Davlat tili haqida


Omonimlar va grammatik shakllar



Download 117,63 Kb.
bet28/68
Sana31.12.2021
Hajmi117,63 Kb.
#210269
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
Bog'liq
ma'lumotnoma

Omonimlar va grammatik shakllar
Agar omonimlar bir xil so’z turkumiga mansub bo’lsa, grammatik shakllar ( lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar) qo’shilgandan keyin ham omonimlik munosabati saqlanadi. Bunda omonimlik munosabati saqlanadi. So’z omonimligicha qoladi. M: bela I fe’l, beshikka belamoq; bela II fe’l, tuproqqa belamoq; qovoq I (ot) qovoqni yor, ya’ni poliz mahsulotini yormoq, qovoq II (ot) qovoqni yor, ya’ni inson qovog’ini yormoq.
Agar omonimlar har xil so’z turkumlariga mansub bo’lsa, grammatik shakllar( lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar) qo’shilganda , omonimlik munosabat saqlanmaydi. So’zning omonimligi yo’qoladi. M: ari I ot, hasharot; ari II fe’l, tugamoq . Arini o’ldirmoq deganda faqat birinchi ma’no tushunaladi ikkinchi ma’no tushunilmaydi.
Agar uch yoki undan ortiq so’z omonim bo’lib, bir xil va har xil turkumlarga mansub bo’lsa, omonimlik munosabati qisman saqlanashi mumkin. M: o’t I (ot)- olov; o’t II (ot)- o’simlik; o’t III (fe’l) - harakat. Bunda grammatik vositalar qo’shilganda omonimlik qisman saqlanadi, ya’ni 2 ta ot so’z turkumi orasida omonimlik saqlanadi, fe’l bilan omonimlik saqlanmaydi. Otni deganda olovni, o’simlikni ma’nosi tushunilmaydi
Omonimlar va badiiy adabiyot
Omonimlar ko’proq badiiy uslubda uslubiy ma’nolarni yaratishda vosita bo’ladi.
Omonim so’zlar badiiy adabiyotda tajnis (jinos), iyhom san’atlarini, tuyuq janrini yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi. M: Chin so’yla, Xito xo’blarig’a ne bo’lursan. (iyhom san’ati qo’llangan, ya’ni chin so’zi bir misrani o’zida ikki ma’noda qo’llangan, ya’ni mashuqa, mamlakat ma’nosida )
Sham yanglig’ yonadur boshimda o’t
Ko’z yoshimdan yer yuzida undi o’t
Qon yoshim qildi yo’lingni lolazor
Muncha taqsir ayladim, qonimdan o’t (
o’t so’zi uch o’rinda uch xil ma’noda qo’llanilib, tajnis san’ati yuzaga kelgan. tajnisli qofiya orqali tuyuq janri hosil qilingan)
Shakldosh so’zlar so’z san’atining ta’sirchan vositasidir. Bunday so’zlarni o’rinli qo’llash orqali so’z o’yinlari, askiya, payrovlar yaratiladi. Shuning uchun zakiylik san’atida askiyachilar undan unumli foydalanadilar. M: Abdulhay Navbahor payrovi bo’yicha askiyada: Ikkovlaring ham o’ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog’ga kirib,daraxtlarni oqlaymiz desam, “Bizni ish kam joyga yetaklang”, - deysizlar. (Bu o’rinda ish kam jumlasi “uzum ko’tarib taraladigan moslama”, ya’ni ishkom va “ish kam” ma’nolarini bildirish uchun qo’llangan)
Shakldosh so’zlardan foydalanganda ham shakliy, ham mazmuniy go’zallik aks etadi. Shakldoshlik so’zning ma’no jihatini namoyish qiluvchi lisoniy hodisalardandir. U nutqda ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. M: Bunim yo’q, unim yo’q , Uyimda unim yo’q,Ishimda unum yo’q, Aytishga unim yo’q
Omonim va ko’p ma’noli so’zlar
Omonimlik va ko’p ma’nolik hodisalarini farqlay olishimiz kerak. O’xshash tomoni shundaki:
a) ikkalasi ham bir xil ifoda shakliga ega bo’ladi;b) ikkalasi ham birdan ortiq ma’no ifoda etadi.Farqi shundaki:a) ko’p ma’noli so’zlarda ma’nolar bir-biriga bog’liq bo’ladi; omonim so’zlarda bunday ma’no zanjiri bo’lmaydi yoki uzilgan bo’ladi; b) polisemiya deganda birdan ortiq ma’noga ega bo’lgan bitta so’z tushuniladi; omonimlik deganda esa bir xil shaklga ega bo’lgan birdan ortiq so’z tushuniladi.
M: 1. U boshini ortga burdi. 2. Mehnatdan do’st ortar. 3. Yuklarni otlarga ortdi. (omonim so’z);
1. Qochoqni tutmoq; 2. parda tutmoq; 3. suv tutmoq
Ayrim so’zlar ham ko’p ma’noli, ham omonim bo’lishi mumkin. Bunda omonim so’zlarning alohida ma’nosi ko’chma ma’nolarga ega bo’lishi mumkin. Natijada bir so’z ham omonim ham ko’p ma’noli so’z bo’lib qoladi.
M: til; 1) til I (ot)- maza-ta’m bilish organi; 2) til II (fe’l) –kesib qismlarga ajratmoq. 3) til III (ot) – ijtimoiy - ruhiy aloqa vositasi. 1. Tilim og’riyapti. 2. Shamning tili kesildi. 3. Til o’rganing 4. U o’g’rilarning tilini biladi. 5. Go’shtni tilib tuzla. 6. Bag’rimni bu gaping bilan tilma .
M: palla ; 1) tarozi pallasi, 2) tarvuzning pallasi, 3) yoz pallasi ,
M: Qiyom ; 1. Kun qiyomdan og’di. 2. Shavla qiyomga yetib pishgan edi.3. Nonni piyoladagi qiyomga botirdi.
“O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” (1984) filologiya fanlari doktori, professor Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratilgan. Shuningdek, omonim so’zlar “O’zbek tilining izohli lug’ati”da ham ko’rsatiladi.

1. Yozmoq I-xat yozmoq – fe’l, Yozmoq II- dasturxon yozmoq – fe’l.


2. Chopmoq I-yugurmoq – fe’l, Chopmoq II-yer chopmoq- fe’l

.3. Qovoq I- poliz ekini – ot, Qovoq II-inson a’zosi –ot.

4. Sir I- davlat siri –ot, Sir II- idishning siri- ot

.5. Son I – sanoq – ot , Son II – inson a’zosi.

6. Palata I – kasalxonadagi palata. Palata II – parlamentdagi palata.

7. Nota I – musiqa yozuvi, Nota – shartnoma, bitim.

8. Chang I – to’zon- ot, Chang II- musiqiy asbob – ot.

9. Suzmoq I- ovqatni suzmoq, Suzmoq II- sigir suti, Suzmoq III- suvda suzmoq.

10. Qirq I- kesmoq –fe’l, Qirq II- miqdor-son,

11. Tut I- meva – ot, Tut II- ushla – fe’l,

12. Yut I -ye, ich- fe’l, Yut II- g’alaba qil – fe’l,

13. Bel I- inson a’zosi- ot, Bel II- ish quroli- ot.

14. Davlat I- mol-mulk- ot, Davlat II- mamlakatni boshqarish organi- ot,

15. Bahr I – aruz vaznidagi unsure- ot, Bahr II- dengiz- ot, Bahr III- bahri- ot,

16. Mushak I- muskul-ot, Mushak II- Salyut- ot,

17. Bo’l I- 2 ga bo’l- fe’l, Bo’l II- yaxshi bo’l-fe’l,

18. Oq I- rang ma’no- sifat, Oq II – ariqda oqmoq- sifat.

19. Yot I – begona – sifat, Yot II- uxla – fe’l.

20. Et I – go’sht – ot, Et II- etmoq- fe’l.

21. Un I- mahsulot- ot, Un II- ovoz ma’nosi- ot, Un III- o’smoq ma’nosi – fe’l.

22. Tush I- uyqudagi ko’rladigan voqead-ot, Tush II- pastga tush-fe’l, Tush III- bo’yoq-ot, Tush IV-qoq peshin-ravish

.23. Kech I- payt ma’no- ravish, Kech II- voz kechmoq- fe’l.

24. Olma I- olmaslik harakati- fe’l, Olma II- meva – ot.

25. Ko’zlar I- inson ko’rish a’zosi- ot, Ko’zlar II- mo’ljallamoq-fe’l.

26. Tuz I- ovqatga solinadigan mahsulot- ot, Tuz II- tuzmoq bunyod etmoq -fe’l

.27. Ot I – irg’it- fe’l, Ot II- hayvon – ot, Ot III- so’z turkumi-ot.

“28. Sana I-kun-ot, Sana II- sanamoq- fe’l.

29. Rux I- kishining yuzi, Rux II- shahmat taxtasidagi sipoh, to’ra.


30. Rasm I- surat, Rasm II- urf, odat.

Download 117,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish