Har, hech so’zlari bilan hosil bo’lgan qo’shma olmosh va ravishlarda ham urg’u birinchi bo’g’inda bo’ladi. M: hech narsa, har qanday
Qo’shma so’zlar, odatda, bitta bosh urg’uga ega bo’ladi.
M: kungaboqar, tezoqar, Kattaqo’rgon
Urg’u qabul qilmaydigan qo’shimchalar
Malumki, o’zbek tilida leksik urg’u ko’chuvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni so’zga qo’shimcha qo’shilganda urg’u ham ko’chadi. Ammo tilimizda shunday qo’shimchalar borki, ular urg’u qabul qilmaydi, bunday qo’shimchalar so’zga qo’shilganda urg’uning ko’chuvchanlik xususiyati saqlanmaydi.
–ma bo'lishsizlik qo’shimchasi urg’u qabul qilmaydi. M: borma, aytma, o’qima
–ta, -tacha dona va chama sonni hosil qiluvchi qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi. M: o’nta, o’ntacha
–dek, -day, -cha o’xshatish ma’nosini bildiruvchi qo’shimchalari ham urg’u qabul qilmaydi. M: shamoldek, senday
–man, -san, -miz, -siz shaxs-son qo’shimchalari va bog’lamalari urg’u qabul qilmaydi. M: o’qiyman, o’qiysan, o’qiymiz, o’quvchiman, o’quvchisan, o’quvchimiz
–dir kesimlik qo’shimchasi ham urg’u qabul qilmaydi. M: Bilim boylikdir.
–mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -ku, -da, -oq, -yoq, -gina, -dir Affiks yuklamalar urg’u qabul qilmaydi. M: O’qidingmi? sen-chi? O’qigan-ku.
Rus tili ta’sirida tilimizga kirib kelgan –ov, -yev, -ova, -yeva, -ovich, -yevich, -ovna, -yevna elementlari ham urg’u qabul qilmaydi. M: Sobirov, Sobirova, Sobirovich, Sobirovna
Sof ko’makchilar ham urg’u qabul qilmaydi. Bunda urg’u ko’makchi bilan kelgan mustaqil so’zning oxiriga tushadi. M: sen bilan, opam uchun
Bilan va uchun ko’makchilarining qisqargan shakli ham urg’u olmaydi. M: sen-la, sen ila, sen-chun
Eslatma: -larcha qo’shimchasi so’zyasovchi va sonning lug’aviy shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha sanaladi. Bu qo’shimcha urg’u qabul qiladi. Ammo urg’u qo’shimchaning 1-bo’g’inida bo’ladi. M: qahramonlarcha, o’rtoqlarcha, yuzlarcha, minglarcha.
Omonim qo’shimchalar va urg’u
Ma’lumki, shakli, aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan birliklar omonim sanaladi
Tilimizda shunday omonim qo’shimchalar borki, ular urg’u olish-olmaslik xususiyati bilan farqlanadi. Jumladan:
1: -ma qo’shimchasi: a) fe’lning bo’lishsizlik shakli bo’lganda urg’u qabul qilmaydi. b) ot yoki sifat yasovchi qo’shimchalar bo’lganda urg’u qabul qiladi.
M: Kitob varag’ini qatlama (-ma – fe’lning bo’lishsizlik shakli);
Opam oq undan qatlama pishirdi (-ma – ot yasovchi qo’shimcha);
Nilufar burama ko’ylak kiydi (-ma – sifat yasovchi).
-ma omonim qo’shimchasining urg’uga munosabatini belgilashda quyidagi holatdan ehtiyot bo’lish kerak. M: tugma, suzma, qaynatma, yozma, qovurma, isitma, eritma, yuklama, bog’lama kabi so’zlarda urg’u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni bu kabi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’ing tushsa, ot yoki sifat so’z turkumi, oxiridan oldingi bo’g’inga tushsa, fe’l so’z turkumi hisoblanadi.
o’zlashma bu faqat sifat, fe’l bo’lolmaydi._
qurilma ot yasovchi, fe’l bo’lmaydi___
borma fe’lning bo’lishsizlik shakli ___
2. –cha qo’shimchasi. a) o’xshatish ma’nosini ifodaalaganda va daraja-miqdor ravishlarini hosil qilganda urg’u qabul qilmaydi. b) kichraytirish shakli yoki so’z yasovchi q-cha bo’lganda urg’u qabul qiladi.
