Kinoyaga oid misollar: 1. Xo’sh, janobi oily, qaysi sho’rlik xalq.
Sizning “ximoyangizga” qolmish intizor. (G’afur G’ulom)
2. “Akademiklarimiz” yana darsga tayyor emas.
3. “Matematik “ sinfdoshimiz bu masalani zo’rg’a 3 soatda yechdim.
ESLATMA :
Ba'zan bir so'zning ma'nosi konteksda turli usullar bilan ko'chishi mumkin .
M; Badanim o't bo'lib yondi ,boshim og'rib ,ko'zlarim tindi ._ Tog'ning ko'rki tosh bilan ,odam ko'rki bosh bilan . Uning boshi yaxshi ishlaydi . Bir boshga bir o'lim . Qiy -chuv ,baqir -chaqir quloqni kar qiladi
Qozonchining ixtiyori ,qaydan quloq chiqarsa. _ Adl qulog'ila eshit holimi_Eshitgan quloq nima deydi.
ESLATMA ; Yuqorida so'z ma'nolarining ko'chishini ko'rib chiqdik . Ba'zan ifodalangan gapning ko'chma-tag ma'nosi ham bo'ladi. Tag ma'no - gap orqali ifodalangan, gapning zamirida yotgan ko'chma ma' nodir. M; Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo'lmasmi. Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar o'rtasida nikoh man etilgan. .
Ma`no ko`chish yo`llariga oid `` Abituriyent`` testlar
:1.Ko`ldagi suv o`ynoqlab oqar, quyiroqda ko`kimtir tusga kirgan toshlarga ohista urildi. 2.Eski buloqning ko`zi ochildi.
3.Soqchi ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi.
4.Qavm-qarindosh bir dasturxon boshida guringni quyiq qildik.
5.Kemtik oy cho`qqilar orasidan mo`ralaydi.
6.Estradamiz yulduzlarini davraga taklif etamiz.
7.Kutib tur, ustimni almashtirib chiqay. 8.Zebi hovuz labiga o`tirib kashtaga berildi.
9..Butun mahalla Razzoq so`fining baxtini olqishlar edi.
10.Meni u eshikka yaqinlashtirmadilar.
11.Eshitgan quloq nima deydi.
12. Fan cho`qqilarin egallaylik.
13.Sizlar litseyimizning qaldirg`ochlari bo`lasizlar.
14.Bizni ''homiylardan'' himoya qilg`il.
15. To`rt yo`l she`rni badiha b-n yoza olmagan shoir shoirmi?
16. Qishloq markazida samovar ochildi.
17.Allaqanday qo`llar uni suyab-surgab turishi hech kimga sir emas.
18.Maktabning biqinida kasalxonaning bo`lishi gigiyenaga ziddir.
19.Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
20.Dunyoda o`zimizdan keyin qoladurg`on tuyog`imiz shu Otabekdir.
21.Rahna kelib bulutning yig`lab to`kar yoshini.
22.Mehmon kelib, kasalning oyog`iga o`tirdi.
23.U tarvuzning bir pallasini paqqos yedi.
24.Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar.
25.Qora kunda qul Tarlon qizga qayg`udosh keldi.
26.Bekorchidan bemaza gap chiqadi.
27.Dunyoda tashvishlarni ko`p chekdi boshim.
28. CHorvam bor desa deguday ,tuyog'imiz ko'paygandan ko'paydi.
29 .Qiz ariq labidan idishni olib ,oyisi tomon chopti .
30. Bir oshnam she'r o'qib , chapak chalmasa , zalga o'shqiribdi .
31. Shoir qabri ustida butun Hirot yig'ladi .
32..Egarning tovushi naqshdor edi
.33.Adl qulog'ila eshit holimi . 34. Kechgacha tuz totmadi
35. Dasturxonga qaragan do'st emas .
36. Bu otashin yurak qatag'on bo'ronidan omon qolmadi .
37.Oliyjanoblikni qutlarv yer yuzi
38. Chol zal etagidan turib , bolalarini duo qildi . .
39. U radiodan yangrayotgan yengil kuydan zavqlanib tebrandi .
40. Besh panjangni og'zinga tiqma .
Do'stlaringiz bilan baham: |