Aytolmaganliklaringizdandirda – 11 bo’g’inli so’z
Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilardan iboratdir: Yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’zlar keyingi satrga bo’g’in asosida ko’chiriladi. Boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish ham bo’g’inga asoslanadi. Adabiyotshunoslikda vaznlarni o’rganishda ham bo’g’inga tayanamiz.
Bo’g’inga ajratish va bo’g’in ko’chirish tushunchalarini farqlashimiz kerak. Bo’g’in va uning turlari fonetikada o’rganiladi. bo’g’in ko’chirish esa orfografiyaga taalluqlidir. Bo’g’inga ajratiladigan ayrim so’zlar bo’g’in ko’chirilmasligi mumkin. M: a-ka, u-ka, qal’-a kabi so’zlar bo’g’inga ajratiladi, ammo satrdan satrga ko’chirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |