Давлат ва ҳуқуқ назарияси юридик фанлар тизимида умумий фундаментал ва ритологик фан сифатида майдонга чиқади


Yuqoridan  quyiga  qarab  bo’ysunuviga  ko’ra



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/89
Sana19.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#70026
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
davlat nazariyasi

Yuqoridan  quyiga  qarab  bo’ysunuviga  ko’ra:  markaziy  va  mahalliy 

davlat  organlari.  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  organlari  pog’onama  – 

pog’ona  bo’ysinish tamoyili  asosida  tashkil  etilgan  bo’lib, mahalliy  organlar 

markaziy organlarining  itoatida bo’ladi. Markaziy davlat organlari chiqargan 

normativ – huquqiy hujjatlar mahalliy davlat uchun majburiy xususiyatga ega. 

Vakolat muddatiga ko’ra: doimiy va vaqtinchalik davlat organlari. 

Doimiy  organlar  –  faoliyat  muddati  cheklanmagan,  doimiy  faoliyat  olib 

boruvchi  davlat  organlari.  O’zbekiston  Respublikasidagi  huquqni  muhofaza 




 

29 


qiluvchi  organlari  doimiy  faoliyat  olib  boruvchi  organlar  sifatida  ko’rsatish 

mumkin. 


Vaqtinchalik  organlar  –  jamiyat  oldida  turgan  biron-bir  muhim  vazifani 

muayyan muddat davomida amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topishi 

bilan o’z faoliyatini to’xtatuvchi organlar hisoblanadi. 

Shakllanish manbaiga ko’ra: Birlamchi va ikkilamchi davlat organlari. 

Birlamchi  davlat  organlari  –  xalq  tomonidan  to’g’ridan  –  to’g’ri  saylash 

yo’li  bilan  tashkil  etiladigan  organlar.  O’zbekiston  Respublikasida  Oliy 

Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati (qisman) saylash yo’li bilan tashkil 

etiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  ham  xalq  tomonidan  saylanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyaviy  sudi,  Oliy  sudi  va  Oliy  xo’jalik 

sudining raislari va sudyalari Senat tomonidan saylanadi. 

Ikkilamchi  davlat  organlari  –  xalq  tomonidan  saylangan,  tashkil  etilgan 

yoki  shaxslar  tomonidan  shakllantiriladigan  davlat  organlari.  Masalan, 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  xalq  saylagan  Prezident  va 

Oliy  Majlis  tomonidan  shakllantiriladi.  Vazirliklar  va  davlat  qo’mitalari 

Prezident tomonidan tashkil etiladi. 

Vakolatni  amalga  oshirish  tartibiga  ko’ra,  kollegial  organlar  va  yakka 

tartibda vakolatni amalga oshiruvchi organlar. 

Kollegial  organlar  –  o’z  ish  faoliyatini  jamoaviy  tarzda,  ya’ni  kollegial 

asosda  tashkil  etadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisning  palatasida 

qonunlar  deputatlarning  jamoaviy  muhokamasi  va  umumiy  ovozi  asosida 

qabul qilinadi. 

Yakka  tartibda  faoliyat  yurituvchi  davlat  organlari  –  mazkur  organ 

rahbarlari  xizmat  faoliyatida  muayyan  rahbarlik  qilish  shaklidan  ma’lum  bir 

ma’noda mustaqil bo’ladi va o’zi yakka holda qaror qabul qiladi. 

Davlat organlari faoliyatning (vakolatlarining) chegaralanishi g’oyasi eng 

umumiy  ko’rinishda  antik  davr  donishmandlari  –  Platon,  Aristotel,  Polibiy, 

Likurg va boshqalar tomonidan ifoda etilgan. 

Hokimiyatlar  taqsimlanishi  nazariyasi  ―Klassik‖  shaklining  an’anaviy 

asoschilari  Jon  Lokk  va  Sharl  Lui  Monteskyedir.  Hokimiyatlarning  qonun 

chiqaruvi, ijro etuvchi va federal turlarga bo’linishi, Lokkning fikricha , inson 

huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish