Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlari


Imtiyozlar qaysi hujjatlar bilan berilganini ochiqlashning o‘zi yetarlimi?



Download 224,86 Kb.
bet14/22
Sana25.03.2022
Hajmi224,86 Kb.
#508858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Солиқ имтиёзлари ҳисобини юритиш Журабоев Мухаммадбобур

Imtiyozlar qaysi hujjatlar bilan berilganini ochiqlashning o‘zi yetarlimi?
Ta’kidlash kerakki, soliq imtiyozlari berilgan sub’yektlarning katta qismi – budjet tashkilotlari, ijtimoiy muassasalar va davlat kompaniyalari. Biroq ro‘yxatda xususiy korxonalar, ayniqsa ijtimoiy ahamiyatga egaligi jiddiy savol ostidagi kompaniyalar ham ko‘pligini ko‘rish mumkin.
Jami soliq imtiyozlari summasining qancha qismi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelishi DSQning tor profilli ochiq ma’lumotlarida yo‘q. Bu korxonalarning tarmoqlar kesimida guruhlanishi va benefitsiarlari haqida esa hozircha gap ham bo‘layotgani yo‘q.
Bundan tashqari, berilgan imtiyoz samara berdimi-yo‘qmi, bu savolga javob izlanmaydi. 2021 yil iyunida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Kun.uz savoliga javoban berilgan soliq imtiyozlari qanaqa samara bergani monitoring qilinmasligini tan olgandi. U berilgan imtiyozlar samarasini monitoring qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerakligini aytgandi, biroq bu borada hozircha yangilik yo‘q.
2022 yilgi davlat dasturida imtiyozlar va preferensiyalar samarasini baholash tizimiga o‘tilishi haqida band kiritilmagan. Faqatgina davlat ko‘magi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash ko‘zda tutilgan. Bu talablar “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish orqali kiritilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 2020 yildan boshlab soliq imtiyozlari faqat qonun bilan beriladigan tartib o‘rnatilgan. Bunga qadar esa prezidentdan tashqari Vazirlar Mahkamasi va hatto mahalliy hokimliklar ham imtiyoz bera olardi.
“To‘g‘ri tushuninglar, bizning mamlakatimiz uchun bu bir katta qadam oldinga bo‘ldi. 483-modda, vaqtincha imtiyozlar degan narsa paydo bo‘ldi. Manzilli imtiyozlar yo‘q u yerda. Avval 2017 yildan oldingi davrni qarab chiqsangiz, manzilli imtiyozlar bor edi”, – dedi 17 yanvar kuni soliq o‘zgarishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov.
Vazir o‘rinbosari imtiyozlar berilgani e’tirozlarga sabab bo‘ladigan kompaniyalar haqida ham to‘xtaldi.
“Hammani qiziqtirayotgan 20ta tashkilot haqida gapirsak – 50ta bo‘ladimi, 100tami – bu yerda soliq organi bularni elon qilgani “ayb” bo‘ldi. Ko‘raylik, havo yo‘llari nima bo‘yicha imtiyoz qo‘llashi mumkin edi, yoki temir yo‘llar 2020 yilgacha birorta yer solig‘ini to‘lamay kelgan. 2020 yildan boshlab u yer solig‘i to‘lovchisi toifasiga o‘tdi. Sababi, unda qancha yer borligi hisob-kitobini yuritishimiz kerak edi", – dedi vazir o‘rinbosari.
Mazkur matbuot anjumanida, shuningdek, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev soliq imtiyozlari kimning yelkasiga tushishi haqidagi savolga “hech kimning” deya javob bergandi.
“Davlat fiskal va moliya siyosati doirasida qaysidir sohalarni rivojlantirish uchun soliq imtiyozlarini beradi. Agar biz o‘sha soliq imtiyozlarini yashirib, e’lon qilmaganimizda, Soliq qo‘mitasiga aybdor sifatida qarashingiz mumkin edi. Biz hammasini ochiqchasiga e’lon qilyapmiz”, – degandi Qudbiyev.