M: Bu odam eskicha fikrlaydi. -
Uni oqlashga tirnoqcha asos yo’q.
3. –miz qo’shimchasi. a) Shaxs-son qo’shimchasi yoki bog’lama bo’lganda urg’u qabul qilmaydi.
b) egalik qo’shimchasi bo’lganda qabul qiladi.M : Biz litseyda o’qiymiz
Biz o’quvchimiz.
Bizning o’quvchimiz musobaqada g’olib chiqdi.
yoki: ishchimiz (bizning ishchimiz ma’nosida, egalik qo’shimchasi), ishchimiz (Biz ishchimiz ma’nosida, ot so’z turkumi)
4. –siz q-chasi. a) shaxs-son qo’shimchasi yoki bog’lama bo’lganda urg’u qabul qilmaydi.
b) sifat yasovchi q-cha yoki inkor shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi. M: Siz dunyodagi eng yaxshi ustozsiz (shaxs-son, bog’lama). Ustozsiz shogird bo’lmaydi (inkor shakli).
yoki: Mening eng yaqin do’stim sizsiz (bog’lama). Sizsiz bu masalalarni hal qilolmayman (inkor)
5. –chi, -da, -gina, -oq, -a q-chalari:
a) yuklama bo’lganda urg’u qabul qilmayd
b) –chi, -oq, -a so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda;
-da – o’rin-payt kelishigi bo’lganda; -gina – erkalash shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi.
M: Onaning ko’ngli bolada (o’rin-payt kelishigi). Bola baribir bola-da (yuklama).
yoki: Mening akam ishchi (ot yasovchi). Ish-chi, uni kim bajaradi? (yuklama).
-gina shakli: - erkalash shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi; yuklama bo’lganda qabul qilmaydi;
- erkalash shakli bo’lganda otning shakllari undan keyin qo’shiladi; yuklama bo’lganda esa lug’aviy va sintaktik shakl yasovchilar undan oldin qo’shiladi. M: Bolagina (erkalash shakli), bolagina (yuklama)
yoki: bolaginam (erkalash shakli), bolagina (yuklama) 6. –lar qo’shimchasi. a) ko’plik shakli bo’lganda urg’u qabul qiladi. b) –la fe’l yasovchi + -r sifatdosh shakli bo’lganda urg’u olmaydi M: Ko’zlar inson qalbining oynasidir. Chin inson birovga yaxshilik ko’zlar.
yoki : qo’llar, bog’lar, ishlar, gullar, yo’llar, suvlar kabi so’zlarda urg’u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi, y’ani urg’u oxirgi bo’g’inga tushsa – ot, urg’u birinchi bo’g’inga tushsa, fe’lning sifatdosh shakli hisobladi.
7. –lar+ing shakli: a) II shaxs buyruq-istak maylini hosil qilganda hurmatsizlik ma’nosini ifodalaydi va urg’u qabul qilmaydi. b) –lar ko’plik shakli + -ing II sh. egalik q-chasi bo’lganda urg’u oladi. M: Qo’ylarin bug’doyzorga kirib ketibdi. Hamma narsani joy-joyiga qo’ylaring.
Eslatma: I
1. Rus tili ta’sirida tilimizda paydo bo’lgan ayrim so’zlar tarkibida –ik elementi uchraydi. Bunda:
a) –ik bilan tugagan so’zlar sifat bo’lsa, urg’u oxirgi bo’g’inga tushadi;
b) ot bo’lganda oxirgidan oldingi bo’g’inga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |