Grafika
Grafika so’zi lotincha. “grafikos” so’zidan olingan bo’lib, yozuv manoni anglatadi. Grafikada harflar va uning xususiyati alifbo va uning xususiyati, harfning nutq tovushi bilan munosabati, harf shakillari o’rganiladi.
Yozuv deganda alifboni tushunmoq kerak. Inson, borliq, jamiyat yaralgandan so’ng yozuv paydo bo’lgan. Ibtidoiy inson o’z fikirlarini kelajak avlodga qoldirish uchun yozuvni yaratgan, shuning uchun ibtidoiy inson dastlab o’z fikrlarini daraxt po’stloqlariga va hayvon terilariga yozib qoldirganlar. Shuning uchun ham yozuvning birinchi ahamiyati fikrni bir masofadan ikkinchi masofaga yetkazishdir. Hozirgi kunda yozuv jamiyat taraqqiyoti uchun , inson ongining rivoji uchun juda katta ahamiyatga ega. Tiliga ega bo’lgan har bir millatning o’z yozuvi mavjud . Bizning xalqimiz ham shu kecha-kunduzga qadar bir necha yozuvlardan foydalanishgan.
1. XI asrgacha ajdodlarimiz, oromiy, so’g’d, grek, urxun- enasoy obidalari yozuvi ( dulbarchin runik) uyg’ur yozuvlaridan foydalanganlar.
2. XI asrda Urxun- Enasoy obidalari yozuvi iste’moldan chiqib ketgan.
3. Uyg’ur yozuvi eramizning boshlaridan e’tiboran XV asrgacha estemolda bo’lgan va XVI asrda estemoldan chiqib ketgan Bu yozuvda M.Qoshg’ariyning “Devon-u lug’otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u billig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat- ul haqoyiq”, Xorazimiyning “Muhabbatnoma” asarlari uyg’ur yozuvida ham, arab yozuvida ham bizgacha yetib kelgan.
4. VIII asrdan 1929 yilgacha ajdodlarimiz arab yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidan foydalanganlar.
5. 1930-1940 yillarda ajdodlarimiz lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidan foydalanganlar 6. 1940 yildan to shu kunga qadar krill- rus alifbosidan foydalanganlar
7. 1993-yil 2-sentabrda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida qaror qabul qilindi.
8. 1995- yil 6-7 mayda lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bunda 29 harf 1 belgi qabul qilindi.
9. 1995-yil 24-avgustda “lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi asosida o’zbek tili imlo qoidalari tasdiqlash tog’risidagi qaror qabul qilindi.
10. 1995- yil 1-sentabrdan e’tiboran lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga o’tildi. Bu alifbo 29 harf 1 belgidan iborat.
O’zbek Alifbosi 1-Aa. 2-Bb. 3-Dd. 4-Ee. 5-Ff. 6-Gg. 7- Hh. 8-Ii. 9-Jj. 10-Kk. 11-Ll. 12-Mm. 13-Nn. 14-Oo. 15-Pp. 16-Qq. 17-Rr. 18-Ss. 19-Tt. 20-Uu. 21-Vv. 22-Xx. 23-Yy. 24-Zz. 25-O’o’. 26-G’g’. 27-Sh sh. 28-Ch ch. 29-Ng ng.
Tutuq belgisining vazifalari
1. Tutuq belgisi so’zda unlidan so’ng joylashsa, unlini cho’zilishiga xizmat qiladi. M: ma’no, ra’no,she’r, sa’va.
2. Tutuq belgisi so’zda undoshdan so’ng joylashsa, undosh va unlini ayirishga xizmat qiladi. M: san’at, tal’at, jur’at, mo’tabar.
3. Arab tilidan kirib kelgan so’zlarda S va H harflarini sh harfidan farqlash uchun xizmat qiladi. M: Is’hoq, mus’haf, as’hob.
4. Paronim so’zlarni ma’nosini farqlashga xizmat qiladi: M: san’at-sanat, sur’at-surat, sa’va-sava, she’r-sher.