Aftidan, O‘zbekistonning bosh soliqchisi soliq imtiyozlarini katta muammo deb hisoblamaydi. U imtiyozlar ham muammo bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan holda, eng asosiy muammo – “adolatli hisobot berilishini ta’minlash” ekanini aytdi.
Soliq imtiyozlari butun xalqning yelkasiga tushadi – xizmatlar yomonlashishi, soliq yuki va tashqi qarz oshishi ko‘rinishida”
“Absurd fikrligi shundaki, kimdir soliq imtiyozi olishi – bu adolat nuqtayi nazaridan xato. Masalan, men imtiyoz olsam-u qo‘shnim olmasa, bu tengsizlikning avj olishi yoki jamiyatdagi kayfiyatga yomon ta’sir qiladi.
Soliq tushumlari birinchi navbatda budjet daromadlarini anglatadi. Qaysidir soliq to‘lovchilarga imtiyoz berilishi esa budjet daromadlarining kamayishini anglatadi.
Kimdir soliq imtiyozi olayotgani boshqa birov standartdan ko‘ra yomonroq sinfxonada ta’lim olishi, yetarlicha tibbiy xizmatdan foydalana olmasligi, qaysidir o‘qituvchining oyligi oshmayotgani va umuman istalgan narsada ko‘rinishi mumkin. Aytaylik, davlat xarajatlarni kamaytirmasa, bu soliq yuki yoki tashqi qarzning oshishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Kimningdir imtiyoz olishi bizning davlat ta’minlaydigan ijtimoiy xizmatlar hajmining pasayishi, soliq yuki va tashqi qarzning oshishiga olib keladi. Soliq yukining oshishi imtiyoz taqdim qilinganlardan boshqa iqtisodiy qatnashchilar uchun albatta zarar. Tashqi qarz esa kelajakda to‘lashimiz shart bo‘lgan yuk hisoblanadi.
Xulosa shuki, soliq imtiyozlari albatta soliq to‘lovchilar yoki jamiyat a’zolarining, butun xalqning yelkasiga tushadi”, – deydi iqtisodchi.
Biror sohaga imtiyoz berish – qayerga pul tikishni bozordan ko‘ra men yaxshiroq bilaman deyishga teng”
Behzod Hoshimov quyida keltirilayotgan mulohazalarida nafaqat soliq imtiyozlari, balki u yoki bu tarmoq yoxud individual sub’yektlarga beriladigan barcha turdagi imtiyozlar va preferensiyalarni ham nazarda tutadi.
“Qonuniyat tariqasida, istisnolar va imtiyozlar yaxshi narsa emas. Lekin ba’zan mantiqqa asoslangan holda imtiyozlar taqdim etilishi ham mumkin.
Ba’zi bir xil alohida imtiyozlarning ko‘lami kichkina bo‘lgani uchun umumiy iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazmasa-da, ko‘lami katta imtiyozlarning salbiy ta’siri bor. O‘zi, imtiyozlar berilishining sababi – o‘sha sohaga yetarlicha pul kirib bormayapti, deb hisoblash. Imtiyozlar o‘sha sohaga ko‘proq mablag‘larni jalb qilish uchun taqdim qilinadi. Buning falsafiy ildizi shundaki, biror sohaga imtiyoz berish – qayerga pul tikishni bozordan ko‘ra men yaxshiroq bilaman deyishga teng.
Bir sohaga imtiyozlarning berilishi boshqa sohalardan investitsiya va mablag‘larni, inson kapitalini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Biz qaysidir sohaga imtiyoz bersak, investorlar shu sohaga pul tikishni boshlasa, ular boshqa sohalarga ajratishi mumkin bo‘lgan pulni ushbu sohaga ajrata boshlashadi, ya’ni sun’iy tarzda bozor muvozanati buziladi.
Bu o‘rinda bozorda yo‘q bo‘lgan narsalarni aytish mumkin. Ko‘plab iqtisodiy xatti-harakatlarimizning tashqi ta’sirlari bor; masalan, men bir mahsulotni ishlab chiqarsam, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsataman, ana shu salbiy jihat – tashqi ta’sir.
Bu tashqi ta’sirning jamiyatga yetkazayotgan zarari mening buxgalterlik hisob-kitoblarimda aks etmaydi. Men 100 so‘mga olib, 50 so‘m xarajat qilib, 200 so‘mdan sotyapman va 50 so‘m foyda ko‘ryapman, deb hisob-kitob qilaman, vaholanki men 50 so‘m foyda qilayotgan bo‘lsam-da, shu 50 so‘mni deb jamiyatga 100 so‘mlik zarar keltirayotgan bo‘lishim mumkin. Mana shu narsa – tashqi ta’sirlardir.
Tashqi ta’sirlar ijobiy bo‘lishi ham mumkin. Masalan, ta’lim. Tadbirkor daromad ko‘rish maqsadida ta’lim muassasasi ochadi, lekin bu orqali jamiyatga bilvosita foyda ham keltiradi. Ya’ni ta’lim muassasasi ochgan tadbirkor 50 so‘m topayotgan bo‘lsa, jamiyat uning faoliyatidan 100 so‘m topayotgan bo‘lishi mumkin.
Yoki boshqa bir misol: kimdir bog‘ qilyapti. Bu bog‘ unga 0 so‘m, jamiyat uchun esa 100 so‘m foyda keltiryapti. Demak, hukumatlar imtiyoz qo‘llaydigan sohalar ijobiy tashqi ta’sirlarga ega bo‘lishi muhim.
Shu bilan birga, salbiy tashqi ta’sirlarga ega sohalarga manfiy imtiyozlar qo‘llash ham mumkin. Masalan, ekologiyaga zarar yetkazadigan faoliyat turlari uchun soliqlarni baland qilib qo‘yish. Bu ham bozordagi muvozanatga aralashish bo‘ladi, lekin biz rag‘batlarni to‘g‘ri qo‘yishimiz kerak.
Siz aynan chorvachilik va parrandachilikni aytdingiz. (Savolda chorvachilik yoki parrandachilikka beriladigan imtiyozlar miso sifatida keltirigan edi) Ular bozorda mavjud tadbirkorlik faoliyati bo‘lgani uchun men ularning tashqi ta’sirlarini ko‘rmayapman. Ya’ni idealda chorvachilikning juda ham ommalashib ketishi yaxshimi yoki yomonmi, degan savolga javob, menimcha, yomonga yaqin. Chunki chorvachilikning ham ekologik ta’sirlari bor. Har bir kilogramm go‘shtni yetishtirish uchun necha ming litr suv ketadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, imtiyozlar kerakmi-yo‘qmi degan savolga qisqa javob – vaziyatga qarab. Bunda biror sohaga imtiyoz berishdan oldin bu sohaning tashqi ta’sirlariga qarash kerak.
oliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Tushum hajmidan qat’iy nazar QQS to‘lovchi korxonalar doirasi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:

  • alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shaxobchalari;

  • bozor va savdo komplekslari.

Tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish bo‘yicha aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan soliq to‘lovchilar uchun soliq davri chorak etib belgilanmoqda.
Umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi tashish shahar transportida va yo‘lovchi tashish avtomobil transportida (bundan taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishda imtiyozlarni qo‘llash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi.
Imtiyoz agar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yagona tarif o‘rnatilgan va tashish ushbu tarif bo‘yicha amalga oshirilsa tashuvchilar tomonidan qo‘llaniladi.
Xalqaro moliya institutlari va horijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarzlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (xizmatlar)ni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma va ularni olib kirish, agar ozod qilish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa ozod qilinadi.
Shundan kelib chiqib, Soliq kodeksining 243 va 246-moddalariga o‘zgartishlar kiritildi.

Download 224,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish