III. Undosh tovushlar tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra (bu tasnif ayrim darsliklarda ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra deb ham yuritiladi) ikkiga bo’linadi:
1) jarangli undoshlar: b,v,g,d,j,z ,g’,m,n,ng,l,r,y
2) jarangsiz undoshlar: p,f,k,t,sh,ch,s,x,q,h
Jarangli va jarangsiz undoshlarning farqi shundaki: a) jarangli undoshlarni talaffuz qilganda tovush paychalari ishtirok etadi, ular tarang tortiladi; jarangsiz undoshlarni talaffuz qilganda esa tovush paychalari ishtirok etmaydi, ular bo’shashgan holatda bo’ladi; b) jarangli undoshlar ovoz va shovqindan iborat bo’ladi; jarangsiz undoshlar esa faqat shovqindan iborat bo’ladi. Ayrim jarangli va jarangsiz undoshlar o’zaro juftlik hosil qiladi. Bular:
Do'stlaringiz bilan baham: |