3.Davlatning tushunchasi va mohiyati .
Sho’ro davrida Markscha- Lenincha ta'limot davlatni hukmron sinf mazlum sinfni ekspluatatsiya qiluvchi- zo’ravonlik diktaturasi deb kelinadi. Hozirgi vahtda davlat zo’ravonlik diktaturasi bo’lmasdan jamiyatdagi barcha sinf, millat va ellatlarning umuminsoniy va milliy belgilari- diniy, kasbi va boshqa ijtimoiy chiqishlardan qatiy nazar ularning manfaatlarini ifodalaydi.
Davlatning mohiyati bu jamiyatdagi barcha sinf, siyosiy partiya, tabaqalar guruh, millatlar va elatlar uchun hizmat qilishdir. Bundan chiqadigan hulosa shuki, davlat zo’ravonlik siyosati bo’lmasdan uning asosiy umuminsoniy vazifalarini amalga oshirish birinchi o’ringa chiqadi. Davlat sinfiy mohiyatini yo’qotgani yo’q, u faqat ikkinchi o’ringa chiqdi.
Davlat jamiyatdagi barcha kishilarning siyosiy uyushmasidir. Davlat hokimiyati umuminsoniy va milliy manfaatlarga asoslangan siyosiy hokimyatdir. Bu siyosiy hokimyat davlat apparati yoki davlat mehanizmi deb ataluvchi – davlat organlari- qonun chiqaruvchi organ parlament, ijro yetuvchi organ- hukumat, qurolli kuchlar, polittsya. Milliy hovsizlik va huquqni muhofaza etuvchi organlar sud, prokatura va ichki ishlar organlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat jamiyat ustko’rmasining siyosat, din, falsafa va boshqalari bilan o’zviy bo’g’liqdir. Davlat huquq bilan ham bo’g’liqdir, chunki huquq davlatning oldida to’rgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy vazifalarni amalga oshirishda qurol bo’lib hizmat qiladi. Huquq jamiyatning iqtisodiy tuzimini mustahkamlab turli mulk shakllarini qo’riqlaydi. Huquq kishilarning goyaviy jihatdan tarbiyalab, ijtimoiy ongni shakllaridan, san'at, din, falsafa, ahloq va boshqalar bilan bo’g’liq bolib, aholini ma'naviy jihatdan tarbiyalaydi.
Davlat siyosiy vazifalarni bajaruvchi jamiyatdagi boshqa muassasalarni va tashkilotlar (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalari bilan bo’g’liq va ulardan farq qiladi).
Davlat keng ma'noli tushuncha bo’lib, uning mohiyatini tushunishda 3 asosiy nazariy yondoshuv mavjud:
1) ijtimoiy – bunda umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va halkning o’zaro munosabatini tartibga soladi;
2) sinfiy – bunda davlat sinflarning paydo bo’lishi bilan yo’zaga kelgan va sinfiy ko’rash bir sinfning boshqasini bostirish quroli;
3) siyosiy – huquqiy – bunda davlat jamiyatning va davlatning o’zining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir.
Davlatning mohiyatida uchala yondoshuvda ham muayyan asos bor. Lekin, bir nazariy qarashni, ikkinchisidan ustun qo’yilganda yanglishuv (hukmronlik) bo’ladi.
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning mahsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo’lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverentetga ega bo’lgan tashkilotdir.
Davlat – bu butun jamiyatni birlashtirib turuvchi, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishning mahsus apparatiga ega bo’lgan, shuningdek huquq normalarini yaratishga kodir bo’lgan hokimiyatning hududiy tashkilot.
Yurtboshimiz I.A. Karimov ta'biri bilan aytganda, har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har haysi halk tarixiy va ma'naviy taraqqiyotning hosilasidir, uning o’ziga hos, o’ziga mos madaniyati rivojining natijasidir. O’zbekiston uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu maqonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishga monelik hilmaydi, aksincha yordam beradi. Shahs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ruyobga chiqishiga ko’maklashadi.
Davlat – bu butun jamiyatni birlashtirib turuvchi, uning bir me'yorda ishlashini ta'minlaydigan, jamiyat nomidan ish ko’radigan mahsus boshqaruv, majburlov apparatiga ega bo’lgan tashkilotdir.
Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1. O’ziga hos ommaviy hokimiyat – davlat hokimiyatining mavjudligi, ya'ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining borligi;
2. Aholining hududlar bo’yicha uyushganligi (fuqarolarning davlat chegaralari doirasida, muayyan ma'muriy-hududiy birliklarda yashashi).
3.Suverenitet (mustaqil bo’lishi).
4.Huquqning mavjudligi.
5.Soliqlarning mavjudligi.
6.Umuminsoniy funktsiyalarni bajarish (mudofaa, jinoyatchilikka qarshi ko’rash, umumiy faravonlik).
Do'stlaringiz bilan baham: |