Saylanish va tayinlanishning uyg’unligi. Davlat mexanizmining tashkil
etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi. Oliy vakillik
organlari qonunchilik palatasi deputatlarining barchasi, senat a’zolarining
aksariyat qismi, Oliy Sud organlarining rais va o’rinbosarlari saylash orqali
tegishli vakolatga ega bo’ladilar. Ijro etuvchi organlar tayinlash tartibida
shakllantiriladi.
Hozirgi O’zbekiston davlati mexanizmining tarkibiy – funksional tahlili
unga kiruvchi tarkibiy qismlarning, ya’ni davlat organlarining roli va o’rnini
aniq tasavvur etishni anglatadi.
Davlat organi – davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o’z
tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo’yicha aniq
belgilangan vakolatiga ega bo’lgan hamda davlat mexanizmining boshqa
qismlari bilan uzviy aloqadorlikda bo’lgan va yaxlit birlik hosil qiladigan
tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |