshiradi.
Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyan hokimiyat
vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan farq
qiladi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalanib,
qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |