Кибернетик метод – давлат ва ҳуқуқ ҳодисаларини ўрга-
нишда ҳозирги замон техникавий воситаларини қўллаб, ҳуқуқий
маълумотлар тўплаш, уларга ишлов бериш ва умумлаштириш
усули.
11-SAVOL:
Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish uchun faol, qat’iy harakat qiladi. Davlatning mazkur harakatlarini, butun faoliyatini ta’riflash uchun yuridik fanda “davlat funksiyasi” degan ibora kiritilgan. Davlatning vazifalari va funksiyalarini to‘la tushunib olish, tahlil eta bilish uning mohiyatini yanada kengroq, chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Davlatning mohiyati uning funksiyalarida yana ham yorqinroq namoyon bo‘ladi. Davlatning funksiyasi – bu davlat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Olimlarning davlat funksiyasiga bergan ta’riflarida jiddiy farq yo‘q, ularning hammasi ham davlat funksiyasini uning faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘laydilar. Davlatning vazifasi va funksiyasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki ma’nodagi tushunchadir. Har bir davlatning vazifasi u amalga oshiradigan bosh asosiy yo‘lni belgilaydi, butun faoliyatini ana shu vazifalarni hal etishga qaratadi. Davlatning funksiyalari esa davlatning vazifalaridan kelib chiqadi. Davlatning vazifalariga muvofiq amalgam oshiriladigan harakatlar, faoliyat ularning funksiyalarini tashkil etadi. Davlat funksiyalari jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tarkibidan, ijtimoiy guruhlar, jamoalar, xalq manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarning hal qiluvchi ta’siri ostida shakllanadi. «Davlat funksiyasi» nafaqat siyosiy mazmundagi va boshqaruvga oid tushuncha, balki yuridik ma’nodagi hodisadir. Chunki, funksiyalar asosan huquqiy shakllarda amalga oshiriladi. Yuridik adabiyotlarda davlat funksiyalarini amalga oshirish shakli deganda:
– birinchidan, davlat mexanizmi asosiy bo‘g‘inlarining faoliyati
tushuniladi;
– ikkinchidan, davlat funksiyalarini amalga oshirishning tashqi
ko‘rinishi, belgilari, tartibi tushuniladi.
Dastlabki mezonga ko‘ra, davlat funksiyalarini amalga oshirish
shakllari quyidagicha: 1) qonun ijodkorligi; 2) boshqaruv (ijro etish);
3) sud faoliyati; 4) nazorat faoliyati.
Qonun ijodkorligi faoliyati orqali davlatning yuqori vakillik
organlari jamiyatdagi barcha subyektlar bajarishi majburiy bo‘lgan
qonunlar yaratadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlar ikki palatali parlament – Oliy Majlis tomonidan yoki referendum orqali qabul qilinadi. Qonunlarni qabul qilishdan maqsad jamiyatga rahbarlik qilish, undagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy taraqqiyot manfaatlari yo‘lida huquqiy tartibga solishdan iborat. Boshqaruv (ijro etish) faoliyati vositasida davlatning ko‘pgina funksiyalari bajariladi. Chunki, ijroiya hokimiyat davlatning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat hayotini tashkil etishda salmoqli o‘rin tutadi. Mazkur hokimiyat davlat organlarining asosiy qismini, mansabdor shaxslarning eng ko‘p sonini o‘z ichiga oladi. Ijroiya hokimiyatning asosiy vazifasi – qonunlar ijrosini ta’minlash, keng miqyosda boshqaruv va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishdan iborat. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ijro hokimiyati organi – Hukumat hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sohaning faoliyatiga rahbarlik qiladi; mamlakat qonunlarining, parlament palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi:
– iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaradi;
– mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtiradi, ularning
tengligini ta’minlaydi;
– bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ro‘yobga chiqarish
asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoit yaratadi, xo‘jalik
yuritishning yangi shakllarini barpo etishga ko‘maklashadi;
– respublika budjetini shakllantiradi va ijro etadi, mamlakatning
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va milliy dasturlarini
ishlab chiqadi va ularning ijrosini ta’minlaydi;
– fan va texnika sohasini boshqaradi;
– fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish choralarini ko‘radi, shuningdek, boshqa
ijroiya funksiyalarni bajaradi. Sudlov faoliyati. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida, mustaqil shoxobchalaridan biri bo‘lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarbar etilgandir. Odil sudlov – davlat faoliyatining maxsus yo‘nalishi bo‘lib, bunda vakolatli sud muassasasi (sudlar) huquq normalari talablarini buzishdan kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, ularni qonun doirasida hal etadi. Odil sudlovning oliy maqsadi – kuch va zo‘ravonlik g‘oyasini huquq ustuvorligi va adolat g‘oyalari bilan almashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |