Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlari



Download 224,86 Kb.
bet19/22
Sana25.03.2022
Hajmi224,86 Kb.
#508858
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Солиқ имтиёзлари ҳисобини юритиш Журабоев Мухаммадбобур

YER SOLIG’I
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinmoqda.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq organlari yer uchastkasining joylashgan joyi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organlar ma’lumotiga asosan soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni chegirgan holda yer solig‘i hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va yashash uylarini obodonlashtirish uchun berilgan tomorqa yer uchastkalariga, yakka tartibda uy joy qurish bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi.
Soliq kodeksida yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun hududlar kesimida (mutlaq miqdorda) bazaviy soliq stavkasi belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni qo‘llagan holda yer solig‘i stavkalarini belgilaydi;
Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri bo‘yicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer solig‘i stavkalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni kiritadi.
Bunda, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari alohida yer uchastkalariga, shuningdek turistik zonalarda joylashgan jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan 1 gektardan ortiq yer uchastkasiga yer solig‘ini 3 baravargacha miqdorda oshiruvchi stavkasini belgilash huquqiga ega.
Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari 2021-yil uchun yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalarini 2020-yilning 31-dekabriga taqdim etadilar.
Yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalarini 5 kun davomida yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘ini hisoblash uchun mazkur soliq stavkaslarini soliq to‘lovchilarga yetkazishi shart.
Bunda, yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 2021-yil uchun soliq hisobotlarini 2021 yilning 10 yanvariga qadar soliq organlariga taqdim etadilar.
2021 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2020 yil uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan 30 foizdan ko‘p oshmasligi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan soliq stavkalarini qo‘llash bilan bog‘liq alohida normalar Soliq kodeksiga o‘tkazilmoqda.
Soliq kodeksining 429-moddasida nazarda tutilgan alohida ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxlar uchun soliq stavkasining kamaytiruvchi koeffisientini 0,1 dan 0,25 ga oshirish yo‘li bilan kamaytiruvchi soliq stavkasini bosqichma-bosqich bazaviy stavkaga yetkazish davom ettirilmoqda. Yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffisient 2020-yil 1-yanvardan boshlab avval soliq imtiyozlari berilgan obyektlarga nisbatan joriy etilgan.
Barcha turdagi chiqindilarni saqlash va ularni utilizatsiya qilish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i uchun soliq solish ob’ektidan chiqarilmoqda.
8.7. Yuridik shaxslar uchun quyidagilar egallagan yer qismi bo‘yicha soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda:

  • turistik zonalarda joylashgan, sanatoriy-kurort obyektlari;

  • onalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yerlar uchun yer solig‘ining kamaytirilgan stavkalarini qo‘llash yoki yer solig‘inini to‘lashdan ozod qilish vakolati berilmoqda.
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlari boshqa turdagi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni kirtish hisobiga kengaytirilmoqda. 2021-yilning 1-yanvarigacha faqatgina tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanayotgan soliq to‘lovchilar soliq imtiyozidan foydalanishi mumkin edi.
2021-yilning 1-yanvaridan boshlab boshqa turdagi suvni tejaydigan sug‘orish (yomg‘irlatib, diskret va boshqa (shu jumladan tomchilatib) texnologiyalarini joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilmoqda. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi.
Agarda, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi.
Qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash orqali ta’sir ko‘rsatish choralari nazarda tutilishi mumkin bo‘lgan va soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan ob’ektlar jumlasiga samarali foydalanilmayotgan, baliq ko‘paytirish (etishtirish) uchun mo‘ljallangan sun’iy suv havzalarini kiritish bilan yer uchastkalari ro‘yxati kengaytirilmoqda. Bu yerlar uchastkalariga yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari qo‘llanilmaydi.

Download 224,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish